Qadoqlash materiallarining turlari va ularning mahsulot sifatiga ta’sirini aniqlash usullarini o‘rganish


Polimer materiallardan tayyorlangan qadoq idishlarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari



Download 406,97 Kb.
bet4/9
Sana16.12.2022
Hajmi406,97 Kb.
#888859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qishloq xo

Polimer materiallardan tayyorlangan qadoq idishlarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari. Polimer materiallar qatorigasselofan (sl), polietilen (pe), polipropilen (pp), polivinilxlorid (pvx), polistirol (ps), polietilentereftalat (petf), poliamidlar (pa), polikarbonat (pk), poliuretanlar (pu) kirib, ulardan tayyorlangan qadoq idishlarini sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish organoleptik, o‘lchashga oid, ekspert va sotsiologik usullar bilan olib boriladi.
Polimer materialdan tayyorlangan qadoq idishlarning sifatini aniqlash GOST 12020-72 «Plasmassalar. Kimyoviy muhidlar ta’siriga barqarorlikni aniqlash usullari», GOST 22648 «Plasmassalar. Gigienik ko‘rsatkichlarni aniqlash usullari», GOST51760-2001 «Iste’molga oid polimer idishlar. Umumiy texnik shartlar», GOST 52620-2006 «Transportga oid polimer idishlar. Umumiy texnik shartlar», GOST 52789-2007 «Oziq-ovqatga oid suyuqliklar uchun mo‘ljallangan polietilentereftalatdan tayyorlangan butilkalar. Umumiy texnik shartlar»da qayd etilgan nazorat qilish usullariga asosan olib boriladi.
GOST 12020-72 «Plasmassalar. Kimyoviy muhidlar ta’siriga barqarorlikni aniqlash usullari»ga ko‘ra sinalayotgan plasmassa namunalarining massasida, uzunlik o‘lchamlaridagi o‘zgarishlarni, hamda diffuziyalanish (shimilish, singish), sorbsion (yutilish), o‘tkazuvchanlik koeffitsientlarini aniqlashga usuliga qaratilgan.
Bosim ostida quyib, presslash, ekstruziya yo‘li bilan olingan plasmassa materiallardan disk shaklidagi diametri 50±1 mm. va qalinligi 3±0,2 mm. o‘lchamdagi, hamda plyonkali, varaqli va qavatli materiallardan disk shaklidagi diametri 50±1 mm. va qalinligi esa material qalinligi bo‘yicha har bir materialdan 5 tadan kam bo‘lmagan namunalar tayyorlab olinadi.
Tayyorlangan namunalarning yuzasi tekis, bo‘rtiqlarsiz, siniqlarsiz, yoriqlarsiz, g‘ovaklarsiz va boshqa defeklarsiz bo‘lib, yuzasi ifloslanmagan, bo‘yoq izlari, moy dog‘lari va har qanday yopishqoq moddalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Namunalarni sinashdan oldin 88 soat davomida 23±20 S haroratda, hamda 50±5% nisbiy namlikda, yorug‘lik ta’sirisiz konditsiyalanadi. Konditsiyalangandan so‘ng har bir namuna yopiq byuksda og‘irligi va o‘lchamlari aniqlanadi. Namunaning qalinligi kamida to‘rta nuqta bo‘yicha aniqlanadi va natijalarni qo‘shib o‘rtacha arifmetik natijalar olinadi.
So‘ngra namunalar sinov haroratigacha qizdirilgan kimyoviy reogentli idishga solinadi. Bir idishga bir materialdan olingan 5 tagacha namunani joylashtirishga ruxsat berilgan. Idishga joylashtirilgan namunalar to‘lik kimyoviy reogentga botgan bo‘lishi, namunaning xech bir qismi idish devori yoki boshqa namunalar bilan tegib turmasligi lozim.
Namunalarni sinash davomiyligi qisqa muddatli (24 soat), standart (7 sutka) va uzoq muddatli (16 hafta) bo‘lishi mumkin.
Sinovlarni o‘tkazish vaqtida kimyoviy reagentlarni aralashtirgich yordamida aralashtirib turilishi mumkin, lekin aralashtirish davomiyligi sutkada bir marotabadan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Sinov tugagandan so‘ng namunalar agressiv bo‘lmagan suyuqlik bilan: kislota, ishqor va suvli eritmalarda sinov o‘tkazilganda suv bilan, uchuvchan bo‘lmagan va erimaydigan organik moddalarda sinovlar o‘tkazilganda esa engil uchuvchan inert suyuqlikda (masalan atsetonda) chayib olinadi. SHundan so‘ng namunalar tuksiz, silliq material bilan artilib og‘irligi va geometrik o‘lchamlari aniqlanadi.
Ekstraklangan moddalar miqdorini aniqlash uchun namunalar doimiy massasigacha quritiladi, ya’ni quritish namuna massasi ikki o‘lchashda oraliqdagi farq ±0,0001 gr.gacha bo‘lgunga qadar davom ettiriladi. Quritishdan so‘ng namunalar kalsiy xlorid bilan to‘ldirilgan eksikatorga joylashtiriladi, konditsiyalanadi va o‘lchanadi.

Sinovdan so‘ng namuna massasidagi o‘zgarishlar, ya’ni massaning foiz hisobida kamayishi yoki ortishi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.



bu erda: M-kimyoviy reagentga birinchi marotaba joylashtirishgacha bo‘lgan namuna massasi, gr., M1- kimyoviy reagentda saqlangandan keyingi namuna massasi, gr.,

Quritilgan va takroriy konditsiyalangandan so‘ng namuna massasidagi o‘zgarishlar, ya’ni massaning foiz hisobida kamayishi yoki ortishi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.



bu erda: M1- namunaning quritilgan va takroriy konditsiyalangandan keyingi massasi, gr.,
Har bir sinov vaqtidan keyingi namunaning geometrik o‘lchovlaridagi foiz hisobida o‘zgarishlar quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.

bu erda: l-kimyoviy reagentga birinchi marotaba joylashtirishgacha bo‘lgan namunaning geometrik o‘lchamlari, mm., l1- kimyoviy reagentda saqlangandan keyingi namunaning geometrik o‘lchamlari, mm.,

Har bir sinov uchun beshtadan kam bo‘lmagan aniqlashlarning o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi. Olingan natijalarga ko‘ra 1 rasmda ko‘rsatilgan grafik bog‘lanishli diagramma tuziladi






  1. Download 406,97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish