"Qog‘oz va karton bilan ishlash" o‘quvchilarni garmonik rivoj lantirishda katta ahamiyatga ega



Download 1,01 Mb.
bet1/4
Sana27.05.2022
Hajmi1,01 Mb.
#611357
  1   2   3   4
Bog'liq
texnologiya va uni o\'qitish metodikasi


20-VARIANT
ORALIQ NAZORAT SAVOLLARI



  1. Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi

  2. Texnologiya fani samaradorligini oshirishda qo’llaniladigan usullar shakillantirish

  3. “Bisserdan bahor gullar yasash” mavzusiga dars ishlanmasi tuzing

  4. “Bisserdan bahor gullar yasash” mavzusiga taqdimot tayyorlang

JAVOBLAR


1-savol
“Qog‘oz va karton bilan ishlash” o‘quvchilarni garmonik rivoj lantirishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, rangli qog‘oz bi an ishlash ijodni rivojlantirshga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo‘l mehnati, chamalash va rangni sezishni o‘stiradi.
Qog‘oz va karton bilan ishlash mashg‘ulotlariga oldindan quyidagi cha tayyorgarlik ko‘riladi: stolning ustiga qog‘oz yozib, o‘ng tomoniga qaychi, yelim uchun cho‘tka, chizg‘ich, qalam, avtoruchka, old tomonlariga yelim, qiyqimlar uchun quti, chap tomonlariga, ish vaqtida xalaqit bermaydigan qilib rangli qog‘oz to‘plamini qo‘yadilar. Har bir mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar keyingi mashg‘ulotda kerak bo‘ladigan narsalarni yozib oladilar.
O‘quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari, o‘z ishlarini rejalashtira bilishlari, materialni tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, o‘qituvchi ko‘rsatmalariga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozoda saqlashlari, mashg‘ulotdan so‘ng sinfni tozalab qo‘yishlari kerak.
Barcha fanlarda qo‘llanilgani kabi mehnat darslarida ta’limning ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil namuna, rasm:, chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari, shuningdek texnika vositalaridan foydalaniladi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, qog‘oz va karton bilan ishlash mash g‘ulotlarida o‘quvchilar qog‘ozni buklash yo‘li bilan turli xil narsalarning shaklini yasashni ham o‘rganib boradilar. Ana shunday mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchi quyidagi ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi mumkin. Shu bilan birga o‘quvchilar bu ko‘rgazmalarning yasalish bosqichlariga rioya qilgan holda, dars davomida o‘zlari yasashlari ham mumkin.
Qog‘oz va karton faqat poligraf san’atidagina emas, balki, xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida ham keng qo‘llaniladi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish sanoatida qog‘oz va kartonning ikki yuzga yaqin turi ishlab chiqarilmoqda.
Turli xil qog‘ozlardan kitoblar, oynomalar, ro‘znomalar chiqarish uchun foydalanishini barcha o‘quvchilar yaxshi biladilar. Shuning uchun ham mehnat ta’limi darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarning diqqat-e’tiborini ular foydalanadigan qog‘ozning turmushda tez-tez uchraydigan va qo‘l mehnati darslarida ishlatiladigan turlariga jalb qilib borishi lozim.


2-savol
Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati“Maktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini shakllantirish ustaxonasidir, agar kelajakni qo‘ldan chiqarishni istamasang, maktabni qo‘lda mustahkam degan edi fransuz yozuvchisi Anri Barbyus. Darhaqiqat, kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yosh avlodni har tomonlama mukammal etib tarbiyalash, ularga bilim berish, xaqiqiy fidoyilik va mustahkam iroda talab etadi.
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo‘llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir. Ta’lim nazariyasida o‘qitish (ta’lim) metodlari markaziy o‘rin egallaydi.
“Metod” yunoncha metodos so‘z bo‘lib, «yo‘l», tatbiq qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir.
O‘qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko‘rishida metodlar va metodik usullarni tanlashi – bu ularning o‘zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo‘yicha muvozanatlashtirish demakdir. Pirovard natijasida o‘quvchilar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratiladi. To‘g’ri qo‘llanilgan metodlar ob’ektiv voqelikka oid bilimlarmi chuqurlashtiradi va yaxlit hamda mashg’ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi. Ketma-ket saralangan o‘qitish metodlari ma’lum darajada bilish va kasbiy qiziqishini rivojlantirishga , mustaqil amaliy faolyatni faollashtirishga olib keladi.
Innovatsion metodlar o‘quv materiali mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantiqiga bog’liqdir. O‘quv materialining mazmuni tobora chuqurlashib, murakkablashib va ilmiy tus olib bormoqda, shuning uchun talim metodlari ilmiy bilishning mantiqi va metodlariga tobora ko‘proq bog’liq bo‘lib qolmoqda.
Har bir metod psixologik asosga ega. Bolaning o‘quv materialini o‘zlashtirishdagi yosh imkoniyatlari va uning etuklik darajasi o‘qitish va o‘qish usullariga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilarning fikrlash faoliyatini va shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish o‘qitishning samaraliroq usullarini topish imkonini beradi.
Biz foydalanadigan metodlar o‘sayotgan organizmning anatomik-fiziologik, biologik xususiyatlariga ham bog’liqdir. O‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil qilishda ularning yoshiga xos biologik o‘sishni hisobga olish kerakki, ta’limning ko‘pgina jihatlari ish qobiliyati, charchash, ijodiy kayfiyat, jismoniy sog’liq, maktabdagi gigiena sharoitlari aynan shu o‘sishga bog’liqdir.
Ta’lim metodlari nazariy jihatdan yaxshi asoslangan bo‘lishi, pedagogik nazariyadan kelib chiqishi kerak, ammo, ta’lim metodlari amalda qo‘llanilmasa, foydasiz bir narsaga aylanadi.
Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyati bo‘lib, asosan o‘quvchilarni fikrlashga undaydi.
Interfaol ta’lim – bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan ahloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatlarni tashkil etishga asoslanuvchi ta’limdar.
Inson imkoniyatlarining yana bir mo‘jizaviy tomoni shundan iboratki, har bir kishi nodir va betakror bo‘lishi bilan birga u ijtimoiylikka muxtoj qilib yaratilgan. Yani xatto har bir qobiliyatli kishi o‘z aqliy – amaliy imkoniyatlaridan optimal foydalanganda ham intellektual imkoniyatlarini faqat – 4-5% ini ishga sola oladi.
Shuning uchun kishilarning qiziqishi, qobiliyatlar yo‘nalishi turlicha bo‘lib ular jamoalashganda aqliy imkoniyatlarning foydali ish koeffitsiyenti ko‘payadi.
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi. Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blist-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.
Interfaol ta’lim strategiyalari. “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.
“Aqliy hujum” metodi – o‘qituvchi o‘quvchi egallashi kerak bo‘lgan mavzuni oddiydan – murakkabga tomon bosqichma bosqich loyihalab beradi.
“Tarmoqlar” metodi – o‘quvchini mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatishga qaratilgan.
“3×4” metodi – o‘quvchi-talabalarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g’oyalarni bera olishi, talim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olishi, tarif bera olishiga qaratilgan.
“Blits-o‘yin” metodi – harakatlar ketma-ketligini to‘g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmeti asosida ko‘p, xilma-xil fikrlardan, malumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan.
“İntervyu” texnikasi – o‘quvchi-talaba savol berish, eshita olish, to‘g’ri javоb berish, savolni to‘g’ri tuzishni o‘rgatishga qaratilgan.
“Bumerang” texnikasi – o‘quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o‘quvchini baholay olishga qaratilgan.
“O‘quvchi” treningi – o‘quvchi-talabalar bilan individual holda ishlash o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi to‘siqni yo‘q qilish, hamkorlikda ishlash yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan.
“O‘qituvchi shaxsi” treningi – o‘qituvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi “O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talabalar” mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan.
“Muloqot” texnikasi o‘qituvchilarni o‘quvchilar diqqatini o‘ziga jalb etish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga, uni tashkil etishni o‘rgatishga qaratilgan.



Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish