Ikkinchi sharti — mudofaa vaqtida zarar uni hayotdan mahrum qilish, sog`lig`iga zarar yetkazish, mulkini nobud qilish va hokazo faqat tajovuzchiga yetkazilishi mumkin.
Agar tajovuz natijasida mudofaalanuvchi tomonidan boshqa shaxslarga zarar yetkazilgan taqdirda, uning qilmishi:
- jinoyat kodeksida belgilangan talablarga javob bersa, oxirgi zarurat sifatida;
- sodir etilgan jinoyatda barcha zaruriy shartlar mavjud bo`lgan hollarda xayoliy mudofaa qoidalari bo`yicha zaruriy mudofaa yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan jinoyat sifatida;
- umumiy shartlar asosida qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat sifatida;
- aybsiz holda zarar yetkazish sifatida, bunday hollarda qilmish O`zR Jinoyat kodeksiga binoan javobgarlikka tortish uchun asos bo`lmaydi, deb kvalifikatsiya qilinishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |