Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Velosiped, moped va aravalar harakatlanishiga, shuningdek, hayvonlarni haydab



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/42
Sana24.01.2023
Hajmi1,91 Mb.
#902013
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Bog'liq
YHQ 2022 july

28-bob. Velosiped, moped va aravalar harakatlanishiga, shuningdek, hayvonlarni haydab 
o‘tishga doir qo‘shimcha talablar 
165. Yo‘lda velosiped, aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab 
o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan, mopedni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga 
ruxsat etiladi. 
166. V
elosipedlar, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yo‘lning 
chetki o‘ng bo‘lagida imkoni boricha o‘ng tomonidan bir qator bo‘lib harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar 
piyodalarga xalaqit bermasa, yo‘l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi. 
Yo‘lning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, aravalar jamlanmasi, miniladigan 
yoki yuk ortiladigan hayvonlar guruhlari va haydab ketilayotgan hayvonlar to‘dasi yo‘l harakati 
xavfsizligini ta’minlaydigan hamda ularni quvib o‘tishni osonlashtiradigan guruhlarga bo‘linishi kerak. 
167. Velosiped tovushli ishora moslamasi bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz bo‘lishi zarur. 
Sutkaning qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda harakatlanish uchun velosipedning 
old tomoniga oq rangli nur qaytargich yoki chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich yoki chiroq, 
yon tomonlariga esa, zarg‘aldoq yoki qizil rangli nur qaytargich o‘rnatilishi kerak. 
Velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar 
sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda nur qaytargichli kamzulda yoki nur 
qaytaruvchi elementli parchalari bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi shart. 
Ushbu nur qaytaruvchi elementli parchalar boshqa haydovchilar t
omonidan ko‘rinishi 
ta’minlanishi kerak. 
168. Velosipedchilarga va moped haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi: 
rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish 
bundan mustasno); 
yo‘lovchi tashish (ishonchli oyoq qo‘ygich bilan jihozlangan qo‘shimcha o‘rindiqda 7 yoshgacha 
bo‘lgan yo‘lovchini tashish bundan mustasno); 


gabaritidan bo‘yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalaqit 
beradigan yuklarni tashish; 
velosiped yo‘lkasi bo‘lgan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanish; 
tramvay harakatlanadigan yo‘llarda va shu yo‘nalishda harakatlanish uchun bo‘lagi bittadan 
ko‘p bo‘lgan yo‘llarda chapga burilish yoki qayrilib olish; 
yo‘lda motoshlemni qadab olmasdan harakatlanish (moped haydovchilari uchun); 
yo‘lning qatnov qismidan, shu jumladan, piyodalar o‘tish joyidan velosipedlarni boshqarib kesib 
o‘tish (velosiped yo‘laklarida harakatlanish bundan mustasno). 
Velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda 
foydalanish taqiqlanadi (velosiped yoki mopedga mo‘ljallangan tirkamalarni shatakka olish bundan 
mustasno). 
169. Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo‘lkasi bilan yo‘l kesishmasida 
velosiped va moped haydovc
hilari yo‘lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo‘l 
berishlari kerak. 
Velosiped yo‘lkasi va piyodalar yo‘lkasi (trotuar) o‘zaro kesishgan holatlarda velosipedchi 
piyodaga yo‘l berishi kerak. 
170. Ot-
aravalarda ularni to‘xtatib turadigan moslama va orqaga tisarilib ketishga yo‘l 
qo‘ymaydigan tirgaklar bo‘lishi kerak. 
Qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda harakatlanganda ot-aravaning old 
tomoniga oq rangli chiroq yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroq yoki ikkita nur 
qaytargich o‘rnatilishi kerak. 
Yondosh hududdan yoki ikkinchi darajali yo‘ldan ko‘rinishi cheklangan joylarda yo‘lga 
chiqayotgan arava haydovchisi hayvonlarning jilovini qo‘yib yubormasligi kerak. 
171. Hayvonlarni yo‘lda, asosan sutkaning yorug‘ vaqtida haydab borilishi kerak. Podachilar 
hayvonlarni mumkin qadar yo‘lning yo‘l yoqasida olib yurishlari kerak. 
172. Hayvonlarni temir yo‘l kesishmalari orqali haydab o‘tishda podachilar sonini hisobga olgan 
holda hayvonlar podasi xavf-xatarsiz ha
ydab o‘tilishi ta’minlanadigan to‘dalarga bo‘linishi kerak. 
173. Aravani boshqarayotgan, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni, podani haydab 
ketayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: 
yo‘llarda hayvonlarni nazoratsiz qoldirish; 
podani temir yo‘ldan va yo‘lda maxsus ajratilmagan joylardan, shuningdek ruxsat etilgan 
joylarda esa sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda haydab o‘tish; 
boshqa yo‘llar bo‘lganda hayvonlarni mukammal qoplamali yo‘llarda haydab borish; 
ko‘kalamzorlashtirilgan joylarda (yo‘l, yo‘l yoqasi, ajratuvchi mintaqa va boshqalar) hayvonlarni 
boqish va bog‘lab qo‘yish. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish