Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Asosiy qism 1. Agrobiznes va uning turlari



Download 158,46 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2021
Hajmi158,46 Kb.
#69756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mahmadshoyev Humoyun

Asosiy qism

1. Agrobiznes va uning turlari


Qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo’jaligi sohasiga kirmaydigan, iroq u bilan bevosita bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy ta‘mirlash xizmat kursatish, uni mahsulotlarini qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo’g’inlarini qamrab oladi.

Agrobiznes faoliyatining maqsadi – iste‘mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta‘minlash orqali foyda ko’rishdan iborat.

Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer va dehqon xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerd ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishni yuqori samaradorligini ta‘minlaydi va ular bozor kon‘yuktura (holati)siga tez moslashaoladilar. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas‘uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida zarar ko’rib ishlash natijasida og’ir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer xo’jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylntirish, mavjud davlat va jamoa xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo’jaliklarini tarkib toptirish yo’li bilan hozirgi uyushgan va mulkka ega bo’lgan fermer va dehqon xo’jaliklari rivojlantirilmoqda. Fermer xo’jaliklarining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko’rsatadi.

Fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi (1998), “Dehqon xo’jaligi to’hrisida”gi (1998), “Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risidagi” (1998) Qonunlarga hamda qishloq xo’jaligi islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilagn boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi. Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli (50 yil) ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo’yildi.

Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. Buning natijasida 2007 yilda respublikada fermer xo’jaliklarini soni 185492ta bo’lgan bo’lsa, 2009 yilda 220, 1taga yetdi. Qashqadaryo viloyatda 33447tani tashkil qildi. Fermer xo’jaliklarini qishloq xo’jalik foydalanishidagi yerlar maydoni 4881,9 ming gektardan ko’proqni tashkil qilib, bir xo’jalik ixtiyoridagi yer maydoni 26,3 gektarga, har bir kishiga 3,49 gektarni tashkil etadi.

O’zbekistonda xo’jalik toifalari bo’yicha yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlarining ishlab chiqarilishini chizmada tasvirlash mumkin.



t/r


Xo’jaliklar


Yillar


2001

2002

2003

2004

2005

2008

1

Qishloq xo’jalik korxonalari

28,5

25,9

22,2

19,6

15,2

10,1

2

Dehqon xo’jaliklari

66

64,1

63

59,7

60,2

57,6

3

Fermer xo’jaliklari

5,1

10

14,8

20,4

24,6

32,3

O’zbekistonda xo’jalik toifalari bo’yicha yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi (ulushi), foiz hisobida





  • qishloq xo’jalik korxonalari (ko’k)




  • d ehqonxo’jaliklari(qizil)




  • fermer xo’jaliklari (sariq)ni ulushi, % hisobida

Respublikada fermer xo’jaliklari samarali ishlash uchun zarur xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina-traktor parklari, ta‘mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi, aholiga xizmat qiluvchi ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash va boshqa maqsadida ham infratuzilmalarga e‘tibor berilmoqda. Birgina 2007 yili qishloq joylarda 1,6 ming kilometrdan ortiq suv quvurlari va 710 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Aholini ichimlik suvi bilan ta‘minlash 84 foizga. Shu jumladan qishloq joylarida 77 foizga yetdi, tabiiy gaz bilan ta‘minlanish 82 foiz, qishloqlarda 77 foizgacha ko’paydi.1[4]

Agrobiznes ham qishloqlardagi tarkibiy o’zgarishlardan biridir. Agrobiznes – bu qishloqdagi agrofirmalar bilan sanoat xos resursdagi birgalikda ishlatib, iste‘molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi.

Agrofirma – ma‘lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir. Bunday korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik aosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin.

Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.

Agrosanoat birlashmalari – bir turdagi mahsulot ishlab chmqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir nechta xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi tsex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtiroqchilari ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.

Agrosanoat kombinatlari qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo’jalik va korxonalarning ma‘lum bir hududida birlashuvidir. Qishloq xo’jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo’jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo’shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko’rsatadi.

Agrobiznes turiga ko’ngilli va paychilik mablag’lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham kiritish mumkin.

Asosiy tayanch tushunchalar:

Agrar munosabatlar – yerga egalik qilish, o’zlashtirish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish bilan bog’liqlikda vujudga keldaigan munosabatlar;

Renta munosabatlari – yerdan foydalanish natijasida vujudga kelaigan qo’shimcha sof daromadni taqimlash va o’zlashtirish bilan bog’liqlikda vujudga keladigan munosabatlar ;

Differentsial renta – yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad;

Differentsial renta I – yerlarning tabiiy unumdorligidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad;

Differentsial renta II – yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad;

Absolyut renta – qishloq xo’jaligida yerga bo’lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdari yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta;

Monopol renta – alohida tabiiy sharoitga ega bo’lib, noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta;

Undirma sanoatda renta – foydali qazilma konlarining joylashishi (er yuzasiga nisbatan) va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladi;

Agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq xo’jalik tarmoqlarining birligi;

Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish infratuzilmasi – bevosita qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko’rsatuvchi sohalar;

Ijtimoiy infratuzilma – odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta‘minlaydigan sohalar;

Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi a mahsulotni iste‘molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir;

Agrobiznes – tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq sohalardagi namoyon bo’lish shakli;

Agrofirma – ma‘lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir;

Agrosanoat birlashmalari – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir necha xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi tsex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi;

Agrosanoat kombinatlari – qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo’jalik va korxonalarning ma‘lum bir hududida birlashuvidir;

Agrobiznes - qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati. Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir.




Download 158,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish