Qon aylanishini tizimi va yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Qon aylanishining boshqarilish



Download 21,21 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi21,21 Kb.
#841979
Bog'liq
Qon aylanishini tizimi va yosh xususiyatlari va gigiyenasi


Qon aylanishini tizimi va yosh xususiyatlari va gigiyenasi.

Qon aylanishining boshqarilish


Yurak muskuli avtomatik xususiyatga ega bo'lsa ham, yurakning normal faoliyati markaziy nеrv sistеmasi tomonidan boshqarib turiladi. Markaziy nеrv sistеmasi ichki organlar ishini boshqaruvchi vеgеtativ nеrv sistеmasi orqali yurak ishiga ta'sir etadi. Yurakka Simpatik nеrv bo'yindagi simpatik tugundan, adashgan nеrv uzunchoq miyadan boshlanadi. Simpatik nеrvlardan kеladigan impulslar yurak ishini tеzlashtiradi va qisqarish kuchini oshiradi. Adashgan nеrv ta'sirida yurak ishi sеkinlashadi va qisqarish kuchi kamayadi, yurak faoliyatini boshqaradigan bu ikki nеrv markazlari ma'lum darajada kеlishib ishlaydi.
Qon qizil rangli, kuchsiz ishqoriy rеaktsiyaga ega bo’lgan, nordon mazzali suyuq biriktiruvchi tuqimadir. Qon organizmda qo’yidagi vazifalarni bajaradi:
1. Qon hujayra va to’qimalarga oziq moddalar va kislorod olib kеlib, moddalar almashinuvi vaqtida to’qimalarda xosil bo'lgan kеraksiz va zararsiz parchalanish mahsulotlarini olib kеtadi. 2. Qon ichki sеkrеtsiya bеzlarida ishlanib chiqqan, organlarning ishiga ta'sir etadigan garmonlarni organizmga tarqatadi. 3. Qon tarkibidagi hujayralar va maxsus moddalar organizmga tushgan yot, zararli kasallik quzgatuvchi mikroblardan organizmni himoya qiladi. 4. Qon ichki organlar orasida issiqlikni tartibga solib turadi va gavda tеmpеraturasining nisbatan turg’unligini saqlashda ishtirok etadi. 5. Qon hujayra va to'qimalarining ishlashi uchun qulay sharoit tug’diradi.
Qon ikki qismdan iborat qon plazmasi va qoning shakli elеmеntlari. Qon plazmasi

qon hajmining 60 % ni tashkil etadi. Unda 90 – 92 % suv va 8 – 9 % uruq qoldiq bo’ladi. Qizil qon tanachalari eritrotsitlar, oq qon tanachalari lеykotsitlar va qon plastinkalari trombotsitlar qonning shakli elеmеntlariga kiradi. Eritrotsitlar yadrosiz, ikki tomoni botiq, kulchasimon qizil qon hujayralaridir. 1 mm3 qonda o’rta hisobda 4,5 – 5 ml eritrotsit bo’ladi


7-9 yoshar bolalarda 80-81% gacha, 10-11 yashar bolalarda 85% katta odamlar qonida 100 gacha yani 100ml qonda 17’3 gr gemoglabin bo’ladi. Gemoglabin 70%gacha yoki 100 ml qonda tushganda organizm kasal bo’ladi.
Qonning ahamiyati.
Qon odam organizmda muhim ahamiyatga ega bolib quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Qonning nafas olish funksiyasi. Qon o'pkadan kislorodni qabul qilib, hujayra va to'qimalarga olib boradi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan karbonat angidrid gazini nafas olish organlariga yetkazadi.
Qonning transport (tashuvchanlik) funksiyasi. Medaichaklarda hazm bo'lgan oziq moddalar qon va limfatomirlariga so'rilib, qon orqali hujayralarga yetkaziladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq (zaharli) moddalarni ayirish organlariga yetkazib beradi.
Qon barcha to'qima va organlar funksiyasining gumorol yo'l bilan boshqarilishida ishtirok etadi. Endokrin bezlarda sintez qilingan moddalar qonga o'tib, u orqali to'qima va organlarga yetkaziladi.
Qonning himoya funksiyasi. Organizmga kirgan zaharli moddalar va mikroblar qon tarkibidagi leykositlar tomonidan yutib, parchalab, eritib yuboriladi. Bundan tashqari qon zardobtda oqsil zarrachalar (antitelalar) bo'lib, ular mikroblarni bir-biriga yopishtirib, eritib yuboradi.
Organizmning ichki muhiti. Qon organizm ichki muhitining bir qismi hisoblanadi. Organizmning ichki muhitga hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi suyuqliklar kiradi. Hujayra tashqarisidagi suyuqliklar o'z navbatida hujayralararo (to'qima suyuqligi), va tomirlar ichidagi (qon, limfa) suyuqliklarga bo'linadi. Organizm ichki muhiti, ya'ni yuqoridagi suyuqliklarning miqdori, kimyoviy tarkib, osmotik bosimi va barcha fizik-kimyoviy hususiyatlari nisbiy doimiydir. Bu nisbiy doimiylik gomeostaz deb ataladi.
Qonning yoshga xos xususiyatlari.
Qon yopiq holda qon tomirlarda harakatlanadi. Homiladorlikning uchunchi haftasidan boshlab, embrion tanasida dastlabki yurak va qon tomirlari shakllana boshlaydi.
Embrionning uchunchi oyiga kеlib asosiy qon hosil qiluvchi organlar jigar va taloq ishlay boshlaydi. Bola 4 oylik bolganda suyaklardan ya'ni naysimon, yassi, qovurgalar, tosh hamda umurtqa suyaklarining komik qismidan qon ishlab chiqarila boshlaydi.
Qonning tarkibi.
Qon ikki qismdan iborat: qon plazmasi va shaklli elementlardan iborat.
Qon plazmasi yangi tugilgan bolalarda qon umumiy hajmining 50 % ni kattalarda esa 55-60 % ni tashkil qiladi. U qonning suyuq qismi bo'lib, murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsillar, yog'lar, uglevodlar, mineral tuzlar, garmonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar bo'ladi.
Eritrositlar
Qizil qon tanachalari bolib, ularning kopchilligi ya'ni 85-90 % qonga rang bеruvchi gеmoglabin hosil qiladi. Uning diamеtri 7-8 mikron, qalinligi 2,5 mikronga tеng bolib, Yangi tugilgan bolalar qonida eritrotsitlar katta odamlarnikiga nisbatan ancha koproq ya'ni 1mm3 qonida ortacha 4,5-7,5 mln eritrotsit boladi.
Yurak-qon tomir sistemasining boshqarilishi va yoshga xos hususiyatlari.
Bolaning va katta yoshli odamning yuragini organizmdan ajratib olib, oziq moddali va kislorodli eritma bilan oziqlantirib turilsa, u bir necha soat qisqarib turadi. Yurakning bu hususiyati yurak avtomatiyasi ichki muhit o'zgarishiga qarab nerv va gumorol yo'l bilan boshqariladi. Yurakka adashgan nervlar orqali uzunchoq miyadan markazga intiluvchi impulslar keladi. Orqa miyaning ko'krak segmentidan chiqqan simpatik tugunlardan 2ta simrpatik nerv adashgan nerv bilan birga yurak muskullariga tarmoqlanadi.

1. Qon.
Odam organizmida qon va limfa ichki muhit hisoblanadi. Qon kuchsiz ishqoriy reaktsiyaga ega bolgan suyuqlik bolib, solishtirma ogirligi 1,054-1,066 ga teng. Odam tanasida jami 5 litr qon bor va u tana ogirligini 7-8 % ni tashkil qiladi.


Qon bir qator muhim hayotiy funktsiyalarini bajaradi. A) qon ichaklardan shimilib otgan oziq moddalarni butun kanal boylab tarqatadi. Qon plazmasi toqimalar va hujayralararo boshliqda bolishi sababli barcha oziq moddalar hujayra ichiga tez otib olish imkoniyatiga ega boladi. Keyinchalik bu oziq moddalar hujayra ichida parchalanib, organizm ehtiyoji uchun sarf boladi. B) Qon barcha toqimalarga kislorod olib borib va u yerda moddalar almashinuvi natijasida hosil bolgan karbonat angidridni opkaga olib keladi. Opka kapilyarlarida otayotgan qon u yerda kislorodga boyiydi va korbonat angidridni opkadan chiqayotgan havoga qoshib yuboradi. V) qon organizmning asosiy himoyachisi hisoblanadi, u har xil yot va zaharli moddalarni parchalab zararsizlantiradi. Organizmga chetdan kiradigan turli xil yot mikroorganizmlar oq qon tanachalari-leykotsitlar tomonidan zararsizlantiriladi. G) qon tana temperaturasini bir xil saqlab turadi. U barcha chetki organlarga oqib borib, ozi bilan birga issiqlikni ham olib boradi. Qon teri orqali intensiv ravishda harakat qilib turganligi uchun oshiqcha temperatura muhitga berilib organizm ota qizib ketishdan saqlanadi.
Qonning doimiy harakat qilib turishi tufayli organizm moddalar almashinuvi natijasida hosil bolgan keraksiz qoldiq moddalardan tozalanadi, yani ular qon bilan buyrak va terigacha oqib kelib, u yerdan ajratib chiqarib yuboriladi.
2. Qon aylanish.
Har bir organizmning normal hayot kechirishi uchun unda doimiy suratda qon aylanib turishi kerak. Qon tomirlarida doimiy qon harakati maxsus organlar-yurak, arteriya qon tomirlari va kondalang-targil tolali muskullarning faoliyati tufayli roy beradi. Organizm har xil sharioitlarda ham barcha organ va sistemalarni qon bilan taminlash uchun qon aylanishini boshqarib turuvchi maxsus sistemaga ega. Shu sistema ishi tufayli har xil sharoitda ham barcha toqima va hujayralarning kislorod va oziq moddalarga bo`lgan talabi qondirilib turiladi.
3. Katta va kichik qon aylanish doiralari.
Insonlarda qon aylanish katta va kichik qon aylanish doiralaridan iboratdir.
Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan boshlanib, opkadan boshqa hamma organlarda kapilyar qon tomirlari orqali tarqaladi. Toqima va hujayralarda kislorod berilib, karbonat angidrid qabul qilingandan keyin qon vena tomirlariga otadi. Keng qon pastki va ustki kovak venalar orqali ong yurak bolmasiga qoyiladi.
Kichik qon aylanish doirasi ong yurak qorinchasidan boshlanib opka arteriyalari orqali opka kapillyarlariga boradi. U yerda karbonat angidriddan tozalanib, kislorodga boyigan qon arteriya qoniga aylanadi va maxsus yollar bilan chap yurak bolmasiga qoyiladi.
4. Yurak va uning fiziologik xususiyatlari
Yurak govak organ bolib, uzunasiga chap va ong qismlarga bolingandir. Har bir qism oz ornida qorincha va bolmalardan iborat. Chap qorincha va chap bolma orasidagi klapanni ikki tabaqali, ong qorincha va ong bolma orasidagi klapanni uch tabaqali klapan deyiladi. bu klapanlarning ochilishi va yopilishi qorincha hamda bolmachalarda qon bosimining ozgarishiga bogliq.
Yurak muskul tolalari tarkibida miofibrillar mavjud bolib tola diametri 12-24 mikron, uzunligi esa 50 mikrongacha yetadi, chap qorincha muskul qavati, ong qorincha muskul qavatidan yogonroq. Buning asosiy sababi shundaki, chap qorincha qisqarganida katta kuch bilan qisqarishi kerak.
Har bir odamda yurak katta- kichikligi uning yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarligiga va harakat aktivligiga bogliqdir. Orta yoshli, orta jismoniy tayyorgarlikka ega hamda ortacha boy uzunligi va tana ogirligiga ega bolgan odamlarda yurakning uzunligi 14 sm, eni esa 12 sm va qorinchalar hajmi 250-350 ml. Ayol kishining yuragi albatta erkaklarnikidan bir oz kichikroq boladi. Yurakning umumiy hajmi erkaklarda 760-900 ml bolsa, ayollarda 500-600 ml tengdir. Fizkultura va sport mashqlari bilan doimiy shugullanib turish yurakni baquvvat qilib, hajmining tobora oshib borishiga olib keladi.
5. Yurak avtomatizmi
Odam yuragi shunday bir xususiyatga egaki, u ozida paydo bolgan impulslar tufayli doimiy suratda ritmik ravishda qisqarib turadi. Bunday qisqarish yurakka chetdan boshqa qitiqlanish berilmaganda ham kuzatiladi. Shuning uchun ham bu hol yurak avtomatizmi deyiladi. Yurak avtomatizmini taminlaydigan impulslar yurakdagi maxsus muskul hujayralar toplamini tashkil qilgan otkazuvchi sistemada yuzaga keladi. Bunday hujayralar toplami chap yurak bolmasi va kovak vena orasida joylashgan Keyt-flyak tuguni, bolmalar bilan qorinchalar ortasidagi Ashof-tovar tuguni hamda chap va ong qorincha orasidagi devorda joylashgan Giss oyoqchalaridir. Shu otkazuvchi sistema tufayli yurak tanadan ajratib olinganda ham ishlab turishi mumkin. Bu tajribani A.A. Kulyabko olgan bola yuragi ustida otkazgan. Yani, olgan bola yuragi bir sutkadan keyin maxsus suyuqlik ichiga solib qoyilganda bir necha vaqt ishlab turgan. Yurak otkazuvchi sistemasi orasida Keyt-flyak tuguni eng yuqori qozgaluvchanlikka ega. Ashof- tovar tuguni va Giss boylamlari esa unga nisbatan kuchsizroq qozgaladi. Buni quyidagi oddiy tajribada isbotlash mumkin. Agar baqa yuragi olinib, uch qismga, yani vena sinusi, bolmalar va qorinchaga bolinib, fiziologik eritma maxsus idishga tashlansa, vena sinusi eng tez; bolmalar undan sekinroq, qorinchalar esa undan ham sekinroq qisqaradi.
Yurak avtomatizmini yuzaga keltiradigan impulslar otkazuvchi tugundagi hujayralarning membranasida paydo boladigan potentsiallar ayirmasi tufayli roy beradi.
6. Yurak ishining davrlari
Yurak va qon tomirlaridan qonning doimiy ravishda harakat qilishi yurak ishining davrlari bilan belgilanadi. Yurak boshashganida bolma va qorinchalarga qon quyiladi. Yurakning qisqarishi bolmalarning qisqarishidan boshlanadi buning uchun 0,12-0,15 sekund vaqt ketadi. Bolmalar sistolasi tugaganidan keyin qorinchalar qisqarishi boshlanadi. Qorinchalar muskulining dastlabki qisqarish davri taranglashish fazasi deyilib, u 0,04-0,06 sekundni o`z ichiga oladi. Bu vaqtga kelib, qorinchalar ichidagi bosim oshib keta boshlaydi.
Yarim oy simon klapanlar ochilib, qon aorta va opka arteriyasiga surib chiqariladi. Chap qorinchada bosim 130-150 mm simob ustunigacha kotarilsa, ong qorinchada 15-30 mm simob ustuniga oshadi. Shu davr qon haydab chiqarish davri deyilib, 0,25-0,30 sekund vaqt davom etadi. Keyin qorinchalarni boshashish vaqti boshlanib u 0,5 sekund vaqt davom etadi va bolmachalarning qayta qisqarishi bilan tugaydi.
7. Yurak qisqarishidagi mexanik va tovush chiqarish holatlari
Yurak qisqarishi paytida turtki paydo boladi, uni yuqoridan beshinchi qovurga oraligida kokrak qafasining chap tomonida eshitish mumkin. Yurak qisqarishi tufayli yuzaga keladigan turtki qorinchalar devorining kengayishi va yurak tepa qismining harakati tufayli yuzaga keladi, uni kardiograf apparatida yozib olish mumkin.
8. Yurak tonlari.
Yurak tovushlarini yozib olish fonokardiogrfiya deyiladi.
Yurak tonlari asosan ikki xil boladi, sistolik ton past va davomli, diastolik-baland va qisqa tovush. Sistolik ton atrioventrikulyar klapanlar va ular boglangan paylar harakati tufayli kelib chiqsa, diastolik ton yarim oysimon klapanlarning yopilishi natijasida yuzaga keladi. Agar yurak tonlarida biror kamchilik bolsa, tiniq tovush orniga shovqin eshitiladi.
9. Yurakning sistolik va minutlik hajmi
Yurakning sistolik hajmi deb, u bir qisqarganida qon tomirlariga surib chiqarilgan qon miqdorga aytiladi. U odamlarda tinch turgan paytda 60-80 mm3 ga teng. Yurak sistolik hajmining 1 minutdagi yurak orishlar soniga kopaytirsak, uning minutlik hajmi kelib chiqadi, u ortacha 4,5-5 litr ga teng. Jismoniy ish vaqtida yurak minutlik hajmi bir necha marta oshib ketadi. Masalan yengil ish bajarishda yurak minutlik xajmi 10-15 litrga yetadi. Sport bilan shugullanuvchi odamlar kuchli jismoniy ish bajarganlarida ularning yuragi minutiga 30-35 litrgacha qon haydab chiqarishi mumkin. Yurakning minutlik hajmini aniqlashda FIK metodi eng qolay metod bolib, u sarflangan kislorod va arterio -vena farqini aniqlashga asoslangan.
Minutiga 72 marta urib turgan yurakdan chiqqan qonning yana qaytib yurakka qoyilishi uchun 23 sekund vaqt sarf boladi. Shu vaqt 1/5 qismi kichik qon aylanish doirasi uchun sarflansa, 4/5 qismi katta qon aylanish doirasi uchun sarflanadi.
10. Yurakdagi elektr hodisalar
Yurak qisqarishi vaqtida unda bioelektrik potentsiallar hosil bolib, uni maxsus elektrotlar yordamida lentaga yozib olish mumkin. Yurak biotoklari elektrokardiograf apparati yordamida yozib olinadi. Elektrokardiogrammada 5 ta tish R, Q, R, S va T bolib, ularning har biri yurakning malum qismidagi elektr ozgarishlarni qayt etadi. R tishi bolmachalardagi qozgalish protsessini korsatsa, R-Q- oraligi qozgalishning bolmachalardan qorinchalarga otish vaqtini korsatadi. Bu vaqtda ortacha 0,12-0,18 sekundga teng. R- qorinchalardagi qozgalishni aks ettiradi, uning davom etishi 0,06-0,08 sekund. T-tish miokarddagi qozgalishdan keyingi holatning tiklanishini korsatadi. Elektrokardiogrammadagi T-T tishlari orasidagi masofa olchanib yurak tsikli, lenta tezligi aniq bolganligi uchun esa bir minutda yurak urish chastotasini aniqlash mumkin. EKG korsatgichlarga kora yurakda qozgalishning otishini, yurak avtomatizmini aniqlash mumkin.
11. Qon aylanishning yoshga qarab ozgarishi
Embrionning dastlabki rivojlanish davrlarida oziq moddalar va kislorod bevosita ona organizmi tanasida olib turiladi. Embrion rivojlanishining sorgichlar va surgichlararo boshliq paydo bolishi davriga kelib, platsenta (yoldosh) orqali qon aylanish paydo boladi. Ona qoni embirion bilan undagi mana shu surgich va surgichlararo boshliq yordamida boglanadi. Ona qoni tarkibidagi oziq modda gradientlari embrion organizmiga tuklar epiteliyasining aktiv faoliyati tufayli otadi. Platsenta tuklarida kislorod hamda oziq moddalarga boy ona qoni kindik venasi orqali pusht organizmiga otadi. Embrion yuragida qon ong yurak bolmachasidan maxsus teshik orqali chap bolmaga, u yerdan chap qorinchaga otib keyin arteriya qon tomirlariga chiqib ketadi.
Opkadagi qon tomirlarining doimiy ravishda bujmayib yotishi tufayli ularning oqib keladigan qonga qarshiligi katta boladi. Shuning uchun ham opka arteriyasida qon bosimi aortaga nisbatan birmuncha yuqori boladi.
Embrion organizmida har xil organlar ularning bajaradigan vazifalariga kora turli xil qon bilan taminlanadi. Masalan: ona qornidagi bola organizmida opka hali ishlamaganligi uchun unda qon aylanish kuchsiz, bosh miya va koranar tomirlarda qon aylanish ancha intensiv bolib, toza qon oqadi, jigardan toza qon mavjud. Shuning uchun embrionning rivojlanish davrida miya, yurak va jigar ancha shakllanib qolgan boladi.
12. Yosh bola organizmida qon aylanish
Bola tugilishi bilan uning qon aylanish sistemasida bir qator chuqur ozgarishlar boladi. Nafas olish bilan opkada qon oqishiga nisbatan boladigan qarshilik keskin kamayadi, opka tomirlari qon bilan toladi va natijada opka arteriyasidagi bosim aortaga nisbatan kamayib ketadi. Natijada opka arteriyasidan qon aortaga otmay qoladi. Chap bolmacha opkada tozalangan qon koplab tushganligi uchun ham unda bosim ancha oshib ketadi. Oqibatda chap va ong bolmalar orasidagi klapan doimiy yopiq bolib qoladi. Shunday qilib yurakning chap va ong qismi tamomila ajralib, katta va kichik qon aylanish doiralari mustaqil bolib oladi.
Bola tugilgandan keyin ham uning yuragida katta ozgarishlar bolib turadi. Chunonchi, bola tugilganida chap va ong yurak qorinchalarining ogirligi birday bolsa, bir necha vaqt otishi bilan chap qorincha ogirligi keskin oshib ketadi. Shu narsa diqqatga sazavorki, odam yuragi hayotining oxirigacha ozgarib turadi. Yosh bola, katta odamlar, va keksalarning yuragi bir-biridan gistomorfologik, fiziologik va funktsional jihatdan keskin farq qilib turadi.
Yurak gistomorfologiyasini quyidagicha harakterlash mumkin.
Yosh bola yuragidagi muskul tolalari va boshqa tarkibiy qisimlar dastlabki yetilish davrida boladi. Miokardning qoshimcha toqimasi hali toliq shakillangan bolmaydi.
Koplab qon tomirlari miokard hissasiga togri keladi. Mayda arteriya va arteriollalar nisbatan katta kalibrga ega boladi
13. Yosh bola yuragining antropometrik xususiyatlari
Bola tugilganidan to bir yoshga yetgunicha yuragi yumaloq shaklida boladi. Sababi, bu yoshdagi bolalar yuragining bolmachalari nisbatan katta hamda katta qon tomirlarining boshlanish qismi keng boladi. Yoshi ulgayishi bilan yurak qoshiluvchi toqimalarining osishi va rivojlanishi bir tekst bolmaydi, tez suratlar bilan osish va rivojlanish malum vaqtga kelib sekinlashadi. 28-30 yoshga kelib yurak muskullari toliq differentsiyalashadi va undagi qoshiluvchi toqima osish va rivojlanish nuqtai nazaridan nihoyasiga yetadi.

Bola tugilganidan keyin uning yuragining turli qismlari turlicha rivojlanadi, chunki birinchi yoshda bolmachalarning osishi qorinchalarga nisbatan tezroq boladi. 2- yoshga kelib bolma va qorinchalarning osishi bir xil tezlikda boladi. 10 yosh va undan keyin esa qorinchalarning osishi bolmachalarnikiga qaraganda tezlashadi. Yoshning oshishi bilan yurak muskullariga qon olib keladigan tomirlar soni ham kopayadi, ayniqsa chap qorincha muskullarida bunday tomirlar soni ancha kop boladi.


14. Yosh bola yuragining fiziologik xususiyatlari

Yosh bola organizmida yurak juda tez oradi. Bu holat qon aylanishini tezlashtirib, osayotgan organizmning kislorodga bolgan ehtiyojini yetarli darajada taminlaydi. Bola organizmi kop energiya yoqotadi. Shu yoqotilgan energiyaning ornini bosish uchun bola organizmida moddalar almashinuvchi protsessi intensiv ravishda borishi kerak. Buning uchun esa qon tomirlarida qonning harakati ham tez bolishi kerak. Shuning uchun ham yosh bola organizmida yurak urishi tezdir. Bola tugilishida uning yuragi nisbatan jismoniy nagruzka tasiriga kuchsiz boladi. Shuning uchun ham yurak ishini asosan parasimpatik tolalar idora qilib turadi. Ikki va uch yoshga kelib yurak urishi bir oz sekinlashadi.Yurakning potentsial imkoniyatlari, qobiliyati bir oz kotariladi, jismoniy nagruzkaga nisbatan chidamliligi oshadi.


15. Yosh bola yuragining sistolik va minutlik hajmi.
Yangi tugilgan bola yuragining sistolik hajmi bir necha yoshdagi bolanikidan kamroq boladi. Demak, bu yoshda organizmning kislorodga bolgan katta talabi yurakning tez urishi hisobiga qondirilar ekan. Yoshi oshishi bilan yurakning urishi kamayib, sistolik va minutlik hajmi oshib boradi.
16. Harakatdagi qon miqdori.
Organizm tinch turganda undagi mavjud qonning bir qismi harakatda bolib, ikkinchi bir qismi depolarda zapas saqlanadi.

A.F. Tur malumotlariga qaraganda endi tugilgan bolalarda har 1 kg tana vazni hisobiga 147 ml qon togri keladi. Emiziladigan bolalarda 110 ml, 6-10 yoshlilarda 70 ml, katta odamlarda 50 ml ni tashkil qiladi.


17. Yosh bola organizmining elektrokordiogrammasi
Yosh bola yuragining kardiogrammasi har bir yoshda ozining spetsifik xususiyatlarga ega boladi. Endi tugilgan bolada intervali 0,009-0,15 sekund, ortacha 0,05 sekund, T-0,22-0,32 sekund boladi.
Qanchalik yoshi kichik bolsa EKG dagi tishlar balandligi shuncha past boladi.
18. Arterial qon bosimining yoshga qarab ozgarishi.
Bola tugilishi arafasiga kelib, kichik qon aylanish doirasida qon bosimi ancha pasayib ketadi. 2 yoshli bolalarda u 28 mm simob ustunigacha pasayadi va katta odamlarda ham qariyb shunday bolib qoladi. Katta qon aylanish doirasida esa bosim yoshning oshishi bilan oshib boradi, buning asosiy sababi kapillyar va mayda tomirchalar sonining kamayib borishidir. Turli yoshli odamlar uchun ortacha bosim normativlari qoyidagicha:

Endi tugilgan bolalarda 50-56 mm simob ustuniga teng

3-7 yoshli bolalarda 73-77 mm simob ustuniga teng

8-14 yoshli bolalarda 81-86 mm simob ustuniga teng



katta odamlarda 90 mm simob ustuniga teng
Download 21,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish