Qarori voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 419,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana21.02.2022
Hajmi419,3 Kb.
#461664
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
490 03.08.2021



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
VOYAGA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM KO‘RSATISHNI 
YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 
Ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy 
jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj bo‘lgan 
voyaga yetmaganlar (keyingi o‘rinlarda — qarovsiz bolalar) bilan ishlash bo‘yicha faoliyatni samarali 
tashkil etish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari 
(keyingi o‘rinlarda — Markazlar) faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar 
Mahkamasi qaror qiladi: 
1. Quyidagilar: 
ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish 
markazlarining asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, ular faoliyatini tashkil etish hamda 
boshqarish tartibi, nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, ularni markazga 
qabul qilish, ro‘yxatga olish va saqlash tartibi, voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika 
ishlarini tashkil etish va ularni markazdan chiqarish tartibini nazarda tutuvchi Voyaga yetmaganlarga 
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizom 
1-ilovaga
 muvofiq; 
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga qabul qilingan 
bolalar birinchi navbatda yuboriladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ro‘yxati 
2-ilovaga
 
muvofiq; 
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga qabul qilingan 
bolalarni oziq-ovqat, birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash 
me’yorlari 
3-ilovaga 
muvofiq; 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga joylashtirilgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi 
oilalarda yashayotgan va davlat yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlarni kiyim-kechak, 
poyabzal va ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash me’yorlari 
4-ilovaga 
muvofiq 
tasdiqlansin. 
2. Markazlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: 
qarovsiz bolalarning shaxsini aniqlash, ularning o‘qishi va xulq-atvorini, oilasidagi muhitni 
hamda qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillarni to‘liq o‘rganish; 
qarovsiz bolalarning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish va tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish 
natijasiga ko‘ra ularni ota-onasiga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga) topshirish yoki tegishli 
muassasalar (ixtisoslashtirilgan ta’lim, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya, bolalar yoki sog‘liqni 
saqlash muassasalari)ga joylashtirilishini tashkil etish; 
qarovsiz bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ularni oziq-ovqat, 
birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash, vaqtincha saqlash va kasb-
hunarga o‘rgatish tadbirlarini tashkil etish. 
3. 2021-yil 1-sentabrdan e’tiboran qarovsiz bolalar bilan ishlash tizimida shunday tartib joriy 
etilsinki, unga muvofiq: 
a) voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligini aniqlash bo‘yicha: 
voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan — ta’lim 
muassasalarida, profilaktika inspektorlari tomonidan — xizmat hududida, mahalla fuqarolar 
yig‘inlari raislari tomonidan — oilalarda o‘rganish (kuzatish) va profilaktika tadbirlarini amalga 
oshirish jarayonida qarovsiz bolalar aniqlanadi; 
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash va 
ular bilan manzilli ishlash yo‘nalishidagi ishlarga fuqarolar yig‘inlari raislari mas’ul etib belgilanib, 
ular zimmasiga mahallalarda qarovsiz qolgan bolalarning o‘z vaqtida aniqlanmasdan qolish holatlari 
bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklanadi; 


voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligi davlat organlari, nodavlat notijorat 
tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniqlangan hollarda ular bu to‘g‘risida profilaktika inspektoriga 
xabar beradi; 
b) qarovsiz bolalarni Markazga qabul qilish va vaqtincha saqlash bo‘yicha: 
profilaktika inspektori qarovsiz bola aniqlanganligi haqida tuman (shahar) ichki ishlar 
organlari boshlig‘ining o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i (Toshkent shahar 
tumanlari ichki ishlar organlari boshlig‘ining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha 
o‘rinbosari)ga (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i) 
navbatchilik qismi orqali xabar beradi; 
profilaktika inspektori bolaning shaxsini aniqlash hamda uning o‘qishi va xulq-atvorini, 
oilasidagi muhitni, qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillarni birlamchi o‘rganish bo‘yicha 
tadbirlarni amalga oshiradi, agarda bolaning qarovsiz qolmaganligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, 
dalolatnoma tuzish orqali uni ota-onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga topshiradi; 
profilaktika inspektori birlamchi o‘rganish natijalariga ko‘ra bola qarovsiz qolganligi 
to‘g‘risida xulosaga kelsa, ushbu xulosani tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga 
taqdim etadi, u esa, xulosani ko‘rib chiqib, bolani Markazga qabul qilish haqida yo‘llanma 
tayyorlaydi va uni Markazga yuboradi; 
Markaz xodimlari 5 soat ichida maxsus avtotransport vositasida qarovsiz bola saqlanayotgan 
manzilga yetib kelib, uni qabul qilib oladi va belgilangan tartibda Markazga olib borib joylashtiradi; 
Markaz boshlig‘i hududiy ichki ishlar organlari rahbarining o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi 
xizmati boshlig‘i (Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — 
Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i)ga (keyingi o‘rinlarda — hududiy jamoat 
xavfsizligi xizmati boshlig‘i) qarovsiz bola qabul qilinganligi haqida navbatchilik qismi orqali xabar 
beradi; 
Markaz boshlig‘ining so‘roviga asosan hududiy sog‘liqni saqlash muassasasi mutaxassislari 
3 soat ichida Markazga yetib kelib, qarovsiz bolani belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi; 
tibbiy tekshiruv xulosasiga ko‘ra qarovsiz bolaning davolanishga muhtojligi (aqliy va ruhiy 
rivojlanishda yoshiga nisbatan ortda qolgan, tan jarohati, kasalligi, homiladorligi) aniqlangan 
hollarda u davolanish uchun tegishli sog‘liqni saqlash muassasasiga yoki aqliy va ruhiy rivojlanishda 
yoshiga nisbatan ortda qolayotgan bolalarga mo‘ljallangan muassasaga joylashtiriladi; 
Markaz tomonidan 48 soat ichida qarovsiz bolaning shaxsi aniqlanadi, uning o‘qishi va xulq-
atvorini, oilasidagi muhitni hamda qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillar to‘liq o‘rganiladi, 
bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga ko‘ra ijobiy xulosaga kelinsa, bola ota-
onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga topshiriladi; 
Markaz tomonidan ota-onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga topshirilgan bolaning 
o‘qishi, xulq-atvori va oilasidagi muhit bir yil davomida voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha 
inspektor-psixologlar tomonidan mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash organlari bilan birgalikda 
monitoring qilib boriladi; 
monitoring davomida bolaning ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda qolayotganligi kuzatilsa, uni 
belgilangan tartibda Markazga qaytarish choralari ko‘riladi; 
bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga ko‘ra uning ijtimoiy jihatdan 
xavfli ahvoldagi oilada yashayotganligi va davlat yordamiga muhtojligi to‘g‘risida xulosaga kelinsa, 
Markaz ushbu bolani 48 soatdan ortiq, biroq 30 kundan (zarurat bo‘lganda 45 kundan) ko‘p 
bo‘lmagan vaqt davomida Markazda saqlash haqida sudga iltimosnoma kiritadi; 
ushbu iltimosnoma 24 soat ichida Markazda sayyor yoki onlayn shaklda o‘tkaziladigan 
yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi; 
sud iltimosnomani ko‘rib chiqish jarayonida qarovsiz bolaning ota-onasi (ota-ona o‘rnini 
bosuvchi shaxslar) rozi bo‘lmagan holda ham uni Markazga va kelgusida ixtisoslashtirilgan ta’lim 
muassasasiga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi; 
qarovsiz bolaning doimiy yashash joyi boshqa mintaqa hududida bo‘lsa, Markaz 48 soat 
ichida uni tegishli hududdagi Markazga olib borib topshiradi; 


v) qarovsiz bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga joylashtirish va o‘qishi 
davomida xulq-atvorini nazorat qilish bo‘yicha: 
hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ining so‘roviga asosan uch kun ichida Markazda 
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha mintaqaviy idoralararo komissiyaning sayyor yoki onlayn 
shakldagi yig‘ilishi o‘tkaziladi hamda qarovsiz bolani uning xulq-atvori, psixologik qiyofasi, yoshi, 
iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va boshqa omillarni inobatga olgan holda tegishli ixtisoslashtirilgan 
ta’lim muassasasiga joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi hamda qaror nusxasi tegishli vazirlik 
yoki idoraga yuboriladi; 
tegishli vazirlik yoki idora uch kun ichida voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha mintaqaviy 
idoralararo komissiyaning qaroriga muvofiq bolani o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida yo‘llanmani 
o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga, yo‘llanmaning nusxasini — 
Markazga yuboradi; 
Markaz yo‘llanmaga muvofiq 48 soat ichida bolani tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim 
muassasasiga olib borib topshiradi; 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi o‘quv yili davomida (tegishli sinflar uchun belgilangan 
yoshlarga muvofiq ravishda) o‘zi bevosita bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idoraning yo‘llanmasiga 
muvofiq qarovsiz bolani qabul kvotasidan tashqari 5 foiz miqdorida ajratilgan qo‘shimcha kvotalar 
doirasida sinov va imtihonlarsiz o‘qishga qabul qiladi; 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi rahbarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari 
qarovsiz bolalarga jamoat tarbiyachisi sifatida biriktiriladi hamda ularning o‘qishi va xulq-atvorini 
doimiy ravishda nazorat qilib boradi
qarovsiz qolgan bolalar bilan ishlash, ularni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga 
joylashtirish va o‘qish jarayonlarining samaradorligini oshirib borish ishlariga Xalq ta’limi vazirligi 
bevosita mas’ul etib belgilanib, bu boradagi ishlarni tashkil etishda ularning hududiy organlari 
rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklanadi; 
o‘qish davomida qarovsiz bolaga hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i — umumiy 
murabbiy, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida xizmatni o‘taydigan voyaga yetmaganlar 
masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog — individual murabbiy sifatida biriktiriladi hamda qarovsiz 
bolaning o‘qishi va xulq-atvorini kunlik nazorat qilib boradi; 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida qarovsiz bolaning o‘qishi va xulq-atvorini kunlik 
nazorat qilib borishda, shuningdek, ularga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etishda 
hududiy ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar 
huquqbuzarliklari profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari (o‘g‘il bolalar uchun) va xotin-qizlar masalalari 
bo‘yicha o‘rinbosari (qiz bolalar uchun) bevosita ko‘maklashadi; 
g) qarovsiz bolalar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qishni tamomlaganidan keyin 
ularning bandligini ta’minlash va mehnat faoliyatini monitoring qilish bo‘yicha: 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi qarovsiz bolaning o‘qishi tamomlanishiga uch oy 
qolganda bu haqda Markazga xabar beradi
hududiy jamoat xavfsizligi xizmati ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qishni 
tamomlagan qarovsiz voyaga yetmagan shaxsning professional yoki oliy ta’lim muassasasiga 
umumiy tartibda o‘qishga kirishida ko‘maklashadi; 
professional yoki oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga 
kira olmagan qarovsiz voyaga yetmagan bir oy ichida hududiy mehnat organlari tomonidan ishga 
joylashtiriladi; 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tamomlayotgan qarovsiz bolalar tegishli ta’lim 
muassasasi yo‘llanmasi bo‘yicha “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish 
markazlarida O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari 
hisobidan bepul o‘qitiladi; 
professional yoki oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga 
kira olmagan chaqirilish yoshidagi qarovsiz bolani chaqiruvni amalga oshiruvchi komissiyalar 
navbatdagi chaqiruvda birinchilar qatorida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muddatli 
harbiy xizmatga yuborish choralarini ko‘radi; 


qarovsiz voyaga yetmaganlarning ish sharoiti, mehnatiga haq to‘lanishi va ijtimoiy 
moslashuvi bilan bog‘liq masalalar hududiy ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati, mehnat, 
mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash organlari, “Nuroniy” jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi 
bo‘linmalarining vakillari ishtirokida tuzilgan ishchi guruh tomonidan bir yil davomida jadval asosida 
monitoring qilib boriladi hamda ularga zarur amaliy va huquqiy yordam ko‘rsatiladi. 
4. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish tizimi samaradorligi uchun 
quyidagilarni nazarda tutuvchi javobgarlik tizimi joriy etilsin:
a) qarovsiz bolalar bilan ishlash tizimining barcha bo‘g‘inlarida mazkur qarorga muvofiq 
yangi tartibning to‘liq joriy etilishi va samarali qo‘llanilishi uchun — O‘zbekiston Respublikasi Ichki 
ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vazirligi, shuningdek, o‘zining tizimida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi faoliyat 
ko‘rsatayotgan boshqa vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari; 
b) qarovsiz bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
bo‘yicha quyidagilar: 
bolaning qarovsiz qolganligi aniqlangan vaqtdan boshlab Markazga qabul qilinguniga qadar 
— mahalliy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i; 
Markazga qabul qilingan vaqtdan boshlab ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qishni 
tamomlaguniga qadar — hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i; 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qishni tamomlaganidan keyin bir yil davomida — 
hududiy ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati, mehnat, mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash organlari, Yoshlar ishlari agentligi bo‘linmalari boshliqlari shaxsan javobgar hisoblanadi. 
5. Belgilansinki: 
qarovsiz bolaning ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qish xarajatlari respublika 
budjeti hisobidan amalga oshiriladi; 
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilada yashayotgan va davlat yordamiga muhtoj qarovsiz 
bolani ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qishi davomida kiyim-kechak, poyabzal va ashyoviy 
ta’minot buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha mintaqaviy 
idoralararo komissiya qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi, agar 
ta’lim muassasasida ushbu ta’minot nazarda tutilgan bo‘lmasa; 
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha mintaqaviy idoralararo komissiya qaroriga asosan 
qarovsiz bolalarga Bolalarni qo‘llab-quvvatlash fondi hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni 
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zarur ijtimoiy-moddiy yordam ko‘rsatib 
boriladi, shu jumladan, ularga ta’lim va kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha tadbirlarga yuqori malakali 
mutaxassislar shartnoma asosida jalb qilinadi; 
Markazlar bank hisobvarag‘iga ega bo‘ladi, unga jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik 
xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar o‘tkaziladi, bank 
hisobvarag‘idagi mablag‘lar faqat qarovsiz bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun 
maqsadli sarflanadi; 
Markaz faoliyatiga doir tadbirlarni amalga oshirishda, shu jumladan, qarovsiz bolalarni 
ekskursiya va sayohatlarga olib borishda avvaldan berilgan buyurtma asosida hududiy ichki ishlar 
organlarining xizmat avtobuslaridan foydalaniladi; 
Markazlarda saqlanayotgan qarovsiz bolalarga ta’lim berish bo‘yicha jalb etilgan pedagog-
xodimlar mehnatiga o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun soatbay haq to‘lash qonunchilikda 
belgilangan tartibda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 
6. Markazlar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishning quyidagilarni nazarda 
tutuvchi tartibi joriy etilsin: 
Markazlar faoliyatini nazorat qilish, yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ularga 
yordam ko‘rsatish, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan; 
Markazlarga qabul qilingan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, 
ularning yoshiga xos bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ijtimoiy 


moslashuvi va reabilitatsiyasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi tadbirlar Xalq 
ta’limi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan; 
Markazlarga qabul qilingan voyaga yetmaganlar salomatligini muhofaza qilish, sanitariya 
qoidalari va gigiyena normalari, ovqatlanish me’yorlari talablariga rioya etilishini ta’minlash 
Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan; 
Markazlarga qabul qilingan voyaga yetmaganlarning oilalarini o‘rganish, oilasidagi 
ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni 
mustahkamlash va milliy mentalitetga yot g‘oyalardan asrash borasidagi tadbirlar Mahalla va oilani 
qo‘llab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan; 
Markazlarga olib kelingan voyaga yetmaganlar o‘rtasida mehnat huquqlari muhofazasi 
bo‘yicha keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish, ularni mehnat bozoridagi yuqori talabga 
ega kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha tadbirlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning 
hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
5-ilovaga
muvofiq ayrim qarorlariga 
o‘zgartirishlar kiritilsin. 
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
6-ilovaga 
muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini 
yo‘qotgan deb hisoblansin. 
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan 
birgalikda: 
bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga 
muvofiqlashtirsin, shu jumladan, Markazlarning tuzilmasini yangi tartib va talablarni e’tiborga olgan 
holda hamda shtat birliklarini pedagog va psixolog kadrlar bilan kuchaytirish nuqtai nazaridan qayta 
ko‘rib chiqsin; 
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga qarovsiz bolalar 
uchun professional ta’lim muassasalarida qo‘shimcha kvota ajratish, hududiy jamoat xavfsizligi 
xizmati boshlig‘ini voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha mintaqaviy idoralararo komissiya raisi 
o‘rinbosari etib belgilash, shuningdek, qarovsiz bolalar bilan ishlash tizimida joriy etilgan yangi tartib 
va talablarning buzilishiga yo‘l qo‘ygan davlat organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan 
javobgarlik choralarini belgilash bo‘yicha taqdimnoma kiritish vakolatini hududiy ichki ishlar 
organlari boshlig‘iga berish to‘g‘risida takliflarni kiritsin; 
uch oy muddatda voyaga yetmaganlarni tashish uchun Toshkent shahridagi Markazni 4 ta, 
boshqa hududlardagi Markazlarni 2 tadan “Damas” avtotransport vositalari bilan belgilangan tartibda 
ta’minlasin; 
uch oy muddatda Markazlarni kapital ta’mirlash, jihozlash va zaruratga ko‘ra qurish 
bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar 
Mahkamasiga kiritsin; 
2021-yil 1-noyabrga qadar “E-voyaga yetmaganlar” yagona axborot tizimini ishlab chiqsin 
va uning to‘laqonli qo‘llanilishini, shu jumladan qarovsiz bolani aniqlash, Markazga qabul qilish, 
tegishli muassasaga yuborish, o‘qishi va xulq-atvorini nazorat qilish, ishga joylashtirish va 
monitoring olib borish jarayonlarida qog‘oz shaklidagi ish yurituvni istisno etgan holda, ta’minlasin. 
10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir 
oy muddatda Markazlar uchun maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri 
P.R. Bobojonov va xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin. 

Download 419,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish