Qarori jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 20,84 Kb.
bet2/8
Sana22.01.2022
Hajmi20,84 Kb.
#401272
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4006-sonli PQ

Oldingi tahrirga qarang.

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)

6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan kelib tushadigan ushlanmalarning 50 foizi hisobidan shakllantiriladigan Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi huquqlar berilsin:

ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan shaxslar sonini hisobga olgan holda, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining asoslangan takliflari bo‘yicha probatsiya bo‘linmalari xodimlari, ishchi va xizmatchilarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish;

probatsiya bo‘linmalariga mutaxassis-psixologlarni, ularning mehnatiga haq to‘lash miqdorini mehnat bozoridagi amaldagi konyunkturani hisobga olib belgilagan holda, shartnoma asosida jalb etish;

probatsiya bo‘linmalari xodimlari uchun, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ustama va to‘lovlardan qat’i nazar, lavozim maoshiga rag‘batlantiruvchi foizli ustamalar belgilash.

Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari faqat quyidagilar uchun sarflanadi:

probatsiya bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini rag‘batlantirish;

probatsiya bo‘linmalarining budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmaydigan qo‘shimcha kiritilgan shtat birliklarini, shuningdek, shartnoma asosida jalb etilgan mutaxassis-psixologlarni ta’minlash;

ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan mahkumlarni, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan voyaga yetmaganlarning kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish.

7. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilinganlarning ijtimoiy moslashuvi va ularni ishga joylashtirishda probatsiya bo‘linmalariga har tomonlama amaliy ko‘maklashish va samarali hamkorlikni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.

8. 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

bir oy muddatda Jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo ekspert guruhini (keyingi o‘rinlarda — ekspert guruhi), batafsil ish rejasini tasdiqlagan va nazorat mexanizmlarini belgilagan holda tashkil etsin;

2020-yil 1-iyunga qadar ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida, Konsepsiyani amalga oshirish natijalarini hisobga olgan holda, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining loyihasi ishlab chiqilishi va o‘rnatilgan tartibda kiritilishini ta’minlasin.

9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda probatsiya bo‘linmalarini joylashtirish, ularni zamonaviy texnika va qurilmalar bilan jihozlash, shuningdek, bajarayotgan vazifalarini hisobga olgan holda faoliyatini tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

Oldingi tahrirga qarang.

(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin;

2019-yil 1-yanvarga qadar probatsiya bo‘linmalarining shtat jadvalini, nazorat ostidagilar bilan ishlovchi mutaxassis-psixolog lavozimlarini nazarda tutgan holda, tasdiqlasin;

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘ysin;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilinganlarning hisobini yuritish hamda nazorat qilish, ularning ijtimoiy-psixologik portretlarini umumlashtirish va foydalanish imkonini beruvchi probatsiyaning markazlashgan elektron tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda jinoyat-ijroiya sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, shu jumladan, ekspert guruhining xorijiy davlatlarga ishchi va tanishuv safarlarini tashkil etish, xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishni nazarda tutuvchi dasturni tasdiqlasin.

12. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.




Download 20,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish