Qilmoqchi bo‘lganlar



Download 53,19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.12.2021
Hajmi53,19 Kb.
#80460
Bog'liq
Biz nega oltin avlod emasmiz



Oltin asr, kumush asr tushunchalari ilk bora qadimgi yunon afsonalarida qo‘llanilgandir. Yunonlar shu yo‘l bilan o‘z

ajdodlari va umuman insoniyat baxtiyor yashagan pallalarni ifodalashgan. Ularning fikricha, sekin-asta baxt-

hurramlik insoniyatdan qochib, oltin kumushga, kumushdan bronzaga, bronzadan temirga aylanib borgan. Ya’ni

yunonlar bir zamonlar odamlar baxtli bo‘lganliklarini ta’kidlab, shu yo‘l bilan o‘zlarining baxtsiz ekanliklarini qayd

qilmoqchi bo‘lganlar.

 

Yunon madaniyati boshlanganiga uch ming yildan oshdi. Tugaganiga bir yarim ming yil bo‘ldi. Bundan ikki yarim



ming yillar muqaddam boshlangan madaniy ko‘tarilish hozirgi zamonda qadimgi tarixning oltin asri deb baholanadi.

Ya’ni, endilikda o‘zlarini baxtsiz avlod deb hisoblaganlar bizning nazdimizda baxtli…

 

Aslida o‘tmish zamonni ideallashtirish faqatgina yunonlarga xos emas. Har bir xalqning o‘z tarixiy oltin asri mavjud



bo‘lib, mafkurachilar o‘sha zamonga mo‘ljal olgancha tomoq yirtadilar, shoirlar o‘sha zamonani ko‘klarga ko‘tarib

maqtaydi, pessimistlar esa o‘tmishga qaytish orzusida yashaydi. Buning zamirida aslida ijtimoiy isyon va yalpi

pessimizm yotadi: inson hech qachon turmushidan, zamonasidan rozi bo‘lmaydi, buning kompensatsiyasi o‘laroq

intilishga arziydigan ideal zamon haqida mifologema yaratiladi. Taassufki, bu metod aks ta’sir o‘tkazadi, oltin

asrning idealligi bugunning muammolari bilan konfliktga kirishadi, buning oqibati o‘laroq millatchilik, diniy

radikallik va boshqa g‘oyalar jamiyatda ildiz otadi.

 

Oltin asr konsepti shunchaki primitiv ong to‘qimasidan boshqa narsa emasligi kunday ravshan. Lekin rivojlanganlik



da’vosidagi bugunning insoni mana shu xurofotga ishonib yashashda davom etmoqda. Oltin – bu shunchaki bir

metalligi, temir va kumushdan qimmatligi insonlar o‘ylab topgan monetizatsiya tizimi doirasida belgilangan hodisa

ekanligi, umumiy ajdodlar, ijtimoiy ong tushunchalari esa tamomila sun’iy konstrukt bo‘lib, konkret maqsadlarga

xizmat qilishini o‘ylab ko‘rmaymiz. O‘zi o‘ylab topgan narsalarni moddiylashtirib, sementlash insoniyatning asosiy

illatidir.

 

Uzoq chekinishdan so‘ng muddaoga ko‘charkanmiz, avval xulosani aytib o‘tmoqchimiz: biz oltin asrda



yashamoqdamiz. Aynan biz. Mafkurachilar qanchalik uqtirmasin, Temur saltanati ham, ilk islom zamonasi ham,

boshqa oltin asrga da’vogar davrlar ham bizning davrimizga nisbatan mutlaqo qoloq edi. Ideal jamiyat sifatida

qaraladigan Temur davrini olaylik:

 

Aholi bugungidan 15 barobar kam, sanitariya-gigiyena holatining yomonligi, hech qanday sanitar nazoratning va



kerakli infrastrukturaning yo‘qligi tufayli odamlar o‘rtacha 40-50 yoshda vafot etadi (mafkurachilarning javobi:

adashasiz, hammomlar qurilgan, insonlar pokiza bo‘lib yurishgan).

 

Bepul tibbiyot yo‘q, tibbiyotda uncha-muncha kasalliklarni davolaydigan bilimlar yo‘q (mafkurachilar javobi: Ibn



Sino bobomiz hamma dardga davo topgan). Bepul ta’lim yo‘q, ta’lim tizimining o‘zi yo‘q, aholining aksariyat qismi

savodsiz (mafkurachilar javobi: Temur bobom talabalarga nafaqa ajratgan). Davlat byudjeti degan tushunchaning

o‘zi yo‘q, bir dunyo soliq olingani bilan, u faqat saroy hamda hududiy ma’muriyatni ta’minlash, shuningdek,

Temurning hisobsiz harbiy tadbirlari xarajatlarini qoplashga yo‘naltirilgan, ijtimoiy ta’minot va boshqa qulayliklar

mutlaqo bo‘lmagan (mafkurachilar javobi: Temur bobom saxiy bo‘lgan, xalqqa osh va pul tarqatgan). Oddiy

insonning elementar huquqlarini himoya qiluvchi hech qanday mexanizm mavjud bo‘lmagan, adliya, sud tizimi

primitiv darajada bo‘lgan. Kommunal qulayliklar mavjud bo‘lmagan. Aholining 90 foizi chuqur qashshoqlikda

yashagan. Aksariyat oilalar bahorgi ekinlarning hosilini yig‘ib, yarmini davlatga topshirgan, yarmini yeyishga

ishlatgan. Bevosita pul talab qilinadigan xarajatlar uchun (kiyim-kechak, to‘y-ma’raka va boshqa) qishloq ahli

shaharlarda hammollik, dalalarda mardikorlik qilgan, shahar ahli bozorga chiqqan. Sayohat juda uzoq vaqtni olgan.




Savdogarlar va ularning xizmatchilaridan boshqalar deyarli sayohat qilmagan. Bitta sayohat necha oylab va hatto

yillab vaqt olgan. Axborot almashish nihoyatda sust bo‘lgan. Tezkor axborot kanallari shunchaki mavjud emas edi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, hatto bizning bugungi sharoitimiz ham, u dunyodagi eng yaxshi sharoit

bo‘lmasa-da, lekin biz ideal deb ko‘rayotgan Temur davridagidan ming chandon yaxshi ekan.

Lekin odamzot buni anglamaydi. Shuning uchun biz tom ma’noda oltin davrda yashayapmiz, ammo oltin avlod

emasmiz.


Tarix oldida insoniyatning umri mingda bir ulushdir. Insoniyat tarixida bizning umrimiz mingda bir ulushdir. Bizdan

ilgarigi avlodlar mohiyatan yashamadi: odamlar tug‘ildi, huquqlar, erkinliklar, ijodiy erkinlik, inson qadr-qimmati

degan narsani tushunmay, hokimlar va amirlar qo‘lida o‘yinchoq bo‘lib o‘lib ketaverdi. Hatto 50 yil muqaddam ham

inson qadri oliy qadriyat hisoblanmasdi. Ayollar va bolalar huquqi singari murakkab masalalarga esa to‘xtalmasak

ham bo‘ladi.

Shunday ekan, biz tom vaqtida dunyoga kelgan avlodmiz. Har birimiz inson, alohida individ sifatida yashashimiz,

hayotdan zavqlanib, mingta avlod qila olmagan ishlarni qilishimiz mumkin, lekin biz negadir oltin asr haqidagi

cho‘pchaklarga ishonib, diniy, milliy, siyosiy, mafkuraviy xurofotlarga ishonib yashashda davom etmoqdamiz. Biz

ham o‘zimiz ajdod deb tanlagan ajdodlarning taqdirini takrorlamoqdamiz. Ular ham ongsiz biorobotlarday befoyda

umr yashab, mangulikka cho‘mishdi. Biz ularning yo‘lidan boramiz, yo nihoyat ko‘zimizni ochamizmi?



Download 53,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish