Qidir Noshirlik



Download 90,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana21.05.2022
Hajmi90,45 Kb.
#606371
  1   2
Bog'liq
Noshirlik - Vikipediya



Qidir
Noshirlik
Noshirlik, nashriyot ishi — nashriyotlar tashkil etish, kitoblar, gazeta, jurnallar, tasviriy sanʼat
asarlari 
va b
. bosma mahsulotlarini tayyorlash, nashr qilish va uni tarqatishga oid soha.
Nashriyotlar chiqaradigan mahsulotining turiga qarab — kitob nashriyoti, kitob-jur. nashriyoti,
gazetajur. nashriyoti 
va b
., qanday oʻquvchilarga moʻljallanganligiga koʻra — ilmiy adabiyot,
ommaviy adabiyot, bolalar adabiyoti, oʻsmirlar adabiyoti nashriyotlari va hokazoga b]]oʻlinadi;
mavzusiga koʻra — universal va muayyan sohaga ixtisoslashgan nashriyotlar bor. Universal
nashriyotlar (Mas, "Oʻzbekiston" nashriyoti) barcha xil yoki koʻp turdagi, ixtisoslashgan
nashriyotlar (Ibn Sino nomidagi nashriyot 
va b
.) muayyan 
soha boʻyicha
 kitoblar nashr etadi.
Kitobchilik
 ishi kitob bosish paydo boʻlishidan bir necha ming yillar oldin mavjud boʻlgan.
Xususan, Oʻrta Osi-yoda miloddan avvalgi asrlardayoq kitobchilik ishlari bilan
shugʻullanganlar. Bu yerda arablar istilosiga kadar anchagina nodir kitoblar yaratilgan (qarang
[[
Kitob
). Arab xalifaligi davrida ham bu ish taraqqiy etdi. Tarixchi, xushnavis, qogʻozchi,
muqovasoz, bezovchi (lovah) va shahri k. kasb egalari yetishdi. Tarixchiyozuvchilar asarlarini
ilgarigidek oʻzlari koʻchirib oʻtirmasdan bu ishni ulardan tez va yaxshiroq bajara oladigan
mutaxassislarga topshiradigan boʻldilar. Km-toblarni, asosan, qoʻlda maxsus xushnavislar
koʻchirib koʻpaytirganlar. Shu tariqa xattotlik sanʼati (kalligrafiya) yuzaga keldi va
takomillashib bordi. [[
Kitob
 betlarini turli oʻlchamdagi 
kataklarga boʻlish
, sahifalarning
chetlariga rang-barang chiziqlar, naqshlar chizish, kitob nomini muqovasiga va zarvaraqlariga
oltin hal bilan yozish kitob bezagining odatdagi us-lubiga aylandi. Ahmad Fargʻoniy, Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy 
va b
.ning asarlari faqat mazmun
jihatidan emas, kitobat sanʼati bilan ham nodir qisoblanadi. Ularning koʻplari jahondagi yirik
kutubxonalarda qimmatli yodgorliklar sifatida saqlanadi.
Oʻrta Osiyoning moʻgʻullar tomonidan bosib olinishi (13-asrning 1-yarmi) butun madaniy
qayotda boʻlgani
kabi kitob yaratish va tarkatish ishlarini ancha sustlashtirdi. Temuriylar


hukm-ronligi davrida u yana kjealdi. Ayniq-sa, Shohrux, Ulugʻbek davrida adabiy faoliyatda,
xususan, kitobchilik ishlarida katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Shohruxning oʻgʻli Boysungʻur
tashabbusi bilan Hirotda 
katta bir
kutubxona-ustaxona tashkil etilib, unga uz dav-rining
mashhur kotiblari, mukrvasozlari, rassomnaqqoshlari 
va b
. kitob-soz mutaxassislar jalb
etilgan. Ularga zarur kitoblarni koʻchirib yozish va koʻpaytirish vazifasi yuklangan edi.
Ustaxonada har bir qoʻlyozma kitob bir necha mutaxassis qoʻlidan oʻtardi. Alisher Navoiy
oʻzbek xalqi maʼnaviy xa-zinasini boyitgan asarlar yozish bilan 
birgalikda badiiy
qoʻlyozma
sanʼatini yanada rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. 15-asr va 16-asrning 1-yarmidagi badiiy
qoʻlyozma sanʼatining uslub va anʼanalari keyingi yillardagi kalligrafiya sanʼatining asosini
tashkil etdi. Minglab xattotlar shu davrning ustalaridan namuna oldilar, ularga ergashdilar
(yana q. [[
Kitobat
sanʼati]]).
Nashriyot bosma mahsulotlari chiqaradigan korxona, muassasa sifatida Yevropada 16-asrda
paydo boʻldi. Bosmaxonalarning yiriklashishi, ayrim kitoblar nashri ustida uzok, muddat
ishlash, ishlab chiqarishni texnika va mablag bilan taʼminlash, kitob savdosini tashkil etish
zaruriyati maxsus kasb egalari — matbaachinoshirlar paydo boʻlishini taqozo qildi. 19-asrga
qadar nashriyotlar kitobchilik ishining barcha jarayonlari (tahririy ish, bosmaxona, reklama
tarkatish 
va b
.)ni oʻz ichiga olgan. 19-asr oʻrtalarida poligrafiya sanoati oʻsib, yangi, kuchli
texnika bazasining
vujudga kelishi bilan N.da nashriyot va poligrafiya korxonalarining
ixtisoslashish jarayoni boshlandi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida nashriyotlar yalpisiga aksi-
yadorlik jamiyatlari kabi tashkilotlarga aylandi, keyinroq kitob va gazeta-jur. nashriyotlari
trestlari vujudga keldi. Rossiyada ham N. bilan shugʻullana-digan bir qancha firmalar boʻlgan.
19-asrning 2-yarmida Rossiyaning chek-ka oʻlkalarida, jumladan, Turkistonda ham N. yuzaga
kela boshladi
. Turkis-tonda kitob nashr etish bilan dastlab podsho Rossiyasi statistika
qoʻmitalari shugʻullandi. Bu qoʻmitalar Turkiston oʻlkasiga oid turli maʼlumotlar-ni, keyinchalik
turkistonshunos rus olimlarining ilmiy ishlarini nashr qildirgan. 1868-yildan 1910-yilgacha Tur-
kistonda nashr etilgan kitoblarning asosiy qismini ruscha kitoblar tashkil etgan. Turkistonda
kitoblar nashr etishda Toshkentdagi O.A. Porsev, V. M.Ilin, Samarqanddagi G.I. Demurov
bosmaxonalari mashhur boʻlgan. 1910—17 yillarda oʻzbekcha nashr qilingan kitoblarning
koʻplari shu bosmaxonalardan chiqqan. 1874-yil XivadaMuhammad Rahimxon II (Feruz)
tomonidan tashkil etilgan bosmaxona to 1910-yilga qadar kitob nashr etgan. Oʻlka aholisi
oʻrtasida nodir qoʻlyozma asarlarni koʻplab nusxalarda nashr etib tarqatishda, ayniqsa,
Toshkentda "Gʻulomiya", Namanganda "Isxrqiya" nomi bilan maʼlum boʻlgan bosmaxonalar
muhim rol oʻynagan. "Gʻulomiya"ning tashkilotchisi Gʻulom Hasan Orifjonov oʻz faoliyatining
dastlabki yillarida oʻrtaosiyolik buyuk mutafakkirlarning mashhur asarlarini nashr etishga eʼti-
bor bergan. "Ishoqiya" bosmaxonasida uning tashkilotchisi maʼrifatparvar va rus tilining ilk
targʻibotchilaridan Ishoqxon toʻra Junaydullo Eshonov koʻpgina asarlarni nashr etgan.


20-asrning 10-yillarida Turkistonda kitob nashr ettirish va omma oʻrtasida tarqatish ishlari
bilan shugʻullanuvchi shirkatlar, birlashmalar, firmalar paydo boʻldi. "Russkaya okraina",
"Turkestanskoye tovarishestvo pechatnogo dela", "Madaniyat", "Maktab", "Turkiston
kutubxonasi" N. shirkatlari shular jumlasidandir. Bu shirkatlarga mahal-liy axrlining badavlat
va maʼrifatparvar kishilari, jadidlar, shuningdek, ilgʻor kayfiyatdagi rus kishilari, tatar ziyolilari
uyushgan edi.
Okt. toʻntarishidan soʻng bosmaxonalar musodara qilinib, davlat ixtiyoriga oʻtkazildi. 1918-yil
Turkiston MIKhuzu-rida Milliy ishlar xalq komissariya-tida va Matbuot byurosida nashriyot
boʻlimlari tuzilib, mahalliy tilda siyosiy adabiyotlar nashr 
etila boshladi
. Turkiston ASSR Maorif
xalq ko-missarligining nashriyot boʻlimi darsliklar chiqarishga harakat qildi. Shu 
davrda
boshqa
 turli idoralar ham oz 
miqdorda bosma
 mahsulotlar chiqarardi. [[
Kitoblar
 Turkiston
matbuot mar-kaziy boshqarmasi ("Turksentropechat") tomonidan bepul tarqatilardi. 1920-yil
martda Turkiston MIK Turkiston davlat nashriyoti (Turkdavnashr) taʼsis etish haqida qaror
qabul qildi. Bu Oʻrta Osiyodagi ilk kitob nashriyoti boʻlib, unga oʻlkadagi barcha nashr ishlarini
birlashtirish, qogʻoz taqsimoti 
va bosmaxona
jihozlarini nazorat etib, rahbarlik qilish vazi-falari
yuklandi. Fuqarolar urushi ta-mom boʻlib, harbiy intervensiya tugatilgandan keyin barcha
nashr ishlari yangi iqtisodiy siyosatga muvofiq qay-ta qurildi. XKS ning 1921-yil 28 noyab,dagi
qarori bilan nashrlar pulli boʻlib, kitob savdosi joriy qilindi. Nashriyot va poligrafiya korxonalari
xoʻjalik hisobiga oʻtdi. 1923-yilda Turkdavnashr Oʻrta Osiyo nashriyoti deb 
atala boshladi
. Bu
nashriyot 1921-yildan 1924-yilgacha 1184 nomda 3 mln.dan ortiq nusxada kitob nashr etdi.
Turkistonda nashriyot ishini yoʻlga qoʻyishda I. I. Geyer, Gʻulom Hasan Orifjonov, Ishoqjon
Ibrat, Abdurahmon Sayyoh So-diqov, Mahmudxoʻja Behbudiy, Munav-varqori Abdurashidxonov
va b
. salmoqli hissa qoʻshdilar.
Oʻrta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishidan soʻng (1925) Oʻrta Osiyo davlat nashriyoti
negizida Oʻzbekiston davlat nashriyoti — Oʻzdavnashr (hozirgi "Oʻzbekistan" nashriyoti) tashkil
topdi. 1925-yil Oʻzbekistonda 334 nomda 1,5 mln.dan ortiq tirajda kitob nashr etildi.
30-yillar nashriyot ishida keskin bu-rilish davri boʻldi. Nashriyotlar mah-sulotlarining
gʻoyaviysiyosiy yoʻnalishda partiyaviylik hukmronligi mus-tahkamlandi. Marksizm-leninizm
asarlarini oʻzbek tilida chiqarish maqsadida Oʻzbekiston K.P MK huzurida Partiya nashriyoti
(Oʻzpartnashr) tashkil etildi. 30-yillarning 2-yarmida tegishli xalq komissarlari va
tashkilotlarining ixtisoslashgan tarmoq nashriyotlari barpo etildi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida nashriyotlar front va mamlakat ichkarisidagi eqtiyojga muvofiq
qayta qurildi. Uzbe-kistondagi 8 mustaqil nashriyot 
Oʻzdavnashrga birlashtirilib
, matbaa
korxonalari ham uning 
ixtiyoriga berildi
. Ayrim muassasalarga qarashli nashriyotlar yopildi.
[[
Kitoblar
nashri keskin qisqardi.


Urushdan keyingi yillar ixtisoslashgan nashriyotlarni tiklashga harakat qilindi. 1950-yil
"Oʻquvpeddavnashr" (xrz. "Oʻqituvchi" nashriyoti) tiklandi; 1957-yil Adabiyot va sanʼat
nashriyoti; 1959-yil Meditsina nashriyoti; 1960-yil "Yosh gvardiya", 1964-yil Nukusda
"Qoraqalpogʻiston" nashriyoti, 1968-yilda Toshkentda Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Bosh
tahririyati ochildi. Nashriyot ishlariga rahbarlikni yaxshilash maqsadida 1963-yil Oʻzbekiston
Ministrlar Soveta huzuridagi mat-buot komiteti tashkil etildi (1978-yildan Oʻzbekiston
Nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat komi-teti, keyinchalik Davlat matbuot
qoʻmi-tasi). Nashriyotlar mahsulotlari kommunistik mafkuraga xizmat qilishga qaratildi. Shu
maqsadda juda koʻp nomda va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiysiyosiy
adabiyotlar nashr etildi. Ayni vaqtda Alisher Navoiyning 15 jildli asarlari, Hamza, Oybek, Gʻafur
Gʻulom, Abdulla Qaxdor, Komil Yashin, Mirtemir kabi yozuvchilarning saylanma asarlari, jahon
mumtoz adabiyoti namunalari chiqarildi.
Lekin, sovetlar tuzumida Oʻzbekistondagi nashriyotlarning moddiy-
texnika bazasi
rivojlangan
mamlakatlar da-rajasidan ancha orqada edi. Aksariyat bosmaxonalarda hamon qoʻlyozmalar
qoʻrgʻoshin bilan quyuladigan harflarda te-rilardi. Bosish usullari ham eskicha. Shu sababli
bosilgan kitoblarning matbaa ijrosi sifatsiz edi. Nashriyotlarda muharrirlar "siyosiy xatolar"
oʻtkazib yubormaslik uchun muk tushib qoʻlyozmakorrekturalarni qayta-qayta oʻqishar-di,
ayniqsa, diniy, tarixiy adabiyotlarga "ehtiyot" boʻlishardi. Mana shu ehtiyotkorlik tufayli
Oʻzbekiston FA "Fan" nashriyotida nashr etilgan Alisher Navoiyning akademik nashridan (15
jildli) "ilohiy" 
va b
. mazmundagi sheʼrlar olib tashlandi va h.k. Nashriyotlarning yillik rejalari
markazdan qatʼiy nazorat qilinardi. Ijtimoiy fanlardan mahalliy mualliflar darsliklar
yozishlariga imkon qadar yoʻl berilmasdi. Markazda nashr etilgan darsliklar, asosan, tarjima
qilinardi.
20-asrning 50-yillardan keyingi davrlarida Oʻzbekistonda nashriyot ishini, matbaachilikni
yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda Jalolxon Azizxonov, Fayzulla Yunusov, Vohid Valiyev, Toʻlqin
Rustamov, Abdulla Urazayev, Aziz Klebleyev, Vali Rahim, Fayzulla Ergʻoziyev, Meli Joʻra, Yunus
Yusupov, Nasrullo Oxundiy, Adham Akbarov, Ziyod Yesenboyev, Abduvosiq Abdu-valiyev,
Islom Shogʻulomov 
va b
.ning xizmati kattadir.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng N.da keskin oʻzgarish boʻldi. Bu borada
Oʻzbekiston Respublikasining "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida" qonuni (1996-yil 30 avg .) huquqiy
asos boʻldi. Mazkur qonun asosida noshirlar oʻz faoliyatlarida, shu jumladan, noshirlik
yoʻnalishini, mavzularini, ixtisoslashuvini, chiqariladigan mahsulot nusxasini belgilashda,
muallifni tanlashda mustaqil faoliyat yuritadigan boʻldi. Yuridik va jismoniy shaxslar qonun
hujjatlarida belgilangan
tartibda davlat roʻyxatidan oʻtganidan va litsenziya olganidan keyin N.
faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga 
ega boʻlishdi
. Nashrga tayyorlangan qoʻlyozmalar va
materiallarni senzuradan oʻtkazish bekor qilindi. Matbaa mahsulotini shartnoma asosida
tarqatish joriy etildi. Nashriyotlar bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, haridorgir


kitoblar nashr etishga harakat 
qila boshladilar
. [[
Kitob
mahsulotlari mazmun-mundarijasini
belgilashda ularga toʻla erkinlik berildi. Oʻzbek tiliga davlat maqomi berilishi munosabati bilan
oʻzbek tilidagi kitoblar salmogʻi oshdi. Amir Temur mavzui, buyuk mutafakkirlar, diniy, milliy
kadriyatlar bilan bogʻliq oʻnlab kitoblar chiqarildi. Bolalar adabiyoti, ilmiy adabiyotlar nashriga,
istiklol, milliy tafakkur gʻoyalari singdirilgan, sharqona odob-axloq, birodarlik, milliy gʻururni
koʻtarishga undaydigan adabi-yotlarga, maktab darsliklari nashriga alohida eʼtibor berildi.
"Oʻzbekiston" nashriyotida UzR Prezidenti I.A.Kari-movning iqtisodiy islohotlar, ularni amalga
oshirish yullari, mamlakat ijtimoiy va maʼnaviy hayotni soglomlashtirish, milliy qadriyatlarni
tiklash, anʼanalarni boyitish va shahrik.
ga ba
-gʻishlangan dasturilamal kitoblari nashr etildi
(yana q. [[
Kitob
).
[[
Kitob
 
va b
. bosma mahsulotlar nashr etishda nashriyot muallif bilan tegishli shartnoma —
nashriyot shartnomasini tuzadi
. Unda muallif kitob qoʻlyozmasini maʼlum muddatda
topshirish majburiyatini, nashriyot esa uni nashr etish, tarqatish (ayrim 
hollarda bu
majburiyatni olmaydi) va muallifga tegishli haq (gonorar) toʻlash majbu-riyatini oladi.
Shartnomada kitobning adadi, chop etish muddati 
va b
. majbu-riyatlar ham koʻrsatiladi.
Nashriyot faoliyati markazida muharrirlmk turadi. Muharrir nashriyot chiqarmoqchi boʻlgan
kitob qoʻlyozmasini da-stlab oʻqib chiqib, oʻz xulosasini bera-di: tahrir uchun qabul qiladi;
kamchiliklarini koʻrsatib qoʻlyozmani qayta ishlashga muallifga qaytaradi yoki umuman
taxrirga noloyiq topadi. Muharrir koʻlyozmani taxrir qilishda ijtimoiysiyosiy, ilmiy va adabiy
nuqtai nazardan yondashadi. Bunday yondashuv undan muallifning individual uslubini
sakdagan holda kitobning mazmuni va shak-lini takomillashtirishga qaratilgan muayyan bilim
va ijodiy jarayonni talab qiladi. Nashriyot musahhihi imlo 
va b
. grammatik xatolarni tuzatadi.
Muharrir taxrir qilingan qoʻlyozmani matbaaga topshirishdan oldin nashriyot rassomi (badiiy
muharrir) bilan kitobning badiiy bezagi ustida ish olib boradi. Ayni vaqtda texnik muharrir
bilan birgalikda tegishli shriftlar belgilanadi, bezaklar joylashtiriladi, qoʻlyozma yoki terilgan
matn sahifalanadi va h.k. Nashriyotda tayyorlangan qoʻlyozma nashriyot (buyurtmachi) 
va
bosmaxona
 (buyurt-mani bajaruvchi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida chop etish uchun
mat-baaga topshiriladi.
Oʻzbekiston N. ishiga rahbarlik qilib kelgan OʻzR Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining "Matbuot va axborot 
sohasida boshqaruvni
takomillashtirish
toʻgʻrisida"gi farmoni (2002-yil 3-iyul)
ga binoan
, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi etib
qayta tash-kil etildi. Agentlik zimmasiga, bosh-qa vazifalar qatori, noshirlik ishlari va
matbaachilikni keng miqyosda rivojlantirishga koʻmaklashish, amaldagi qonunchilikka rioya
etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, noshirlik-matbaachilik faoliyatining ishlab
chiqarish-
texnika bazasini
rivojlantirish va yangilash, standartlashtirish hamda serti-
fikatsiyalash sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi.
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi boshqaruvining tashki-liy tuzilmasida quyidagi


nashriyotlar kirgan: "Oʻzbekiston", "Oʻqituvchi", "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy
nashriyoti, "Choʻlpon", "Mehnat", Gʻafur Gʻulom nomidagi nashri-yot-matbaa ijodiy uyi, "Ijod
dunyosi" nashriyot uyi, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Ibn Sino nomidagi
nashriyot, "Oʻzblanknashr". Bulardan tashqari, "Shark" nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi Bosh tahririyati, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining "Yangi asr avlodi"
nashriyot-matbaa markazi, Oʻzbekiston FA ning "Fan" nashriyoti, OʻzR Adliya vazirligining
"Adolat" nashriyoti, Oʻzbekiston Respublikasi "Maʼnaviyat va maʼrifat" kengashining
"Maʼnaviyat" nashriyoti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining "Movarounnahr" nashriyoti,
Oʻzbekiston Respublikasi Preziden-ti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining
"Akademiya" nashriyoti, OʻzMU, Toshkent Islom universiteti 
va b
. yirik oliy oʻquv yurtlarining
na-shriyotlari faoliyat koʻrsatadi, shuningdek, xususiy, viloyat^ nashriyotlari ham N. bilan
shugʻullanadi. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligida jami 58 nashriyot, 800 dan ziyod
yirik va kichik bosmaxona roʻyxatdan oʻtgan (2003). Nashriyotlar kitoblari, asosan, Toshkent
matbaa k-ti, Rangli bosma f-kasi, 1-Toshkent bosmaxonasi, Toshkent kitob-jurnal f-kasi,
"Tezkor" bosmaxonasi, Yangiyoʻl kitob f-kasi, "Rastr" qoʻshma korxonasida, "Sharq nashriyot-
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi 
bosmaxonasida bosiladi
. Nashriyotchilar va matbaachilar
oʻz soxalariga zamonaviy noshirchilik, bosma usullar, yangi texnika joriy qilib bormoqdalar.
Bosmaxonalar keyingi davrda texnologik jihatdan qay-ta qurildi. Korxonalar va tashkilotlar
Germaniya, AQSH, Shvetsiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya kabi matbaa sanoati ta-raqqiy
etgan mamlakatlar bilan amaliy aloqalar oʻrnatishgan. Oʻzbekistonda 2002-yil jami 969
nomda 16,5 mln. nusxa kitob chiqarildi. 2002—2003 oʻquv yilida jami 519 nomda 31,0 mln.
nusxada maktab darsliklari chop etildi. Oʻzbekistonda N.ka doyr masalalar, asosan,
"Oʻzbekiston matbuoti" jur.da yoritiladi.
[1]
1. 

Download 90,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish