Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va fiziologiya kafedrasi



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/135
Sana23.03.2022
Hajmi2,19 Mb.
#506751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135
Bog'liq
Pop.ek. UMM-2021 (1) (1)

Populyatsion yondаshuv 
- аsosiy e’tiborni populyatsiyalаrni о‘rgаnishgа 
qаrаtаdi, ya’ni mа’lum territoriyadа yashovchi bir turgа mаnsub individlаrning 
о‘zаro munosаbаtlаri о‘rgаnilаdi. Populyatsion yondаshuv doirаsidа doimo u yoki 
bu populyatsiya soni, miqdori, о‘sishi vа tаrqаlishigа tа’sir qiluvchi omillаrni 
о‘rgаnishgа qаrаtilgаn sаvollаr pаydo bо‘lаdi. Hаr xil orgаnizmlаr 
populyatsiyalаridа kechаdigаn jаrаyonlаr mаkon vа zаmon mаsshtаbidа doimo 
о‘zgаrib turаdi, shuning uchun hаm uni hаr xil mаsshtаblаrdа о‘rgаnishni tаlаb 
qilаdi. 


10 
Tаbiаtdа populyatsiyalаr hаqidа hаr xil qаrаshlаr mаvjud: bа’zi 
tаdqiqodchilаr populyatsiyalаrgа yuqori dаrаjаdа tuzilgаn, mukаmmаl orgаnizmni 
eslаtuvchi ob’yekt sifаtidа qаrаydi, bа’zilаr esа populyatsiyalаrning bu 
mukаmmаlligi, biz tomondаn ulаrni о‘rgаnish nаtijаsining mаhsuli sifаtidа 
qаrаydi. Аlohidа individlаr dаrаjаsidа о‘rgаnish bosqichidаn, populyatsiya 
dаrаjаsidа о‘rgаnish bosqichigа о‘tish Ch. Dаrvin tomonidаn “Turlаrning kelib 
chiqishi nаzаriyasi”dа yarаtilgаn edi. 
Hozirgi zаmon ekologiyasi fаqаtginа tа’riflаsh emаs bаlki, buni izohlаb, 
isbotlаb berishini hаm tаlаb qilаdi. 
O’zining nazariy va amaliy ahamiyati jihatdan, tadqiqot usullarining xilma-
xilligi jihatdan populyasiyali yondashish ekosistemali yondashishdan qolishmaydi. 
Ekologiyani ekosistemalar haqidagi fan deyish bilan birga uni populiyasiyalar 
haqidagi fan deyish ham mumkin. Populyasiyali yondashish Kanadalik tadqiqotchi 
Ch. Krebsning ekologiyaga bergan ta’rifida o’z aksini topgan: “Ekologiya - 
organizmlarning tarqalishi va zichligini belgilaydigan munosabatlar haqidagi 
fandir.”
Populyasion yondashishda diqqat e’tibor ayrim turlarga qaratiladi. Ko’p 
hollarda - bu turlar xo’jalik ahamiyatga ega bo’lgan turlardir (zararkunandalar, 
sanoat ahamiyatiga ega organizmlar, kasallik ko’zg’atuvchi organizmlar va 
hakazo). Bunday tadqiqotda o’rganiladigan ob’yekt sifatida bir turga mansub 
organizmlar jamlamasi, ya’ni populyasiya xizmat qiladi. 
Agar Ch.Krebsning ta’rifidan kelib chiqadigan bo’lsak, ekologlar oldida 
turgan vazifa organizmlarning qayerda tarqalganligi, nima uchun u yoki ularning 
soni aynan shunaqa, boshqacha emas, ularning soni qanday o’zgaradi degan 
savollarga javob topishdan iborat. Dastlabki qarashda bunday savollar juda 
xususiy, ekologiyaning umumiy qonuniyatlarini ochib berish uchun unchalik 
ahamiyati yo’qdek ko’rinadi. Lekin ekologiya tarixiga nazar tashlasak, aynan shu 
xususiy hodisalarni tahlil qilish asosida umumiy qonuniyatlarni ochishga erishish 
mumkin. 
Populyasiyalarni o’rganishda asosiy e’tibor bir turdga, kamgan-kam 
hollarda bir qancha turlarga qaratilar ekan, ekosistemadagi boshqa komponentlarga 
yashash muhiti komponentlari sifatida qaraladi, yashash muhiti komponentlari esa 
juda ko’p. Bu komponentlarning hammasini organizmga ta’sirini o’rganish juda 
qiyin. Lekin atrof muhit komponentlarining ko’pchiligi organizmga juda kuchsiz 
ta’sir ko’rsatadiki, ularga e’tibor bermasa ham bo’ladi. Masalan. Ba’zi zurur 
komponentlaryb bo’lsa ham ular hamma vaqt yetarli miqdorda bo’ladi va 
organizmlarning ko’payishi va tarqalishini cheklamaydi. Masalan, quruqlikda O
2
miqdori oragnizmning, populyasiyaning tarqalishi va sonining o’sishini 
chegaralovchi omillar uncha ko’p emas. Shuning uchun ular orasida ko’p va 
kamroq ahamiyatga ega bo’lgani ajratish mumkin. Shunday ekan tadqiqotchi 
populyasiyalarning tarqalish mexanizmlarini tushuntirib olish imkoniyatlariga ega. 
Ba’zi omillar organizmga to’g’ridan-to’g’ri, ba’zilari bevosita ta’sir qiladi. 
Populyasiyalarni tadqiq qiluvchi tadqiqotchi oldida turgan asosiy vazifalardan biri 
eng muhim bo’lgan omillarni aniqlashdan iborat. 
Populyasiyalarni tadqiq qilishda nafaqat u yoki bu hodisani yoritib berish 
kerak, balki shu hodisalarning sabablarini tushuntirib berish ham muhim. 


11 
Ko’pincha hodisalarning sabablarini ochib berish reduksion yo’l bilan amalga 
oshiriladi. Murakkab jarayonlar biroz oddiyroq tarkibiy jinslarga ajratiladi. 
Masalan, populyasiya dinamikasini mexanizmlarini o’rganishda asosiy ko’rsatkich 
sifatida sonining o’zgarish tezligi emas, balki uni tashkil etuvchi mexanizmlar 
tug’ilishi va o’lishdan foydalaniladi. Tug’ilishi dinamikasini tahlil qilishda 
tadqiqotchi tug’ilish o’zgarishini tashqi muhit faktorlari bilan bog’laydi. 
Har bir hodisani (populyasiyada) sababini qidirish turli darajada bo’lishi 
mumkin. Masalan, bulbullarning kuzda uchib ketishiga necha sabab ko’rsatish 
mumkin. U yoki bu sababini ko’rsatishdan oldin, ekolog tadqiqot qaysi darajada 
olib borilayotganini yaxshi tushinish kerak. Masalan, laborotoriyada achitqilar, un 
qo’ng’izi va sichqonlar ustidagi tajribada, har uch organizm populyasiyada 
individlar soni ma’lum darajaga yetgandan keyin, kamaya boshlaydi. Bu 
hodisaning sababi, bir xilga o’xshab ko’rinadi. Lekin achitqilarda - oziq muhitidagi 
etil spirtning ko’payib ketishi natijasida kannibalizm kuchayadi va o’sish to’xtadi. 
Sichqonlarda - sonining ko’payib ketishi fiziologik o’zgarishlar yuz beradi va nasl 
qoldirish qobiliyati pasayadi. 
Demak tashqi ko’rinishdan bir hodisaga turli xil mexanizmlar sabab bo’lishi 
mumkin. Ekologik tadqiqotlarda hodisalarning faqat sabab - oqibat mexanizmlarini 
ochib berish bilan birga bu mexanizmlarning kelib chiqishini tushunib olish kerak. 
Populyasiyalarni tadqiq qilishda shuni nazarda tutish kerakki, ba’zi 
tadqiqotchilar fikricha populyasiya-yuqori darajada tuzilgan birlik bo’lib, muhit 
o’zgarishiga ayrim olingan organizm kabi javob beradi. Boshqa tadqiqotchilar 
fikricha populyasiya - aniq mavjud birlik emas, balki natijalarimizni qulay 
ko’rsatuvchi tushuncha (tasavvurimizdagi ideal obyekt). 
Bunday qarashlarning mavjudligiga birinchidan tadqiqotchining fikrlash 
formasi sabab bo’lsa, ikkinchidan - populyasiyalarning xilma-xilligidir, ya’ni ba’zi 
populyasiyalarda yuqori tuzilgan bo’lib, o’z-o’zini boshqarish xususiyatiga ega 
bo’lsa, boshqalari yuqori darajada tuzilmagan, Individlar o’zaro ta’siri yaxshi 
ifodalangan va o’z - o’zini boshqarish mexanizmi rivojlanmagan. 
Populyasiyaning ba’zi ko’satkichlari ayrim oldingi individlar orqali 
aniqlanadi. Masalan, organizmlarning og’irligi o’lchanganda, har bir individ 
o’lchanib, o’rtacha o’iymat chiqariladi. 
Lekin ba’zi ko’rsatkichlar faqat populyasiyaga xos bo’lib, ayrim individga 
xos emas: masalan, tug’ilish, o’lish. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish