Qo’l to’pi o’yini musobaqalarini tashkil qilish va o’tkazish



Download 1,12 Mb.
bet1/12
Sana30.12.2021
Hajmi1,12 Mb.
#192393
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 mavzu gandbol



Qo’l to’pi o’yini musobaqalarini tashkil qilish va o’tkazish.

Qo’l to’pi musobaqalari o’quv-mashg’ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. U shug’ullanuvchilarning mashg’ulotlarga qiziqishini oshiradi, mamlakatda qo’l to’pini ommaviy rivojlantirishga yordam beradi. Gandbolchi musobaqalarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi darajasini aniqlaydi, o’quv-mashg’ulot jarayonining ahvoli va yo’nalishini aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o’quv-mashg’ulot ishlarini yakunlash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Musobaqalar qa’tiylikni, g’alabaga erishish yo’lidagi irodaviy kuchini, qolaversa jamoa, tuman, shahar, respublika, mamlakat oldidagi mas’uliyat hissini tarbiyalaydi. O’yinchilarning emosional keskinligi gandbolchilarning ruhiy xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.

qizlar uchun 2 × 30 daqiqa, maktab o‘quvchilari uchun 2 × 15 daqiqani tashkil etadi. Musobaqa tashkil etuvchilarning kelishuvlari bilan o‘yin vaqtlari qisqartirilishi mumkin.

HAKAMLAR VA ULARNING BURCHLARI

O‘yinni ikki teng huquqli hakam olib boradi, ular birma-bir almashib, chiziq va yon tomon hakam vazifasini bajaradilar. Qaysi jamoani jazolash kerakligi haqida chiqargan hukm tortishuvli bo‘lgan holatda, chiziq hakami chiqargan hukm inobatga olinadi. Bundan tashqari, har bir o‘yin uchun bitta vaqtni hisobga oluvchi (sekundomerchi) va bitta o‘yin qaror (protokol)ini chiqaruvchi kotib ishtirok etadi. Asosiy o‘yin qoidalari. Darvoza zonasi tashqarisidan otilgan to‘p darvoza ustlari oralig‘idagi chiziqni kesib o‘tsa, darvoza ishg‘ol qilingan deb hisoblanadi. Hujumchi o‘yinchi to‘p otish vaq tida yugurib kirish yoki darvoza zonasiga yiqilib tushishi mum

kin, lekin to‘p otishni bajarganidan so‘ng, to‘p o‘yinchida 3 soniyagacha turishi yoki u to‘p bilan 3 qadam tashlab, so‘ngra o‘yinga kiritishi, yoki darvoza to‘riga otishi mumkin. To‘pni o‘yinchi bir qo‘lda yerga urib-urib olib yurishi, shuningdek, raqibga gavda bilan to‘sqinlik qilish harakatlarini amalga oshirish uchun ketadigan vaqti chegaralanmaydi. Maydon o‘yinchilari oyoq va oyoq kafti bilan to‘pga tegish, raqib yuziga to‘pni otish, qo‘l va oyoq bilan to‘siq qo‘yish, ushlab turish, urish, tashlanish va raqibga jarohat yetkazish kabi harakatlar ta’qiqlanadi. Maydon o‘yinchilari darvozabon zonasiga kirishlari, darvozabon esa maydon markaziy chizig‘ini kesib o‘tishi mumkin emas. «O‘yindan tashqari holat» ganbolda qo‘llanilmaydi. Agar to‘p maydon o‘yinchisiga tegib, darvoza tomonidagi so‘nggi maydon chizig‘ini kesib o‘tsa, hujumchilar maydon burchagi (угловой)dan to‘p kiritish huquqiga ega bo‘ladilar. Agar to‘p darvozabonga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketsa, burchak to‘pi berilmaydi va darvozabon o‘yinni to‘p tashlash bilan davom ettiradi. To‘p maydon yon tomoniga chiqib ketganida, raqib jamoa o‘yinchilari bir qo‘lda to‘pni o‘yinga kiritadilar. Jarimalar. O‘yin qoidalari buzilgan holatlarda erkin to‘p otish huquqi beriladi. Hujumchi o‘yinchilar darvoza zonasi atrofida turmasliklari, raqib jamoa o‘yinchilari esa 3 m masofada turishlari lozim. Erkin to‘pni o‘yinga kirituvchi o‘yinchining bir oyog‘i maydonga tegib turishi kerak. O‘yin qoidalari qo‘pol tarzda buzilgan yoki darvozaga to‘p kiritish muqarrar holatda o‘yin qoidasi ata yin buzilgan holatda raqib darvozasiga 7 m dan erkin jarima to‘pini otish huquqi beriladi. O‘yin qoidalari qo‘pollik bilan buzgan o‘yinchi hakam tomonidan ogohlantiriladi (1 marta) va 2 daqiqaga maydondan chetlashtiriladi. 3 marta maydondan chetlashtirilgan o‘yinchi o‘yin ohirigacha chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya). Lekin o‘yinchi o‘yindan ma’lum muddat chetlashtirilganida, belgilangan vaqt o‘tgach u boshqa o‘yinchiga almashtirilishi mumkin. O‘yin paytida jismoniy kuch ishlatilsa, o‘yindan chetlashtirish bilan jazolanadi. O‘yindan o‘yin oxirigacha chetlashtirilgan o‘yinchilar o‘rniga boshqa o‘yinchi tushirilishi mumkin emas. O‘yinchilarni almashtirish. Murabbiydan jamoasi va raqibi imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘yinchilarni to‘g‘ri almashtirish talab qilinadi. Bundan kelib chiqqan holda murabbiy qatnashuv chilar tarkibini o‘zgartirishi yoki o‘zgartirmasdan shunday qoldirish mumkin. Keyingi asosiy vaziyatlar quyidagicha tartiblanadi: o‘yinchilarning jismoniy va ruhiy holati, beriladigan yuklamalar hajmi, kerakli o‘yinchilardan o‘yinda foydalanish, kuchli o‘yinchilarni himoyada va hujumda qo‘llash, tezkor o‘yinchilarni, to‘pni darvozaga to‘g‘ri otadigan va yakkama-yakka kurashlarda mahorat ko‘rsata oladigan o‘yinchilarni o‘yinga tushirish, jarohatlar va hokazo.

HAKAM IMO-ISHORALARI, ATAMALARI, BELGILARI

Maydon hakamlarining o‘yin qoidasi buzilganda va boshqa o‘yin holatlariga tegishli qarorlari va ko‘rsatmalari hamma uchun bir xilda tushunarli bo‘lishi kerak. Buning uchun hakamning o‘yinga tegishli imo-ishora va atamalari qabul qilingan. Atama va imo-ishoralar aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. O‘yinda hakam hushtak chalib beradigan belgilari katta ahamiyatga ega. O‘yin davomida aniq va kuchli hushtak chalib berilgan belgilar to‘g‘ri berilsa, o‘yinchi va tomoshabinlar asabiga tegmaydi. Belgi o‘yin qoidasi buzilganligini o‘yinchilarga ishonarli tarzda bildirishi kerak. Kuchsiz berilgan hakam belgisi o‘yinchilarda ishonarsiz va noaniq qaror qabul qilinganga o‘xshash tasavvur hosil qiladi. O‘yinchilar o‘yin qoidalarini qo‘pol buzgan holatlarda, hakamning tovush belgisi ogohlantiruvchi ohangda balandroq jaranglashi, o‘yinchiga bunday qoida buzish musobaqaga xos emasligini bildirishi kerak. Hakam o‘yin qoidalari buzilganligi to‘g‘risida chiqargan hukmini ifodalovchi atama va imo-ishoralarini aniq va tushunarli qilib, ikkilanmasdan qo‘llashi kerak. Agar yo‘l qo‘yilgan xatolarga shartli atama va imo-ishoralar bo‘lmasa, hakam o‘yinchiga xatosini og‘zaki tarzda qisqa va lo‘nda qilib tushuntirishi kerak. Hakam qoida buzilganlgini bildiruvchi tovushli belgisini berganidan so‘ng, qoida buzilganligini ifodalovchi imo-ishorasini aniq ko‘rsatib, tezda qoida buzilgan joyga borib, to‘pni qaysi tomon o‘yinga kiritishi lozimligini ko‘rstatishi kerak (23- rasm). Asosan, qo‘pollik bilan qoida buzilish holatlarida 7 metrli jarima to‘pini belgilash juda muhim sanaladi. Hakamning imo-ishora va atamalarni aniq va tushunarli qilib berishi uning haqligidan dalolat beradi, bu esa o‘yin maydonida yaxshi vaziyatni ta’minlaydi.

1. Erkin to‘p otish yo‘nalishi

2. 3 metrli oraliq masofani saqlamaslik

3. Sust o‘yin

4. Gol


5. Darvoza maydoniga kirish

6. To‘p olib yurishda xatolik

7. To‘pni 3 soniyadan ortiq ushlab turish yoki to‘p bilan yugurib ketish

8. O‘yinchini ushlab qolish yoki siltab yuborish

9. Zarba

10. Hujumchi xatosi

11. Yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritish

12. Darvozabonning tashlanishi

13. Ogohlantirish (sariq kartochka) yoki o‘yinda qatnashish huquqidan mahrum etish (qizil kartochka)

14. O‘yindan chetlatish (2 daqiqa)

15. O‘yindan chiqarib yubormoq

16. Taym-aut

17. Taym-aut vaqtida o‘yin maydoniga «qatnashish huquqiga ega» 2 o‘yinchi uchun ruxsat

18. Sust o‘yinga beriladigan ogohlantiruvchi imo-ishora










Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish