Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi


Tyutorlik institutini dunyo talablari darajasida rivojlantirishning muhimligi



Download 0,6 Mb.
bet14/20
Sana23.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#840956
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
G.Djabbarov-21.02.2022 (2)

2.2. Tyutorlik institutini dunyo talablari darajasida rivojlantirishning muhimligi.


Ma’lumki, oliy ta’limning asosiy maqsadi - mehnat bozorini oliy ma’lumotli, raqobatbardosh kadrlar bilan ta’minlash, yuqori darajali ilmiy kadrlar tayyorlash uchun zamin yaratishdir. Bu borada xorijda maslahatchilik institutlarida kasbiy faoliyatga yo‘naltirish masalalari kun tartibidan mustahkam o‘rin olgan.
O‘zbekistonda joriy etilgan tyutorlik instituti hozirgi vaqtda yetarli me’yoriy-uslubiy asoslarga ega emas. Har bir OTM o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tyutorlikka yondashmoqda. Shu sababli, OTM lar oldida xorij tajribalarini amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi, deya olamiz.
Tyutorlikning joriy qilinishida juda muhim va asosli maqsadlar ko‘zda tutilgan.
Ularning asosiylari quyidagilardir:

  • ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda OTM va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash;

  • talabalarning OTM hayoti va ta’lim jarayoniga moslashishiga ko‘maklashish;

  • talabalarga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish;

  • talabalarni tanlagan kasbiy faoliyatiga yo‘naltirish;

  • talabalarning dars mashg‘ulotlarini muntazam tahlil qilib borish;

  • talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash;

  • talabalarning ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turish;

  • guruh talabalarini besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan klub va to‘garaklarga jalb etish;

  • talabalarning ijodiy qobiliyati va iste’dodini namoyon etishi uchun imkoniyatlar yaratish;

  • talabalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

  • talabalarning ta’lim olishi, ilm bilan shug‘ullanishi, yashashi va dam olishi uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;

  • talabalarni yangiliklardan xabardor qilib borish;

  • talabalarning o‘quv intizomini mustahkamlash;

  • talabalarda ijodiy fikrlash, halollik, to‘g‘ri so‘zlik kabi xislatlarni shakllantirish borasida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish;

  • iqtidorli va iste’dodli talabalarni aniqlash;

  • ularning turli tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga hamda talabalarning loyiha va startaplarini amalga oshirishga ko‘maklashish;

  • talabalarning darslarni o‘zlashtirish darajasini nazorat qilib borish;

  • talabalarni innovatsion ta’lim texnologiyalari va o‘quv-uslubiy materiallar, axborot-resurslari bilan ta’minlash va ushbu manbalardan keng va unumli foydalanishi uchun zamin yaratish.

  • talabalarni o‘ylantiradigan qator masalalar, xususan, talabalarni turar joy bilan ta’minlash, qoldirilgan darslarni o‘zlashtirishiga yordam berib borish;

  • akademik guruhlarning darslarini, talaba davomatini va dars sifatining monitoringini olib borish;

  • talabalarga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish;

  • TTJ ga joylashishi uchun e’lon berish va bu boradagi komissiya yig‘ilishida talabaning ishtirokini ta’minlash;

  • talabaga tavsifnoma va akademik ta’til berish masalasini hal qilishda ishtirok etish;

  • talabalarning rag‘batlantirilishi yoki jazolanishi, turli stipendiyalarga tavsiya qilishda xulosa va fikrnoma berish kabi vazifalar belgilangan.

Shuningdek, har bir tyutor talabalarning sha’ni va qadr-qimmatini, obro‘sini hurmat qilish, ularning jismoniy, ruhiy va psixologik holatidan muntazam xabardor bo‘lish, o‘quv, ma’naviy va ilmiy faoliyatini monitoring qilib borish, talabalarninng darslarda ishtirokini nazorat qilish, ularning ota-onalari va o‘zi bilan doimiy muloqot qilib borishga majburdir.
Hozirgi vaqtda tyutorlarning oylik maoshining «O‘qituvchi-stajor» bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirilishi va tyutorlarning o‘rindoshlik asosida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga sharoitning yaratilmaganligi bu lavozimga to‘liq shtatga ilmiy darajali mutaxassislarni jalb qilishga imkon bermaydi. Tyutorlik faoliyati asosan talaba haqida ma’lumotlar bazasini yaratish va talabalarni turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb qilishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Talabaning kasbiy faoliyatga bo‘lgan intilishi birinchi o‘ringa qo‘yilmagan. Bu jarayon albatta yaqin yillar ichida ijobiy tomonga o‘zgarishi kerak, aks holda talabalar uchun bu element zerikarli bo‘lib qoladi.
Salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida tyutorlik faoliyati haqida Nizomni ishlab chiqish va unda talabaning qiziqishlarini aks ettirish maqsadga muvofiqdir.
Umuman olganda tyutorlik institutining joriy qilinishi hozirgi kun nuqtai-nazaridan, jamiyatdagi qarashlar va menitalitetni hisobga olib qabul qilingan eng to‘g‘ri qaror hisoblanadi. Kredit-modul tizmini birdan amalga oshirish, o‘quv muhitini qisqa vaqt ichida keskin o‘zgartirish mumkin emas. Keyingi yillarda tyutorlik faoliyatini talabaning shaxsiy o‘quv traektoriyasini shakllantirish va ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish masalalariga bog‘lash juda muhimdir.
Kredit ta’lim tizimida o‘qituvchilar va talabalarning akademik erkinligi doirasida har bir professor-o‘qituvchi o‘z xohishiga ko‘ra (umumiy qabul qilingan talablar doirasida):

  • mustaqil ishlarni o‘tkazish va baholashda turli xil usullarni qo‘llash;

  • kafedra mudiri va fakultet ilmiy-uslubiy kengashi bilan kelishilgan holda dars beradigan fanining auditoriya mashg‘ulotlari (ma’ruzalar, seminarlar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari) nisbatini aniqlash.

  • o‘quv jarayoni sifatini oshirish maqsadida o‘qitishning samarali va interaktiv shakllari va usullarini fakultetning tegishli kafedrasi va ilmiy-uslubiy kengashida asoslash;

  • talabalarning darsmashg‘ulotlaridagi faolligini oshirish;

  • talabalarga sillabusni (bosma yoki elektron shaklda) taqdim etish va

  • o‘rganilayotgan fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarning butun majmua (ma’ruzalarning qisqa matni, semestr kompleksini amalga oshirish uchun qo‘llanma, topshiriqlar va boshqalar)larni yetkazish;

  • sillabusda (talaba uchun ish dasturi) qisqacha tavsif, o‘rganilayotgan fanning maqsad va vazifalari, prerekvizita i postrekvizitlarning mohiyatini tushuntirish, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxatini ko‘rsatish, ballar taqsimoti hamda baholash metodikasini tavsiflash;

  • semestr topshiriqlarini topshirishning taxminiy variantlari va muddatlari, taxminiy nazorat (test) savollari, asosiy mashg‘ulotlar va konsultatsiyalar jadvali, shuningdek professor-o‘qituvchining elektron pochtasi va telefon raqamini ko‘rsatish;

  • mustaqil ishlarning bajarilishini doimiy nazorat qilib turish;

  • semestr yakunlangandan so‘ng talabalarning muammolarini tahlil qilish;

  • talabalar tomonidan alohida bo‘limlarni o‘zlashtirish darajasini aniq nazorat qilish;

  • butun kurs davomida talabaning ta’lim jarayonidagi yutuqlarini ob’ektiv baholash.

Talabaning shaxsiy ta’lim traektoriyasini tanlashida edvayzerlarning roli muhim hisoblanadi. Edvayzer institut rektorining buyrug‘i bilan kafedra mudirlari hamda fakultet dekanlari bilan kelishib tayinlanadi. Edvayzer tashkiliy-uslubiy ishlarda ishtirok etadi hamda fanlarni tanlash va ularga yozilish bo‘yicha maslahatlar beradi, yo‘nalishning tanlov fanlari kataloglari va ishchi o‘quv dasturlari bilan tanishtiradi

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish