Qadimgi turkiy adabiy tilning X-XII asrlardagi holati va xususiyatini, uning taraqqiyotini o'rganishda



Download 10,9 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi10,9 Kb.
#705898
Bog'liq
sssss


Qadimgi turkiy adabiy tilning X—XII asrlardagi
holati va xususiyatini, uning taraqqiyotini o'rganishda
muhim yodgorliklardan biri «Hibat ul-
haqoyiq» asari-
dir. Аsar XII asr boshlarida isteʼdodli adib Аhmad
Yugnakiy tomonidan yozilgan. Bu asar XV asrdan XX asr-
ning boshlarigacha fan olamida maʼlum emas edi. Turk
olimi Najib Osim birinchi jahon urushi boshlarida
Istambuldagi Аyo-Sofiya ibodatxonasining kutubxonasidan shu asarning bir qo'lyozma nusxasini topadi va uni
1915 yilda usmonli turk tiliga qilingan tarjimasi,
ayrim sharhlar va lug'ati bilan birga nashr ettiradi.
1951 yilda Аrat Raxmatiy bir necha sulyozmalar asosida
asarning siyosiy matnini nashr etdi. Yirik sharqshunos Ye. E. Bertels, А. M.
Shcherbak, o'zbek olimlaridan N. M. Mallayev, Mahmu­dov asar yuzasidan tadqiqot ishlari olib bordilar.
Аyniqsa,K. Maxmudov tomonidan bajarilgan ishlar o'z­bek adabiyoti va o'zbek tili tarixini o'rganishda muhim
ahamiyatga egadir. U 1972 yilda «Hibat ul-haqoyiq» asarining tanqidiy matnini, fonetik va morfologik xususiyatlarini, sharh va lug'atini eʼlon
qildi."Hibat ul-haqoyiq" asarida saxiylik,
kamtarlik, fozillik, ezgulik,ilm-maʼrifat
kabi masalalar ulug'lanadi.Turkiy tillar, jumladan, o'zbek tili tarixini ilmiy ravishda chuqur o'rganishda «Hibat ul - haqoyiq» asari
eng muhim manbalardan biri hisoblanadi.O'sha davrda­gi qabila tillarining xususiyatini aniqlash, ularning
bir-biriga taʼsiri, rivojlanishini ushbu asar orqali bilib olishimiz mumkin.
Ushji asarning tili, uning leksik xu-
susiyati, tovush tarkibi va grammatik qurilishi, bir
tomondan, «Qutadg'u bilig» asariga yaqinlashsa, ikkin­chi tomondan, «Qissas-ul anbiyo»ga (XIII—XIV asrlar) o'xshab ketadi. Darhaqiqat, asar tiliga xos fonetik va grammatik xususiyatlarning qarluq,
chigil, yag'mo,uyg'ur tillari negizida tashkil topgan ada­biy til bilan mushtaraklikka ega ekanligi, ayniqsa,
keyingi asrlarda bitilgan asarlar tiliga yaqinligi ka­bilar eski turkiy adabiy tildan eski o'zbek adabiy ti­liga o'tishda «Hibat ul haqoyiq»ning ko'prik bo'lganligidan dalolat beradi.
Asar o'zining leksik xususiyatlari bilan o'sha davrdagi eski turkiy adabiy tilning lug'aviy boyligini aks
ettiradi. Moddiy-madaniy hayotning turli sohalariga oid tushunchalarni ifodalovchi, hamma uchun tushunarli,
sodda, yasama va qo'shma turkiy so'zlar asar lug'atining asosini tashkil qiladi: ata, ana,ezgu, bash, bezek, berim (berish),yuz, yigit, kichik, negu, sevunch, tamar,kabi. Shu bilan birga arab va fors-tojik tillaridan qabul qilingan so'zlar ham ko'p uchraydi: muruvvat, ma'ni,karam, insaf, dust, za­
mon,dad, gul, vafa baxil, bina, amanat kabi.
Sinonimlar qadimgi turkiy tilda bir kontekst doirasida qo‘llanishi mumkin. Bu sinonimlar hodisalarning turli ottenkalarini ifoda etish uchun, harakatning shiddatli, kuchli tarzda yuz berganini va turlicha namoyon bo‘lishini ifoda etish uchun xizmat qiladi. Qarama-qarshi ma’noga ega bo‘lgan leksik birliklaming semantik munosabatlari ko'rinishlari antonimlardir. Qadimgi turkiy tilda ham antonimlarni ko'rishimiz mumkin.
Ming er do’stung ersa o’kush ko’magil,
Bir er dushman ersa ana azlama.
(Mingta do’sting bo’lsa, ko’p ko’rma, birgina dushmaning bo’lsa, uni oz dema).
Ushbu parchada do'stung-dushman so'zlari antonimlikni hosil qilgan
Har bir tilning leksik qatlami muhim ijtimoiy, tarixiy hodisa hisoblanadi. Til tarixi xalq tarixi va madaniyat tarixiga bog‘liq holda
o‘rganishni talab qiladi. Zotan, ma’lum bir xalqning, shuningdek, qadimgi
turkiy qavmlarning so‘z boyligi ularning hayotida katta madaniy hodisa
hisoblanadi. Bunday vaziyatda, so‘zsiz, dialekt tushunchasi emas, balki
ma’lum dialektlarning tarixan shakllanish yo‘li muhim ahamiyat kasb
etib, shunga diqqat qaratish taqozo etiladi.
Sodiq birla Foruk uchun Zayn nurayn.
Ali to`rtilanch ul eriksik to`nga (17 bayt).
Ahmad Yugnakiy ushbu baytida 3 halifaning arab tilidagi laqablarini qo`llagan. Abu Bakrning laqabi – “Sodiq” (Siddiq), Umarning laqabi – “Foruq”, Usmonning laqabi – “Zayn Nurayn”. Uchinchi bob Dod Sipohsolor bekka bag`ishlangan: Dod Ispoxsolor bek uchun bu kitob chiqartim ochunda oti qolsum teb. Dod Ispoxsolor ismi forsiy tilga mansub bo`lib “lashkarboshi” degan ma`noni anglatadi.
Shoir Ispohsolarning quvvait va sahovatda xalifalar Umar va Usmonga qiyoslaydi:
Salovat ichinda Umar tek juvon,
Saxovat samokat tutar Usmonni.
Adolatda esa u Anushirvonlar ustun: “Dod insof tutar chin Anushirvoni” (28 bayt).
Umuman “Hibbat ul-haqoyiq” dagi 20 qismni quyidagicha tasnif qilish mumkin.
Sof turkiy ism: Arslonxo`ja tarxon, O`g`on.
Arabcha: Habib, Holiq,Sodiq,Foruk, Ali, Zayn nurayn, Umar, Usmon, Ahmad, Mahmud, Amir Sayfiddin.Forscha: Dod Ispohsolor, Xo`ja Arnob, Anushirvon.
Qadimiy yahudiycha: Odam Ato,Havo.
Omonimlarning tilda paydo bo‘lish sabablari turlicha: 1. So‘z
tarkibida tovushlarning tarixan o‘zgarishi sabab bo'ladi. 2. Boshqa
tillardan so‘z o'zlashtirilishi sabab bo'ladi. 3. Ko‘p ma’noli so‘zning
yagona m a’nosi o'rtasidagi bog‘liqlikning yo‘qolishi sabab bo‘ladi.Masalan,
Biliktin ayurman, so’zumga ula,
Biliklikka ya do’st o’zungni ula
(Bilim haqida so’zlayman, so’zimga quloq sol, ey do’st ilmli kishiga o’zingni yaqin tut).Ushbu parchada ula so'zi quloq sol,yaqin tut ma'nosida kelib omonimlikni hosil qilgan.
"Hibat ul-haqoyiq"dan metafora,metonimiya,sinekdoxa,vazifadoshlik singari ko'chim turlariga misol keltirishimiz mumkin.Masalan:
Biliksiz ne aysa ayur uqmatin,
Aning o’z tili o’z bashini yeyur.
(Ilmsiz kishi nima gapirsa, nodonligi sababli so’zlaydi, shuning uchun uning tili o’z boshini yeydi).Ushbu parchadagi "Aning o'z tili o'z bashini yeyur" misrasi metonimiya asosida ma'no ko'chgan.
Download 10,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish