Qarorga muvofiq markazning bir qancha vazifalari belgilab berildi



Download 12,83 Kb.
Sana13.11.2020
Hajmi12,83 Kb.
#52345
Bog'liq
krill


Respublikamizda bugungi kunda barcha soxalarda bo’lgani kabi qishloq xo’jaligi soxasida ham chuqur islohatlar olib borilmoqda. Axolini don va don mahsulotlariga bo’lgan talabin iqondirish , dexqon va fermer xo’jaliklariga sifatli don yetkazib berish mo’l hosil olishning garovidir. Donni davlat standart talablari asosida sifatli qayta ishlash va saqlash ishlarini to’g’ri tashkil qilish, fermer va dehqon xo’jaliklariga o’z vaqtida yetkazib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 17 apreldagi PF-5708-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va uning bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etildi.

Qarorga muvofiq markazning bir qancha vazifalari belgilab berildi:

Xalqaro me'yorlarga mos holdagi “Milliy urug‘chilik siyosati” ni ishlab chiqish, urug‘chilikni rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish;

davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida urug‘chilik klasterlari, shu jumladan, kichik urug‘chilik tashkilotlarini tashkil etish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini ko‘rish va bir qator vazifala belgilab berildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon miqyosida insoniyat tomonidan iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsuloti asosini bug‘doy doni tashkil qiladi. Donga bo‘lgan talab jahon bozorida yildan yilga ortib bormoqda, bunga sabab demografik masalalar bo‘lib hisoblanadi. Har yili dunyoda ocharchilikdan 700 millionga yaqin kishi qiynalmoqda. Jahon savdo tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo mamlakatlarida iste’mol uchun ishlatiladigan bug‘doy doniga bo‘lgan talab yiliga 1,6—1,8 % ga oshmoqda.

Respublikamizda don sarfiga e’tiborsizlik urug‘lik bug‘doyni ekish me’yorini katta qilib olinganida seziladi. Ma’lumki, bir gektarga sarflanayotgan urug‘lik miqdori sug‘oriladigan yerlarga o‘rtacha 250 kg deb tavsiya qilingan va shuncha urug‘lik sarflanmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bug‘doydan yuqori hosil olish uchun respublikamiz sharoitida 1 gektarga tashlanadigan urug‘ soni 5,5—6 mln dona bo‘lishi kerak. Buning uchun 200— 220 kg urug‘ sarflansa kifoya. Demak, har gektar yerga 50 kg urug‘lik ortiqcha sarflanmoqda. Buni aniq hisoblar orqali har bir fermer yoki agronom hisoblay oladi. Ammo ushbu me’yorga hozirgacha amal qilinmay kelinyapti. Yana bir muhim masala, so‘nggi yillarda g‘alla dalalarida begona o‘t, kasallik va hasharotlarning ko‘payish hollari yuz bermoqda. Bunga sabab, dehqonchilikda almashlab ekish tizimiga e’tiborsizlik oqibatidir. Sug‘oriladigan dehqonchilikda g‘o‘za g‘alla monopoliyasi vujudga kelgani hech kimga sir emas. Bu ikki ekin tuproqdan bir xil moddalarni o‘zlashtiradi va o‘zlaridan keyin ularni yemiradigan kasallik va hasharotlarni keying yil uchun qoldirib ketmoqda. Yuqoridagilarni hisobga olib urug’lik bug’doylarni yig’ib olgandan so’ng fermer va dehqon xo’jaliklariga ekish uchun berishdan oldin ularni albatta davlat standarti talablari asosida qayta ishlash zarur.

Ekiladigan urug‘lar davlat standarti talablariga javob berishi kerak. Ekiladigan urug‘lar yirik, tekis, yaxshi yetilgan, begona o‘t urug‘laridan toza, kasallanmagan, unuvchanlik va tozaligi jihatidan talabga mos bo‘lishi lozim. Urug‘lik uchun I, II sinf urug‘lar olinishi kerak. 1000 dona urug‘ning vazni 40—45 g va urug‘ning o‘sish kuchi 80—82 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Sifatli urug‘lar ekilganda ularning unib chiqishi, tup soni va qishga chidamliligi yuqori bo‘ladi. Ekishdan oldin urug‘lar qorakuya, ildizchiqish, zang va boshqa kasalliklarga qarshi dorilanadi. Баҳор ( кукун ) 0,5 кг/т (93%), Баҳор ( суюқ ) 0,75 кг/т (60%) 1 tonna urug‘ga aralashtiriladi. Changli qorakuya uchun urug‘lar vitapiuram bilan 80 % (2—3 кг/т) dorilanadi.



Dorilash ishlari markazlashtirilgan bo‘lib, malakali xodimlar yordamida olib boriladi. Bu ishlar maxsus mashinalarda bajariladi. Kimyoviy dorilardan tashqari urug‘ga zaharli dorilarni sindiruvchilar ham birgalikda aralashtiriladi. Bularga texnik kazein 0,1—0,5 kg sulfidning spirt bardasi 0,7—1 kg bir tonna urug‘ga dorilar bilan qo‘shib aralashtiriladi va bu aralashmadan urug‘ pushti-qizg‘ish tusga kiradi. Yopishtirgich kleylar sifatida 5 % ПВА ni bir idishga solib 3—4 litr suv bilan aralashtirib , 30—40 qizdiriladi, ya’ni 0,5 kg ПВА solib biroz aralashtiriladi, keyin 10 litr 80—90°C issiq suv quyib aralashtiriladi va 1 tonna urug‘ga shu aralashma kimyoviy dorilar bilan qo‘shib aralashtiriladi.

Bug’doy doni davlat standarti talablari asosida qayta ishlash va saqlash, tashish ishlarini O’zDst 2823:2014 talablari asosida olib boriladi. Standart talablar urug’lik bug’doyni sifat ko’rsatgichlari; taxlil uchun urug’liklardan namunalar olish.
Download 12,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish