Qonuni aholi bandligi to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi



Download 128,53 Kb.
bet48/74
Sana25.02.2022
Hajmi128,53 Kb.
#464581
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74
Bog'liq
642-qonun(1)

76-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi (bundan buyon matnda Respublika kengashi deb yuritiladi):
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimi boshqa ishtirokchilarining malaka va bilimlarini baholashga doir faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda Kasbiy bilimlarni rivojlantirish milliy tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan kasbga o‘qitish markazlarini va malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar beradi;
kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlarini tashkil etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
malakani baholash markazlarining malakani baholash usullarini ishlab chiqishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;
malakani baholash markazlari faoliyati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar, takliflar kiritadi.
Respublika kengashi tarkibiga davlat boshqaruvi organlarining, xo‘jalik birlashmalarining, kompaniyalarning, assotsiatsiyalarning, tashkilotlarning, kasaba uyushmalarining (ular birlashmalarining) hamda ilmiy hamjamiyatning vakillari kiradi.
Respublika kengashi tarkibiga chet ellik ekspertlar hamda chet el kompaniyalarining va O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning vakillari ham kirishi mumkin.
Respublika kengashi a’zolari uning faoliyatida jamoatchilik asosida ishtirok etadi. Respublika kengashi ekspertlarni, shu jumladan xorijlik ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi to‘g‘risidagi nizom hamda uning faoliyati Reglamenti O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Respublika kengashi faoliyatining moliyaviy ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Respublika kengashining ishchi organi vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli bo‘linmasi bajaradi.

Download 128,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish