1.3.1.Purkash va metallash usullari.
Purkash—tiklanadigan detallarning eyilgan sirtlariga metall koplashning yangi zamonaviy bir usulidir. Bu jarayonning moxiyati shundaki, oldindan suyuqlantirilgan metall detalning maxsus tayyorlangan sirtiga siqilgan gaz (xavo) oqimi bilan purkaladi. Purkalgan metall detalning sirtiga urilganda deformatsiyalanadi, sirtdagi g`ovaklarni va notekisliklarni to’ldirib, koplama xosil kiladi. Metall zarrachalari detal sirtiga va o’zaro asosan mexanik birikadi. Fakat ayrim nuktalarda ular payvandlanadi. Detallarni metall purkab tiklash jarayonining yukori unumliligi, detalning biroz (120-180°S) kizishi, koplamaning eyilishga yaxshi chidamliligi, texnologik jarayonning va qo’llaniladigan uskunalarning oddiyligi; xar kanday metall va kotishmalardan kalinligi 0,1-1,5mm koplamalar olish
mumkinligi bu usulning afzalligidir. Koplamaning unchalik mustaxkam bo’lmasligi va detalning sirtiga sust ilashishi bu jarayonning kamchiligidir, bu kamchilikni bartaraf etish uchun qoplangan materiallarni eritish uchun qo’shimcha ishlov berish lozim.
YUkori chastotali purkash suyuqlantiriladigan ashyo (kukun) ni induktsion kizdirib suyuklantirishga asoslangan. Suyuklantirilgan metall detal sirtiga sikilgan xavo okimi bilan purkaladi. YUkori chastotali purkash apparatining kallagi (1.7-rasm) yukori chastotali tok generatoridan ta`minlanadigan induktor va tok kontsentratori (to’plagichi) bilan jixozlangan. Tok kontsentratori sim uchining suyuklanishini ta`minlaydi.
Rasm 1.7. YUkori chastotali purkash apparataning to’zitish (purkash) kallagi
1-detal sirti; 2—gazmetall okimi; 3 — tok kontsentratori; 4-suv bilan sovitiladigan induktor; 5- xavo kanali; 6-sim; 7— surish mexanizmining roliklari; 8-yo’naltiruvchi vtulka.
YUkori chastotali purkashning afzalligi shundaki, bunda metalning kizish xaroratini rostlash mumkin bo’lganidan u oz mikdorda oksidlanadi va koplamaning mexanik mustaxkamligi etarli darajada yukori buladi. Ish unumining nisbatan pastligi ishlatiladigan uskunaning murakkab va juda kimmatligi bu jarayonning kamchiligidir.
Detanatsion purkash atsetilen va kislorod gazlari aralashmasining portlashiga asoslangan (rasm 1.8).
Metallni purkashda apparatning suv bilan sovitiladigan stvolidagi kamerasiga ma`lum nisbatda atsetilen 8 va kislorod 2 beriladi. Zarrachalarining yirikligi 50—100° mkm bo’lgan purkaladigan metall kukuni 4 azot 3 okimi bilan kiritiladi.
Gazlar aralashmasi elektr sham 1 bilan yondiriladi. Portlash to’lkini kukun zarrachalarini juda katta tezlikda xaydaydi, stvol uchidan 75 mm oralikda kukun tezligi 800 m /s ga etadi.
Rasm 1.8. Detonatsion purkash sxemasi
1-elektr svecha; 2-kislorod; 3-azot; 4-metal kukun; 5-stvol; 6-purkab yotkizilgan metall katlami; 7-portlash kamerasi; 8-atsetilen.
Kukunlar detalga urilganda uning kinetik energiyasi issiklik energiyasiga aylanadi. Kukun zarrachalari 4000°S gacha kiziydi. Kukunning xar bir kismi purkalgach, yonish maxsullarini ketkazish uchun apparatning stvoli azot bilan puflab tozalanadi. Bu jarayon avtomatik tarzda xar sekundda 3—4 marta takrorlanadi. Bir davrda detal sirti kalinligi 6 mkm li metall katlami bilan koplanadi.
Bu usulda purkash afzalliklari: jarayon juda yukori unumli bo’ladi, stvol diametri 20—25 mm bo’lganda 15 sekund ichida 5 sm 2 sirtni kalinligi 0,3 mm gacha bo’lgan qatlam bilan koplash mumkin, koplama detal sirti ga juda mustaxkam yopishadi, detal sirtidagi xarorat 200°S dan oshmaydi.
Jarayonning kamchiliklari: ish vaktida shovkin baland (150 detsibellgacha) bo’ladi, binobarin tovush o’tkazmaydigan maxsus xona zarur bo’ladi.
Metallash (metall purkash) jarayoni metall simni yoki kukunni kizdirish, suyuqlantirish va mayda zarrachalarga parchalab, uni sikilgan xavo yoki inert gaz okimida detalning tiklanadigan sirtiga yotkizishdan iborat. Metallni suyuklantirish usuliga karab elektr yoyli, gazli, yukori chastotali va plazmali metallash buladi. Metallash usulida xar kanday ashyodan tayyorlangan detal sirtini ortikcha kizdirib yubormay, xar kanday metalldan kalinligi 0,3-3mm katlam xosil kilib, koplash mumkin. Koplash jarayoni bir necha boskichda bajariladi, xar boskichda kalinligi 0,3 mm li katlam xosil kilinadi.
Metallash usulida tiklangan sirt eyilishga juda chidamli bo’ladi.
Metallash tsilindrik va yassi sirtlarning eyilgan katlamini boshlang`ich o’lchamlargacha to’ldirish, korpus detallardagi darzlarni va chukurlarni to’ldirish, eyilishga chidamli, ishkalanishni kamaytiradigan, olovga bardoshli, zanglashdan saklaydigan va pardoz koplamalarni yotkizish uchun ko’llaniladi.
Metallash sifati koplamaning tuzilishi, kattikligi va eyilishga chidamliligi, suyultirilgan metallning asosiy metallga puxta yopishishi bilan aniklanadi. Suyultirilgan metallning asosiy metallga ilashish puxtaligi detal sirtini tayyorlash va metallash tartibiga bog`lik. SHuning uchun detallar metallash oldidan kir, moy va zangdan yaxshilab tozalanadi. Purkaladigan metall zarrachalarining asosiy metallga yaxshi
yopishishi uchun detalning sirtiga dastlabki mexanik ishlov berib, to’g`ri geometrik shaklga keltiriladi va g`adir-budur kilinadi.
Rasm 1.9. Elektr yoyli metallash uskunasi va elektrometallizatorning sxemasi
1-kompressor; 2-moynam tutgich; 3-ressiver; 4-moynam ajratgich; 5-tarmok; v-transformator; 7-sim galtak; 8- elektrometallizator; 9-dumalok sirt; 10-sim uchlari; 11- yunaltiruvchi mexanizm; 12-yo’naltiruvchi uchliklar; 13-soplo; 14- suyultirish zonasi; 15-tekis sirt.
Do'stlaringiz bilan baham: |