Qarshi davlat universiteti musiqa kafedrasi


Kirish  Muammoning  dolzarbligi



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/29
Sana01.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#292173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
musiqa madaniyati darslarida bolalar musiqa tuygusini rivojlantirish va takomillashtirish

Kirish 

Muammoning  dolzarbligi.

  Barkamol  avlodni  ma’naviy  ongini  shakllantirishda  barcha 

fanlar  qatori  musiqaning  ham  alohida  o’rni  bor.  Bugungi  kun  musiqa  ta’limining  eng  muhim 

maqsadlaridan  biri  nazariy  va  amaliy  jihatdan  bilimli,  ijodkor,  qobiliyatli  yoshlarni  tarbiyalab 

yetishtirishdir.  Shu  bois  musiqa  ta’limining  sifat  va  samaradorligini  oshirishning  turli  metodik 

jarayonlarini  yangi  ta’lim  mazmuniga  qo’yilgan  talablar  asosida  ishlab  chiqish  malakalari 

alohida  mavzu  sifatida  tahlil  etilmoqda.  Shuningdek,  musiqa  madaniyati  darslarida 

o’quvchilarning  musiqiy  his-tuyg’ularini  rivojlantirish  va  takomillashtirishda  ularning 

psixologik-fiziologik xarakterlariga oid hamda yosh xususiyatlariga mos musiqiy asarlar haqida 

ma’lumotlarni umumiashtirish, o’rganish va tahlil qilish dolzarb muammolardan hisoblanadi. 

Musiqa  inson  hissiyotiga  kuchli  ta’sir  ko’rsatish  imkoniyatiga  ega  bo’lib,  o’quvchilarni 

nafosat  olamiga  olib  kirish  va  ahloqiy  -  g’oyaviy  tarbiyalashning  muhim  vositasidir.  Milliy 

madaniyatimiz  bobokaloni  Abu-Nosir  Al-Farobiy  «Bu  fan  tanning  sog’ligi  uchun  foydalidir», 

degan edi, bobomiz Shayx Sa’diy esa  «Musiqa odam ruhining yo’ldoshidir» deb ta’kidlaydilar. 

Musiqa insonga tez ta’sir etuvchi emotsional hissiyotni rivojlantiruvchi vositadir. 

Musiqa ta’limi o’quvchi - yoshlarga nafaqat qo’shiq kuylash, musiqa tinglash malakalarini 

shakllantiradi,  musiqiy  savodxonligini  o’stiradi.  Shuningdek  musiqiy  qobiliyatini  tarbiyalashda 

hissiyotni  o’stirishda,  diqqat,  xotirani  rivojlantirishda,  taassurot  olamini  boyitishi,  tafakkur 

ko’lamini shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. 

Prezidentimiz



 

I.A.Karimov  o’zlarining  «Yuksak  ma’naviyat  -  yengilmas  kuch»  nomli 

asarlarida  «Musiqa  sadolari  qaysi  xalq  yoki  millat  vakili  tomonidan  ijro  etilmasin,  eng  ezgu, 

yuksak  va  nozik  insoniy  kechinmalarni  ifoda  etadi.  Mashhur  tarixchi  Sharafiddin  Ali  Yazdiy 

o’zining  «Zafarnoma»  kitobida  Amir  Temur  davrida  o’tkazilgan  musiqiy  anjumanlar  haqida 

to’xtalib,  «Yaxshi  ovozli  xonandalar  kuylashni  boshlab,  g’azalu  naqsh  aytur  erdilar.  Va  turku 

mo’g’ul,  xitoyu  arab  va  ajamdin  har  kim  o’z  rasmi  bilan  nag’ma  aytur  erdi»  degan 

ma’lumotlarni keltiradi»

1

 deb ta’kidlaydilar. 



Bugungi kunda o’quvchi-yoshlarga badiiy-estetik tarbiyani shakllantirsh, hissiy tuyg’ularni 

rivojlantirish  borasida  izlanishlar  olib  borish,  shuningdek,  umumta’lim  maktablarida  musiqa 

madaniyati  darslarini  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  asosida  tashkil  etish  musiqa 

pedagogikasining asosiy vazifalaridan biriga aylanmoqda. 

O’zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to’g’risida»gi  Qonuni,  «Kadrlar  tayyorlash  Miiliy 

Dasturi»  talablari  asosida  ta’lim  tizimida  ro’y  berayotgan  o’zgarishlar  umumiy  o’rta  ta’lim 

maktablaridagi boshqa o’quv fanlari qatori musiqa madaniyati fanining o’qitilishini ham tubdan 



 

yangilashni  talab  etmoqda.  Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarida  musiqa  madaniyati  fanini 



o’qitilishining  asosiy  maqsadi,  o’quvchilarni  ma’naviy,  badiiy  va  ahloqiv  madaniyatini 

shakllantirish, milliy g’urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishdan iboratdir. Shuning 

uchun maktabdagi  «musiqa madaniyati»  fani o’quvchilarni faqat ahloqiy-estetik jihatdan emas, 

balki  har  tomonlama  tarbiyalash  va  kamol  toptirishning  yo’li  deyish  mumkin.  Bugungi  kunda 

umumta’lim  maktablarida  olib  borilayotgan  «musiqa  madaniyati»  darslarining  mazmun  va 

mohiyati zamonaviy pedagogik texnalogiyalarga asoslangandir. 

Uzviylashtirilgan  Davlat  Ta’lim  Standartlari  va  o’quv  dasturi  asosida  olib  borilishiga 

qaratilgandir. Chunki bugungi kun musiqa ta’limining eng muhim maqsadlaridan biri nazariy va 

amaliy jihatdan bilimli, ijodkor, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalab yetishtirishdan iboratdir. Ushbu 

muammolarni  yoritish  maqsadida  biz  o’z  bitiruv  malakaviy  ishimiz  mavzusini  «Musiqa 

madniyati darslarida bolalar musiqa tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirish» deb nomladik. 


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish