Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi, tayyor mahsulotlarni iste'molchilarga etkazib beruvchi bo'g'in, uning maqsadi va vazifalari



Download 354,59 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi354,59 Kb.
#902965
Bog'liq
tarmoq va soha 11

Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi, tayyor mahsulotlarni iste'molchilarga etkazib beruvchi bo'g'in, uning maqsadi va vazifalari.


Agrosanoat majmui (ACM) – xalq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi xom ashyosidan aholining oziq-ovqat va xalq iste’mo-li tovarlariga boʻlgan ehtiyojlarini ta’minlashda oʻzaro hamkorlikda fa-oliyat koʻrsatadigan tarmoqlar, kor-xonalar, faoliyat turlari majmui. ASM murakkab va koʻp tarmoqlidir. Uning ishlab chiqarish tuzilmasida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi muhim ahamiyatga ega. 
ASM 3 sohani oʻz ichiga oladi:
  • Qishloq xoʻjaligi(aholining tomorqa xoʻjaligi ham kiradi) va oʻrmon xoʻjaligi;
  • Qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari – traktor va qishloq xoʻjaligi mashina-sozligi, meliorativ va suv xoʻjaligi ob’ektlari qurilishi tarmoqlari, asosiy fondlar ta’miri boʻyicha korxo-nalar, mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, biologik faol preparatlar ishlab chiqarish, ozuqa va mikrobiol. sanoati, turli idishlar (tara) tayyor-lash va b;
  • Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta 166ishlash va iste’molchiga yetkazib berish bilan band boʻlgan tarmoqlar(tayyorlov, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish va boshqalar). 

Har bir tarmoq tarkibida ishlab chiqarish rivo-jining umumiy sharoitini ta’minlaydigan tarmoq infratuzilmalari muhim ahamiyatga ega (yoʻl-transport xoʻjaligi, moddiy-texnika ta’minoti, elektr, gaz, suv ta’minoti, aloqa, omborxona eleva-tor xoʻjaligi, ulgurji va taqsimot bazalari va boshqalar). Shuningdek, ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtlari, mutaxassislar va rahbar xodimlar malakasini oshirish fakultetlari, ixtisoslashgan texnikum va ishlab chiqarish-texnika bilim yurtlari, tarmoq ilmiy tadqiqot instituti va laboratoriyalari, IIB, loyiha va institutlari hamda tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, tajriba va davlat sinov stansiyalari tizimi ASMni shakllantiradigan tarmoqlar qatorida turadi.
Oʻzbekiston ASMda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birlamchi [un-yorma, yogʻ-moy(paxta moyidan tashqari), goʻsht, sut, meva-konserva, vinochilik sanoa-ti) va ikkilamchi (non, makaron, kondi-ter, paxta moyi, goʻsht, sut konservasi va mahsulotlari, oziq-ovqat konsentratlari) qayta ishlaydigan tarmoqlar va sohalardan iborat oziq-ovqat sanoati, texnika ekinlarini birlamchi (paxta, lub ekinlari, tamaki) va ikkilamchi (ip gazlama, toʻqimachilik sanoati, lub to-lalari, tamaki-maxorka mahsulotlari) qayta ishlaydigan tarmoq va sohalarni oʻz ichiga olgan yengil sanoat muhim ahamiyatga ega. ASM hududiy xususiyatlar va ish-lab chiqarayotgan eng muhim pirovard mahsulotiga qarab tizimlarga boʻlinadi.
Hududiy xususiyatiga koʻra mamlakat va viloyat, tuman ASM mavjud. Ishlab chiqarayotgan pirovard mahsulot boʻyicha don, paxta, meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa majmuaga boʻlinadi.Oʻzbekiston tarixan rivojlangan paxtachilik, suv xoʻjaligi, mashina-sozlik zavodlari, oʻgʻit va pestitsidlar ishlab chiqaradigan zavodlar, paxta to-zalash korxonalari, yogʻ-ekstraksiya zavodlari, toʻqimachilik sanoati, ixtisos-lashgan ilmiy muassasalarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ASM hissasiga yalpi mahsulotning 50% dan ortiqrogʻi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining 40% dan ortigʻi, xalq xoʻjaligida band aholining 45% ga yaqini toʻgʻri keladi. Oʻz navbatida Respublika ASMda paxtachilik agrosanoat majmui (PASM) eng yuqori salmoqqa ega. Respublikada chorvachilik-sanoat majmui PASMdan keyingi oʻrinda tu-radi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish orqali ishlab chiqaruvchi (fermer xo‘jaligi) uchun qo‘shimcha barqaror daromad manbai yaratiladi. Mahsulotni qayta ishlash orqali unga qo‘shimcha qiymat qo‘shiladi, ya’ni mahsulotning qiymati ortib boradi. Mahsulotni qayta ishlash darajasi turlicha, ya’ni dastlabki qayta ishlash yoki chuqur qayta ishlash bo‘lishi mumkin. Dastlabki qayta ishlashga quritish kabi oddiy amaliyotlar kirsa, chuqur qayta ishlash mahsulotga bir necha bosqichlarda ishlov berish, ya’ni konsyervatsiya qilish, sharbat olish, qadoqlash kabi amaliyotlarni o‘z ichiga oladi. .
Qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan xo‘jalik yoki tadbirkorlar, avvalo, o‘z atrofida xomashyo bazasining yetarli bo‘lishiga va mavjud xomashyo hajmidan kelib chiqqan holda xarid qilib, o‘rnatiladigan qayta ishlash uskunasining quvvatini to‘g‘ri tanlanishiga e’tibor qaratishlari lozim bo‘ladi. Yana bir asosiy jihat ishlab chiqarilgan mahsulot uchun bozor masalasidir. Ya’ni, ishlab chiqarilgan mahsulot tashqi bozorda sotiladimi (eksport), ichki bozorda sotiladimi, buni aniq rejalashtirish kerak. Agar ishlab chiqariladigan mahsulot eksport qilinadigan bo‘lsa, sotib oluvchi davlatning standart talablariga to‘liq javob berishi, shuningdek, mahsulot ham narx jihatdan, ham sifat jihatdan raqobatbardosh bo‘lishi lozim. Bu omillar ichki bozorga mahsulot sotishda ham muhim omil hisoblanadi. Aks holda qayta ishlovchi faqat ombor uchun mahsulot ishlab chiqaradi va kutgan natijasiga erishmaydi
Download 354,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish