Qo’ng’irotlar sulosasi 1770-1920


Ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy ahvol. Tijorat ishlari. M



Download 451 Kb.
bet2/2
Sana09.07.2022
Hajmi451 Kb.
#765370
1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy ahvol. Tijorat ishlari. Mеmorchilik. Xiva xonligi boshqaruv tizimi, asosan, Buxoro va Qo‘qon davlatlaridagidek bo‘lib, farqi XIX asr boshlaridan xon huzurida Kengash (Devon) bo‘lgan. Eng yuqori amaldorlar a’zo bo‘lgan kengash vakolati cheklangan bo‘lib, asosiy qarorlar xon tomonidan qabul qilingan bo‘lsa-da, amaldorlarning xonlik boshqaruvida mavqei baland bo‘lgan. Mansab va unvonlar xonliklarda harbiy-ma’muriy, harbiy va diniy toifalarga bo‘lingan. Inoq, otaliq, biy, amir ul-umaro, mehtar, qushbegi, beklar begi, devonbegi va boshqa unvon va mansablar xonlik iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, harbiy hayotida muhim o‘rin tutgan. Xonlikda sud ishlari asosan diniy ulamolar qo‘lida bo‘lib, ularning mamlakat hayotida ta’siri kuchli bo‘lgan.
Xonlikda davlat tili o‘zbek tili bo‘lib, Buxoro va Qo‘qondan farqli o‘laroq barcha farmonlar, davlat hujjatlari faqat o‘zbek tilida yozilgan.
XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining ma’muriy jihatdan bo‘linishi viloyat deb atalgan bo‘lsa, XVIII asrdan bekliklar deb atala boshlangan. Eng kichik ma’muriy bo‘linish machitqo‘m deb yuritilgan. Dastlab xonlikda 16 ta viloyat 2 ta noiblik bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik viloyatlar soni 22 taga yetgan. Ularni xon tomonidan tayinlangan hokim va noiblar boshqargan. Xiva shahri esa xon va bosh vazir tomonidan boshqarilgan.
Xonlikda, asosan, o‘zbeklar dehqonchilik tumanlarida yashab ko‘pchilikni tashkil qilganlar. Shuningdek, turkmanlar, qoraqalpoqlar, kam miqdorda tojiklar, eronliklar, yahudiylar, arablar ham istiqomat qilishgan.
Ijtimoiy hayotda xon va uning amaldorlari va diniy ulamolarning mavqei yuqori bo‘lib, iqtisodiy hayotning asosini tashkil qiluvchi yer ham asosan ular qo‘lida bo‘lgan. Kam yerli va yersiz dehqonlar ulardan ijaraga yer olib ishlaganlar va ahvoli juda og‘ir bo‘lgan. Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik mamlakat iqtisodida muhim o‘rin tutgani uchun Amudaryodan chiqarilgan kanallarni qazish davlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan. Shuningdek, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq ham iqtisodiy hayotda muhim o‘rin tutgan.
Xonlik harbiy qo‘shini va qurol aslahasini yaxshilash juda past darajada bo‘lgan. Qo‘shinni ko‘proq yarim ko‘chmanchi turkmanlar tashkil etgan. Oldingi davrlardagi harbiy sohadagi ijobiy tajribalar rivojlantirilmay tashlab qo‘yilgan.
Xiva xonligi Buxoro, Qo‘qon, Eron va Rossiya kabi qo‘shni davlatlar bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Soliqlar barcha musulmon davlatlaridagidek xiroj, zakot, boj va jizyadan iborat bo‘lgan. Shu bilan majburiy mehnatning ba’zi turlari amalga oshirilgan.
Xiva xonligida ham adabiyot, tarixnavislik, me’morchilik bir muncha rivojlangan bo‘lsa ham tabiiy va texnika fanlariga, dunyoviy ilmlarga e’tibor qaratilmagan.
Boshlang‘ich maktabda o‘qish-yozishni o‘rgangan bolalar madrasalarda o‘qitilgan. XIX asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang‘ich maktab va 130 ta madrasa mavjud bo‘lgan. Xiva shahrining o‘zida 22 ta madrasa bo‘lgan. XIX asrda Xiva xonligida adabiyot, tarixnavislik, hattotlik, musiqa san’ati, me’morchilik va madaniyatning boshqa sohalarida katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan.
Shermuhammad Munis Xorazmiy, Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy, Feruz, Komil Xorazmiy, Kamron, Bayoniy, Xusraviy, Murodiy, Rojiy, Mutrib, Laffasiylar asarlari o‘zbek adabiyoti rivojida o‘ziga xos o‘ringa ega.
Tanbur chiziqi notasini yaratgan Komil Xorazmiy “Maqomi Feruzshohiy” asari va “Panjgoh” maqomi bilan o‘zbek musiqa san’ati rivojiga katta hissa qo‘shdi.
Abulg‘oziyxon “Shajarayi Turk”, “Shajarayi tarokima” asarlari bilan Xorazm tarixnavislik maktabini boshlab bergan bo‘lsa, Munis va Ogahiylar tarixnavislik va tarjimonlik maktabini yaratib, “Firdavs ul-iqbol”, “Zubdat ut-tavorix”, “Riyoz ud-davla”, “Gulshan ul-davlat”, “Jomiy’ ul-voqeoti sultoniy”, “Shohid ul-iqbol” asarlari bilan tarix sohasini rivojlantirdilar. Bayoniyning “Shajarayi xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi” asarlari yuqoridagi asarlar kabi Xiva xonligi tarixini o‘rganishda asosiy manbalar hisoblanadi.
Hozirgi Xiva shahrida saqlanib qolgan qadimiy me’morchilik inshootlari asosan xonliklar davrida qurilgan bo‘lib, eng qadimiysi XVI asrda qurilgan Sayid Ota maqbarasi bo‘lsa, eng keyingi XX asr boshlarida qurilgan Nurillaboy saroyidir. Ichan qal’adagi o‘nlab imoratlarning ko‘pchiligi XIX asrda qurilgan bo‘lib, ular xalqimiz buyuk zakovatining bir qismi sifatida qad ko‘tarib turibdi.









Download 451 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish