Qonun ustuvorligi va huquq manbalari



Download 26,5 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi26,5 Kb.
#759717
Bog'liq
Shamsiddinova Sanobar.


Qonun ustuvorligi va huquq manbalari.
Buxoro viloyati Kogon tuman 17-maktabning huquq fani o'qituvchisi Shamsiddinova Sanobar.
Anotatsiya:Ushbu maqolada Qonun ustuvorligi va huquq manbalari,Qonun ustuvorligi tamoyili,ma’muriy hujjatlarni qonuniyligini ta'minlash chora tadbirlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Qonun ustuvorligi,huquq,maʼmuriy hujjatlar,davlat,hokimiyat,konstitutsiya.
Qonun ustuvorligi - barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: "Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar". Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jab-halarida qonunlarning qatʼiy hukmronligini bildirib, yuqorida taʼkidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga soʻzsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib, mamla-kat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti oʻrnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon boʻladi.Mamlakatda hokimiyatlar boʻlinishi prinsipining real joriy etilganligi Oʻzbekistonda konstitutsiya va qonunlar ustunligini taʼminlashning muhim kafolatidir. Unga koʻra, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati boʻgʻinlari oʻzlarining konsti-tutsiyada, qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar. Ular oʻrtasidagi munosabatlarni uygʻunlashtirishda eng oliy hakam qonundir.Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir (93-modda). Prezidentning bu boradagi faoliyati muhim siyosiy-yuridik ahamiyatga ega. U oʻz farmonlari, qarorlari bilan konstitutsiyaviy tamoyillarning , qonunlarda mustahkamlangan qoidalarning hayotga toʻla joriy etilishi uchun yoʻl ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. Oʻzbekiston Respublikasi Preziden-tining "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida" farmoyish qabul qilganligi (2001-yil 4 yanvar) jamiyatda Kon-stitutsiyaning mavqei va nufuzini koʻtarishga qaratilgan muhim tadbir boʻldi. Garchand, farmoyishning asosiy maqsadi aholi orasida konstitutsiyaviy savodxonlikni, huquqiy madaniyatni oshirishdan iborat boʻlsa ham, bu pirovardida, Konstitutsiyaning eʼzozlanishi, unga ustuvor tarzda amal qilinishiga puxta zamin yaratadi.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida (1997-yil 9 okt.) umummajburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga mosligini taʼminlash vazifasi Adliya vazirligiga yuklatilib, ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi talab etilgan. Rasmiy tarzda roʻyxatdan oʻtmagan idoraviy normativ hujjatlar yuridik kuchga ega boʻlmaydi, ularni hayotga joriy etish mumkin emas. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini taʼminlashda prokuror nazoratining roli kattadir. Mazkur vazifa doirasida prokuratura idoralari muayyan qonunlar ijrosini bevosita bajaruvchi vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasa va tashkilotlarning masʼuliyatini oshirish, qonun buzilishining oldini olish, uning sabablari va shart-sharoitlarini oʻz vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradilar. Qonunni qoʻpol buzish hollari aniqlanganda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.Oʻzbekistonda konstitutsiya va qonunlarning ustunligini taʼminlash uchun tashkiliy-huquqiy kafolatlar va yuridik mexanizmlar muttasil takomillashtirilib, ularning samaradorligini oshirib borish lozim.
Huquq manbalari — huquqiy nor-malarning ifoda etilish shakllari. Huquqning birlamchi manbai xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari va qoidalari hisoblanadi. Bularga BMT Ustavi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948) va boshqa kiradi.Normativ-huquqiy hujjatlar huquqning asosiy manbalari qatoriga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida nor-mativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlarini koʻrsatish mumkin: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsi-yasi; Oʻzbekiston Respublikasining kon-stitutsiyaviy qonunlari; Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning huquqiy hujjatlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.Huquqning eng qadimgi manbalaridan biri huquqiy odatdir. Huquqiy odat uzoq davr mobaynida amalda boʻlishi natijasida shakllangan, jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan xulq-atvor qoidasi.Huquqiy pretsedent ham huquq manbai hisoblanadi. Huquqiy pretsedent sud yoki maʼmuriy organning yozma yoxud ogʻzaki qarori boʻlib, bu qaror kelgusida barcha shunga oʻxshash ishlarni qoʻrib chiqish va hal qilish uchun asos boʻladigan namuna normadir. Huquqiy pretsedentning sud va maʼmuriy pre-sedent shakllari mavjud. Sud pretse-denti AQSH, Avstraliya, Buyuk Bri-taniya, Kanada va Yangi Zelandiya kabi umumiy huquq amalda boʻlgan davlatlarda huquqning manbai sifatida keng qoʻllanadi.
Xulosa qilib aytganda Normativ shartnomalar ham huquq manbai hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil huquq subʼyektlari oʻrtasida tuziladigan hamda ularning huquq va majburiyatlarini oʻrnatadigan, oʻzgartiradigan yoki bekor qiladigan bitimlarga normativ shartno-malar deyiladi. Normativ shartnomalar ayniqsa xalqaro huquqda katta ahamiyatga ega. Normativ shartnomalar qatoriga kiruvchi xalqaro shartnomalar subʼyektlariga koʻra — ikki tomonlama va koʻp tomonlama, xususiyatiga koʻra — norma oʻrnatuvchi va taʼsis etuvchi shartnomalarga boʻlinadi.Huquqning tarixiy rivojlanish davrida huquqiy aqida va gʻoyalar huquqning manbai hisoblangan. Normativ-huquqiy hujjatlarda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari va shahrik. koʻrsatilishi mumkin.Normativ-huquqiy hujjatlar agar uning matnida boshqa izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi. Normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz
Normativ-huquqiy hujjatlar.
Download 26,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish