Qarshi viloyati toponimiyasining tarixiy manbalari va tadqiqi



Download 18,14 Kb.
Sana12.04.2022
Hajmi18,14 Kb.
#547254
Bog'liq
Maqola


Qarshi viloyati toponimiyasining tarixiy manbalari va tadqiqi

Qashqadaryo Oʻzbekiston viloyatlaridan biri hisoblanadi.Qashqadaryoning markazi


Qarshi shahri boʻlib, u sharqning azaliy va qadimiy shaharlaridan sanalib kelingan.
Ba'zi manbalar Qarshi nomi 14-asrda vujudga kelganidan dalolat beradi.Qadimda
Qarshi Navkat ( Navtak, Navtaka ) hamda Naxshab nomlari bilan atalgan.
Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlangani uning qanchalar qadimiy va buyuk shahar
ekanligini isbotlab turibdi. 2700 yillik tantana munosabati bilan shahrimizning qiyofasi
qayta tiklandi. Koʻrkiga koʻrk qoʻshildi.Chiroyli va hashamatli binolar va inshootlar qad
rostladi. Shahrimizning mahalla koʻcha va boshqa koʻplab obyektlarining nomlanishi
ham juda uzoq yillik tarixga ega ekanini tarixshunos hamda qadimshunos olimlar ham
e'tirof etadilar. Yozishlaricha,qadim davrda shahar maqomiga ega boʻlish uchun 32 xil
kasb-hunar turi boʻlishi talab etilgan.Demak,Qarshi shahar moqomiga ega boʻlgan ekan
unda 32 xil kasb-hunar mavjud boʻlganidan, bu esa uning naqadar madaniy va ma'rifiy
shahar boʻlganidan dalolat beradi. Qarshi qadimiy shahar ekan, uning har bir obyekting
nomlari ham uzoq oʻtmishga egadir. Bu tarixiy nomlarning koʻpchiligi shoʻrolar davrida
yoʻq qilingan.Mustaqillikka erishganimizdan soʻng, istiqlol yillarida esa bu nomlar qay
ta tiklandi. Xalq xotirasida saqlanib qolgan joy nomlari qayta mahalla va koʻcha nomla
riga aylandi. Masalan:Elchixona, Sarbozxona, Gulmachit, Oqmachit, Oqsaroy, Nova,
Beglar, Javharariq, Rastaguzar va boshqalar.
Bilasizmi? Qadimiy shahrimizning har xil nomlar bilan atalishi uning joylashuv
oʻrniga bogʻliqdir. Shahar uchun asos boʻlgan qoʻrgʻonlar: Zahhoki Moron,Yerqoʻrgʻon
hamda Shulluktepa xarobalaridir. Qarshi avval shu xarobalar oʻrnida bunyod etilgan.
Uning eng soʻngi nomi biz hozir ataydigan Qarshi viloyati toponimiyasining tarixiy
manbalari va tadqiqi Qarshidir. ХVII asr tarixshunosi Muhammad Ibn Valining yozishi
cha "Kepakxon Moʻgʻul u yerda bir koʻshk qurgan edi,Moʻgʻul tilida koʻshkni qarshi
deb ataganlari uchun o’sha vaqt dan boshlab, ul shahar Qarshi nomi bilan mashhur
boʻldi" Tarixnavisning soʻzlarini boshqa tarixiy manbalar ham isbotlaydi.Moʻgʻul
hukmdori Kepakxon hukmdorlik markazini Qashqadaryoga koʻchirgan va Qarshi Moʻ
gʻullar poytaxtiga aylantirilgan.1328-yilda hashamatli bir qoʻrgʻon qurilgan va koʻshk
Qarshi deb atalgan.Hamda ХI asr turkiy tilda, shu jumladan,Oʻzbek tilida ham xon,
mamlakat hukmdorlari qasri Qarshi deb nomlangan.
Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, agar qadimiy tarixga yuzlanadigan boʻlsak, ХI asrning
buyuk yodgorligi "Qutadgʻu bilig" da beklar yashaydigan va faoliyat koʻrsatadigan qa-
rorgoh Qarshi atamasi bilan atalgan. Buni quyidagi orqali koʻrish mumkin.
Bu beklar evi odi Qarshi turur
Bu Qarshi ichindagi Qarshi turur
Qarshi soʻzining qadimiy ma'nolari asosida Qarshi,Qarshiboy,Qarshibek kabi oʻgʻil
bolalar ismi hamda Oyqarshi, Qarshiniso, Qarshibonu kabi qizlar ismlari ham paydo
boʻlgan.Qarshi toponimiyasiga va uning paydo boʻlishiga tarixshunoslarning yonda-
shuvi asosida qaraydigan boʻlsak, toʻsiq, devor. Devor bilan oʻralgan joy,maskan ya'-
ni koʻshk, qal'a,ma'nolarida keladi. Shu oʻrinda yanada oydinlashtiradigan boʻlsak,
Oʻzbeklarning turar joy qurilish, me'morchilik madaniyati bilan bogʻliq tarzda bu ma'-
nolar vujudga kelgan. Shahar nomiga asos boʻlgan Qarshi soʻzi va uning aholi yashov
chi maskanlari bilan bogʻliq ma'nosi Tungus-Manjur va Moʻgʻul tillaridan saqlanib
qolgandir.
Download 18,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish