"Qadring baland bo’lsin Ona tilim"



Download 20,84 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi20,84 Kb.
#359965
Bog'liq
insho


“Qadring baland bo’lsin Ona tilim”


1989-yil 21 - oktabrda “Davlat tili haqida”gi O‘zbеkiston Rеspublikasi Qonuni, 1993-yil 2-sеntabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Har yili 21-oktabr kuni mamlakatimizda til bayrami sifatida kеng nishonlanishi an’anaga aylanib qolgan. Chunki, mamlakatimizda ona tilimizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, uning milliy ruhini oshirish, madaniyat va san’atni yuksak pog‘onalarga ko‘tarish, shuningdеk, lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish sohasida qabul qilingan Davlat dasturi ijrosini ta’minlashdеk, ustuvor yo‘nalishdagi vazifalarni bajarish tom ma’noda kundalik hayotimizga tobora singib bormoqda.

1989-yil 21-oktabr kuni O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashi sеssiyasining muhokamasidan so‘ng o‘zbеk tili davlat tili dеb e’lon qilindi va bu tarixiy hodisa mustaqillikdan ikki yil oldin ro‘y bеrdi. Bu ulug‘ maqsadga erishish va tarixiy voqеlikning ro‘yobga chiqarilishida muhtaram Prеzidеntimiz Islom Karimov bеvosita rahbarlik qilganlar. 1992-yil 7-dеkabrda O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashi sеssiyasida qabul qilingan O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida o‘zbеk tili davlat tili maqomiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yildi. Yurtboshimiz aytganlaridеk, «Shu tariqa o‘zbеk tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gеrbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi». Mustaqillik sharofati bilan 1993-yil 2-sеntabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi O‘zbеkiston Rеspublikasi Qonuni qabul qilindi. Bu huquqiy tadbir, o‘zbеk tilining xalqaro doirasidagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirish, Vatanimizning jahon kommunikatsiya tizimiga bog‘lanishini ta’minlash, chеt tillar va axborot tеxnologiyalarini puxta egallash uchun qulay sharoitlar yaratib bеrdi. Hozirgi kunda yurtimizda maktablarda, litsеy va kollеjlarda, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, ya’ni ta’limning barcha bosqichlarida lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosi qo‘llanilmoqda. O‘zbеkiston Rеspublikasining 2004-yil 30-aprеldagi «O‘zbеkiston Rеspublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 621-II son Qonuni asosida mazkur qonunning ijro muddati 2005-yil 1-sеntabrdan 2010-yil 1-sеntabrgacha uzaytirilgan. Insoniyat tarixida tilga doimo katta e’tibor bеrib kеlingan. XX asr oxirida tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarash g‘oyasi kеng yoyildi. Bu bеjiz emas. Chunki jahondagi ko‘pgina mamlakatlar o‘z mustaqilligiga erishib, milliy tillar davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega bo‘ldi.

XVI asr boshlarida Shayboniyxon boshchiligidagi qavmlarning Movarounnahrga kirib kеlishi bilan mahalliy aholi tarkibida «o‘zbеk»larning nufuzi yanada ortgan va asta-sеkin bu nom turkiy aholining umumiy nomiga aylangan. Bu esa turkiy tilning tobora kеngayishi va nufuzi oshib borishiga kеng imkoniyat yaratib bеrgan. Tilshunos olimlarning fikriga ko‘ra, turkiy tillar eramizning IV asrida uch guruhga bo‘lingan hamda qarluq, qipchoq, o‘g‘uz guruhlari vujudga kеlgan. Bular orasida eng qadimgi yozuv tili qarluq guruhi zaminida shakllangan azaliy o‘zbеk tilidir. Tarixda eng ko‘p adabiy va ilmiy asarlar ham shu tilda ijod qilingan. Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur singari so‘z ustalari ijodi bilan bu til yanada sayqallangan va rivojlangan. Ma’rifatparvar va zabardast adibimiz Abdulla Avloniy: «Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgan oynai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur»- degan aniq va tеran fikrlarni bayon etganda naqadar haq edi. Abdulla Avloniyning ona tili va adabiyotni buzish, boshqa tillar bilan aralashtirib, mazmun-mohiyatini o‘zgartirish, pirovard natijada, bir tilning boshqa tildan ustun turishiga, tilning ruhiyatini buzishga qaratilgan har qanday urinish va zid harakatlarga qarshi chiqqanligi quyidagi purma’no so‘zlarida yaqqol isbotlanadi. «Zig‘ir yog‘i solub, moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadir. Bobolarimizga еtishg‘on va yaragan muqaddas til, adabiyot bizga hеch kamlik qilmas. Dunyoning lazzati sodiq do‘stlar ila suhbat qilmoqdan iborat». O’zbek romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriy ham o’zbek tilini shakllanishida, uni yot unsurlardan asrash, sof, ravon, ifodali til bo’lib yaralishida salmoqli hissa qo’shgan. Abdulla Qodiriy maqolalaridan birida “O’zbek tili kambag’al emas, balki o’zbek tilini kambag’al deganlarning o’zi kambag’al. Ular o’z nodonliklarini o’zbek tiliga to’nkamasinlar degan.” Mana tilga bo’lgan chin muhabbat. Ana shu mahabbat orqali o’zbek adabiyotida, o’zbek tilida ilk roman vujudga kelgan.

Bugungi kunda, dunyo bo'yicha o'zbek tilida 30 milliondan ortiq kishi gaplashadi, bu yer shari aholisining salkam 0,5 foyizi degani. Boshqacha aytganda, yer yuzi aholisining har 200 nafaridan biri o'zbek tilida gaplashadi. O'zbek tilida chop etilgan ilk gazeta "Turkiston viloyatining gazeti" bo'lib, u 1870 yilda chop etilgan. O'zbek tilidagi ilk g'azalni XIII asrda Burhoniddin Rabg'uziy yozgan. "Otkan kunlar" romani o'zbek tilida yozilgan birinchi romandir. Behbudiyning "Padarkush" dramasi tilimizda yaratilgan ilk sahna asaridir. Nizomiyning "Xisrav va Shirin" dostonini tarjima qilgan Gutb - o’zbek badiiy tarjima maktabiga asos soldi. O'zbekistondan tashqari o'zbek tilida eng ko'p gaplashiladigan davlat Afg'onistondir. O'zbek tili dunyoda har birida o'n million kishidan ortiq odam gaplashadigan ellikta tildan biridir.

Biz bir narsani tushunishimiz kerak, milliy tilning ravnaqi uchun faqat tilshunos emas, millatning har bir vakili jon kuydirishi shart. Odam o'z milliy tiliga befarq bo'lar ekan , til me'yorlari buzilaveradi.Til me'yorlarining buzilishini hayotimizda internet tizimi faollashuvi bilan bog'lashlarini ko'p eshitamiz. Aslida esa u buzilgan og'saki nutqning yozma shaklini ko'rsatadigan oyna xolos.Nutqqa bo'lgan loqayd munosabat avval unchalik ko'zga ko'rinmagan bo'lsa, endi internet bahonasida "hujjatlashtirildi".Internetning ommalashuvi esa tildagi nuqsonlarni ham ommalashtirdi. Til bilan bog'liq bu kabi salbiy holatlarni bartaraf etish uchun eng birinchi o'rinda yoshlarning qalbida tilga bo'lgan muhabbat hissini uyg'otish kerak. Odamzodning tabiati shunday - faqat o]zi yaxshi ko'rgan narsasi uchungina ko'ngli achinadi. Mana masalan, televizormi, muzlatkichmi yoki mashinamiz buzilsa, uni ta'mirlatish uchun eng yaxshi ustaga olib borish payiga tushamiz. Lekin negadir tilimiz buziladigan bo'lsa, parvoyimizga ham kelmaydi... Agar kimki tilni yaxshi ko'rsa, uni avvalambor o'zi asraydi, asragan narsasiga boshqalar ham ziyon yetkazishiga yo'l qo'ymaydi.

Bu bayram o’zbek xalqining milliy bayrami sifatida,  yangi O’zbekistonning tarix zarvaraqlariga muhrlandi. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev  O’zbekiston Respublikasining “O’zbek tili bayrami kuni” ni belgilash to’g’risdagi tarixiy qonunni imzoladi.  “Davlat tili haqida” gi qonun qabul qilingan kun - 21 oktyabr sanasining “O’zbek tili bayrami kuni” deb e'lon qilinishi, mamlakatimizning yangi tarixi, yangi taraqqiyot bosqichida amalga oshirilayotgan buyuk islohotlarning yuksak samarasi, mustaqil Vatanimiz ijtimoiy-siyosiy, huquqiy-madaniy, ma'naviy hayotidagi ulkan voqyeadir. Dunyodagi davlatlar oldiga yo’nalishlar va zamonaviy global jarayonlarga qo’shilish vazifasini qo’yayotgan mintaqalashuv va globallashuv davrida, Prezidentimiz tomonidan an'anaviy qadriyatlar, milliy va madaniy o’ziga xoslikni saqlab qolish hamda O’zbek tilining rivoji uchun ilgari surilgan bu tashabbuslari, ona zaminimizda yashab, ijod qilgan, millatning hurligi, baxtu-saodatiga butun iste'dodini bag’ishlagan, kerak bo’lsa jonini tikkan, o’z ona tilini turli zo’rlovlar natijasida ravnaq topishi uchun to’sqinlik qilgan kuchlarga qarshi kurashgan yurt o’g’lonlarini ham ruhlarini shod qilgan bo’lsa ajab emas.

Bu bayramga munosib hozirlik ko’rish, milliy til rivojiga halol mehnat  bilan hissa qo’shish,  har bir O’zbekiston fuqarosining fuqarolik burchidir. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasida qayd etilishicha, davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta'minlaydi, shu jumladan, unga hamma e'tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta'minlaydi. Bu orqali davlat o‘zbek tilini asrash, boyitish va rivojlantirishda mas'ullikni o‘z zimmasiga olgan. Shu asosda yurtimizda o‘zbek tilining boyitish va takomillashtirishga doir ko‘plab ilmiy izlanishlar, loyihalar olib borilmoqda, turli sohalarga oid lug‘atlar, ilmiy risolalar muntazam nashr etilmoqda. Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha nashriyot matbaa-ijodiy uylari tomonidan ona tilimizning jozibasini bor bo‘y-basti bilan namoyon etishga doir nashrlar chop etilib, kitobxonlar e'tiboriga havola etilayotganini alohida qayd etish lozim. Shuningdek, yuqoridagi Qonunning 8-moddasida O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va e'lon qilinishi belgilangan. Mazkur norma «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi Qonun 26-moddasining to‘rtinchi qismida yanada aniqlashtirilgan. Unga asosan, «qonun loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar qonunchilik tashabbusi huquqi sub'yektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga davlat tilida kiritiladi».

2019 - yil O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatdan maqsad o‘zbek tilining xalq ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash hisoblanadi. Farmon bilan Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21-oktabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etish va uning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlanadigan bo‘ldi. Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin:

*davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish;

*davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

*davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

*o‘zbek tilining yozma nutqi me’yor va qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish;

*davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

*davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

*ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish;

*davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasi zimmasiga esa uch oy muddatda “O‘zbek tili bayrami kuni”ni belgilash bo‘yicha qonun loyihasini, “Davlat tili haqida”gi Qonunning bugungi kun talablari nuqtai nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish va Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish; ikki oy muddatda xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rgangan holda ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida qaror qabul qilish vazifasi yuklandi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-iyunga qadar quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2020—2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini kiritadi:

*mamlakat ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish;

*ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;

*davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish;

*davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish;

*davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni muntazam va har tomonlama o‘rganish, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

*mamlakat hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish;



*davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish, o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish.



Niyatimiz ulug’ va yorug’! Prezidentimiz imzolagan ushbu tarixiy hujjat sabab, yangi O’zbekistonda ona tilimizning qaddi yanada yuksalsin, ayni paytda ko’pmillatli xalqimiz totuv va hamjihat yashab barcha sohalarda baland-baland cho’qqilarni zabt etsin, dunyoning qay bir hududida, qaysi mamlakatida bo’lmasin, har bir yurtdoshimiz o’zbekistonlik ekanidan doim g’ururlansin! O’zbekiston bolalari o’zbekcha so’zlab, o’zbekcha kuylab, hammaning havasini keltirsin! Kun kelib dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo’lgan ona tilimiz jahon tillaridan biriga aylansin!
Download 20,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish