Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»


bob. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari



Download 141,5 Kb.
bet3/3
Sana29.05.2022
Hajmi141,5 Kb.
#619294
1   2   3
Bog'liq
Ijtimoy-iqtisodiy tizimlar va ularning andozalar.

2 bob. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari
2.1. Mulkchilik islohotlarining O`zbekistondagi xususiyatlari.
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sabbli birinchi Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi» deb alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog`i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi.
Shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g`risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, akstiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar vatashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat akstiyali jamiyatlarining akstiyalarini davlatdan sotib olishidir. Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini aukstionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin:
1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish;
2)davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
3) davlat mulkini bepul bo’lib berish
hamda sotishni uyg`unlashtirish orqali xususiylashtirish (4-chizma).
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos jihati – bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutstion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati - uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o’z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Engil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o’rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko’proq ijra korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi akstionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Akstiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo’jaligining iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o’ynaydigan ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag` bilan ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo’lgan muassasalartizimi vujudga keltirildi.
Savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog`i davlatga qarashli bo’lmagan sektorga to’g`ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog`i fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to’g`ri keldi. Bu bosqichda ko’plab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning akstiyalari respublika qimmatbaho qog`ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg`in tashkil qilindi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq turdagi akstionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog`ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan mablag`larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga taziyqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag`larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi. Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar ro’yxatiga kirmagan barcha ob’ekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.
Xususiylashtirish jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag`larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investistiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.
O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi - beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g`risida»gi Farmoni bilan bog`liq. Mazkur Farmon yaqin istiqbolda yo’naltirilgan. Iqtisodiy nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizastiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g`ridan-to’g`ri investistiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang`ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investistiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqland.
O’zbekistonda davlat korxonalarini xususiylashtirishning asosiy ko’rsatkichlari Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil 30
dasturlari byudjet mablag`lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek erlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog`liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo’ladi, bozor infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag`lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag`lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat – respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog`ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga akstiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog`lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:
a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;
b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya etiladi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.

2.2 . O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida erishilgan natijalar iqtisodiy tahlili.


O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlab, jamiyatni tubdan isloh qilish strategiyasi ishlab chiqishda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishni pirovard maqsad sifatida belgilab oldi. Prezidentimiz bu borada “Bunda biz markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish – eski xo’jalik yuritish mexanizmini shunchaki yangilash yoki takomillashtirish emas, balki bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o’tish ekanligini qayta-qayta ta’kidladik. Bu bir iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy boshqaruv tuzilmalarining boshqa iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalari bilan almashinuvidir”- , deb ko’rsatib berdi.
Bundan ko’rinadiki, bir ijtimoiy-iqtisodiy tizim o’rniga mazmun va sifat jihatidan farqlanuvchi butunlay yangi tizimning shakllantirilishi jamiyatdagi mavjud iqtisodiy manfaatlar va munosabatlar muvozanatining buzilishiga, ko’plab tashkiliy-iqtisodiy va xo’jalik yuritish shakllarining barham topishi yoki o’zgarishiga, yangilarining paydo bo’lishiga olib keladi. Eng muhimi, bunday yangilanishlar jamiyat a’zolarining iqtisodiy tafakkuri, turmush tarzi va “hayot falsafasi”dagi tub o’zgarish holatlari bilan bog`liqdir.
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va qiyofasining yangilanishi mazkur jarayonlar huquqiy asoslarining yaratilishi bilan birga uzviy holda borishi zarur.
Shunga ko’ra, iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidanoq mamlakatimizda Fuqarolik, Er, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g`risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g`risida”, “Chet el investistiyalari to’g`risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g`risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi muhim qadam bo’ldi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi islohotlarning bosqichligi va izchilligining muhim qoidasi va e’tiborda tutish lozim bo’lgan jihatlaridan biri – ijtimoiy iqtisodiy munosabatlardagi har qanday sifat o’zgarishlarini muntazam kuzatib, ularni yanada rivojlanishini rag`batlantirib, va ayni paytda, buning uchun etarli shart-sharoitlarni yaratib borish hisoblanadi. Shunga ko’ra, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, islohotlarimizning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g`risida”, “Xususiy korxona to’g`risida”, “Valyutani tartibga solish to’g`risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g`risida”, “Fermer xo’jaligi to’g`risida”gi Qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modernizastiya qilishda nafaqat mustahkam huquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati bo’lib xizmat qilmoqda. Agar bozor islohotlarining dastlabki pallalarida odamlarda bu boradagi tasavvurlar etarli emasligi natijasida mazkur jarayonlarga ma’lum darajada hadiksirash, ertangi hayot uchun tashvishlanish, hattoki ayrim hollarda ishonchsizlik xislari mavjud bo’lsa, mamlakatimizdagi islohot va yangilanishlarning o’tgan davri bunday hissiyot va ikkilanishlarni yo’qotib yubordi, aholi orasida ertangi kunga ishonch va yorqin kelajak uchun intilish, bunyodkorlik yo’lida harakat qilish kabi xislatlarni kuchaytirdi. Bugungi kunda jamiyat a’zolarining aksariyati bozor iqtisodiyotining afzalliklari va imkoniyatlarini o’z hayotlari va turmush tarzlarida yaqqol sezmoqdalar. Dastlab odamlar uchun qandaydir mavhum bo’lib tuyulgan bozor iqtisodiyoti bugun ularning farovon hayotlari uchun yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda.
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida yuqoridagi ijobiy jihatlarni ta’kidlash bilan birga, xolisona tahlil, islohotlarimizning mantig`i va izchilligi, ularning eng zamonaviy bozor normalariga muvofiqligini baholash iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada chuqurlashtirish, takomillashtirish va liberallashtirish bo’yicha jiddiy ehtiyoj mavjudligini ko’rsatayotganini ham ta’kidlab o’tdi.
Ma’lumki, erkinlashtirish bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iboratdir. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
- narxlarning ustun ravishda talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o’tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transakstion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish va h.k.
O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasida xususiy mulkka alohida e’tibor qaratilib, uning boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekani alohida qayd etilgan. Shuni tan olishimiz va doimo e’tiborda tutishimiz kerakki, bugungi kunda ham aholi ma’lum bir qismining xususiy mulk, tadbirkorlik, daromadlarning shakllanishi tizimining erkinligiga salbiy munosabatda bo’lishi hollari uchrashi mumkin. Bu holat totalitar tizimning bir necha o’n yillar davomida hukmronligi oqibatida aholida shakllangan boqimandalik kayfiyati, davlat yordamiga umidvorlik, xususiy mulkning uzoq yillar davomida ta’qib qilib kelinganligi, uning ayrim kishilar tasavvurida salbiy taassurot qoldirganligi kabisabablar bilan izohlanadi.
Mamlakatimizda xususiy mulkning daxlsizligi va davlat himoyasiga olinganligi o’g`risida to’xtalar ekanmiz, bu taniqli iqtisodchi Ya.Kornaining xususiy sektorni samarali rivojlanishini ta’minlash uchun “Xususiy mulkning mutlaq xavfsizligi to’g`risida qat’iy ravishda e’lon qilinishi zarur… Albatta, bunday kafolatlar qonunlar, partiyalarning dasturlari va etakchi davlat arboblarining bayonotlari orqali belgilanishi lozim…
Kelgusidagi investistiyalar haqida qayg`urish “Konfiskastiyalar endi hech qachon bo’lmaydi!” deya qat’iy bayonot berishni taqozo etadi” degan so’zlarini keltirish o’rinlidir. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan buyon Prezidentimiz shaxsan turli doiralarda bunday kafolatlar to’g`risida muntazam ravishda, qayta-qayta ta’kidlab kelmoqda. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konstepstiyasi”da “Birinchi navbatda, xususiy mulkning huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo’l bilan qo’lga kiritgan yoki yaratgan o’z mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur. Har bir tadbirkor avvalo shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Shuning uchun ham tadbirkorlar o’z biznesiga bexavotir investistiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko’paytirishi, o’z mulkiga o’zi egalik qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim” deya yana bir bor ta’kidlanishi ushbu fikrlarning yaqqol tasdig`idir.
Ma’ruzada shu maqsadda bozor iqtisodiyotining negizi hisoblangan xususiy mulkka nisbatan davlat tomonidan berilayotgan asosiy kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g`risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish zarurligi, shuningdek, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik to’siqlarni bartaraf etish maqsadida “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-qoidalari to’g`risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish muhim ahamiyat kasb etishi, bunda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo’lgan ruxsat berish tartib-qoidalarining qat’iy cheklangan ro’yxati va turlarini aniq belgilab qo’yish, qonunda nazarda tutilmagan ortiqcha ruxsatnoma va ruxsat berish tartib-qoidalarining yangi turlari kiritilishini qonun bilan keskin taqiqlash zarurligi ta’kidlandi.
Mamlakatimizda o’tgan yillar davomida bozor iqtisodiyoti sohasidagi o’zgarishlarning ishonchli qonunchilik bazasini shakllantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ma’ruzada mavjud qonunlarimizning ko’pchiligini ularni qo’llash amaliyoti va mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi davrdagi yangi real holatidan kelib chiqib, jiddiy qayta ko’rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Jumladan, akstiyadorlik kompaniyalari o’zlarining bozor munosabatlariga mos maqomiga muvofiq faoliyat yuritishi uchun “Akstiyadorlik jamiyatlari va akstiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g`risida”gi Qonunni tanqidiy qayta ko’rib, yangi tahrirda ishlab chiqish va qabul qilish hamda unda korporativ boshqaruv va nazorat organlarining vakolatlari, huquqlari va javobgarligini yanada aniq belgilash lozim.

XULOSA


Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlarni o’rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir. Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Taraqqiyot bosqichlarini bilishda tarixiy-formastion yondashuv;
madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi jihatdan yondashuv; texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; sostial-iqtisodiy shakllar o’zgarishi jihatidan yondashuvlar keng qo`llaniladi. Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formastiyalar ajralib turadi. Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko’rish mumkinki, bir necha ming yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xo’jaligi va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi. Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari ya’ni oddiy kooperastiya, manufaktura, mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 yilga, ya’ni tovar xo’jaligi rivoj topgan davrga to’g`ri keladi. Shuning uchun ham keyingi paytda ko’pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy tizimlarga bo’lib o’rganadilar. Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. Iqtisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog`lab turkumlashga harakat
qilinadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


1. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti asarlari
1. Asosiy vazifamiz– Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir/ O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov – Toshkent: «O’zbekiston», 2010.
2. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari/-Т.:O’zbekiston, 2009.
3. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Bizning bosh maqsadimiz –jamiyatni demokratlshtirish va yangilash,mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir”. –Т.:O’zbekiston, 2005.
2. Darsliklar va o’quv qo’llanmalar.
4. Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T., «Iqtisod-moliya» nashriyoti, 2010.
5.O’lmasov A., Vahobov A.B. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – Т.: «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2006. – 480 b.
6. “Экономическая теория”.: Учебник. /И.К.Станковская, И.А.Стрелец. 3-е изд., испр. – М.: «Эксмо», 2009. – 448 с.
7. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “ Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. Tuzuvchilar: B.Yu.Hodiyev,A.SH.Bekmurodov, U.V.G’afurov, B.K.To’xliyev. -Т.:Iqtisodiyot, 2009.-120 b.
8. B.Yu.Hodiyev,A.SH.Bekmurodov, U.V.G’afurov va boshqalar.”O’zbekiston iqtisodiyoti mustaqillik yillarida. Т.:TDIU, 2007.
9. Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. “Iqtisodiyot nazariyasi” Ma’ruzalar matni. – Т.: TDIU 2018.
3. Statistika to’plamlaari ma’lumotlari
10. “Инвестиции республики Узбекистан 2009”. Статистический сборник. – Т.: Госкомитет РУз по статистике, 2011
11. “Промышленность республики Узбекистан 2009”. Статистический сборник. - Т.: Госкомитет РУз по статистике, 2010.
12. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi samarali iqtisodiy siyosat markazi. Ozbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh. T.: 2010
13. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. O’zbekiston Respublikasining 2019-yil statistic axborotnomasi . T.: 2020
14. “Экономика Узбекистана. Аналитический обзор за 2010 год. Центр эффективной экономической политики”. Т., 2011
4. Internet saytlari
15.www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ning rasmiy sayti.
16. www.uza.uz – O’zbekiston Respublikasi Milliy Axborot Agentligi rasmiy sayti
17. WWW.lex.uz - Davlat hujjatlari rasmiy sayti.
18. WWW.Wikipedia.org - bepul onlayn ensiklopediya.
Download 141,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish