Qoramollar, shu jumladan sigirlarni oziqlantirishda ratsionning asosiy qismini hajmli ozuqalar tashkil etadi



Download 15,46 Kb.
bet1/2
Sana23.07.2022
Hajmi15,46 Kb.
#840621
  1   2
Bog'liq
Annotatsiya 2 tilda


Annotatsiya.
Qoramollar, shu jumladan sigirlarni oziqlantirishda ratsionning asosiy qismini hajmli ozuqalar tashkil etadi. Sigirlarni oziqlantirishda foydalaniladigan hajmli oziqalar sirasiga, tarkibida katta miqdorda kletchatka saqlovchi sifatli pichanlar, senaj, bug‘doy va arpa poxollari kiradi. Masalan o‘simliklar gullash fazasi boshlanishida o‘rilgan va iste’mol qilishga tayyorlangan yuqori sifatli pichanlar o‘zlarining to‘yimlilik qiymati bo‘yicha tabiiy holdagi pichan tayyorlangan ko‘k o‘tlarning to‘yimlilik qiymatiga juda yaqin qiymatga ega bo‘lishidir. Pichanlar odatda, yuqori to‘yimlilikga ega proteinlarga, yengil hazmlanuvchi uglevodlarga, vitaminlarga va mineral moddalarga boy bo‘lishadi va ularni katta miqdorda foydalaniladigan ratsionlar tarkibiga qo‘shish mumkin.
Sog‘iladigan sigirlarni statsionar sharoitda, bog‘lab oziqlantirilganida eng qulay va arzon oziqa turi bo‘lib silos hisoblanadi. Ko‘k o‘tlarni siloslashning asosiy mohiyati, siloslanadigan o‘tlarning uglevodlarini achishi natijasida organik kislotalarni va siloslanadigan massaning kislotalilik darajasini (pH)–3,0-4,2 pasaytirishdan iboratdir. Silosning to‘yimlilik qiymati va uning xushbo‘y ta’mli xususiyatlari asosan siloslanadigan oziqalarning turlariga va silos tayyorlash texnologiyalariga bog‘liqdir.
Lavlagi, sabzi, kartoshka, topinampur kabi ildiz mevalar sog‘iladigan sigirlarning ratsionidagi to‘yimli moddalari organizm tomonidan yengil o‘zlashtiriladigan uglevodlarning manbai hisoblanadi, hayvonlar tomonidan juda yaxshi iste’mol qilinadi, ovqat hazmi jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga sut ajralishini yaxshilaydi.
Bundan tashqari konsentrat oziqalar guruhiga boshoqli va dukkakli ekinlarning donlari, kepaklar, kunjaralar, shrotlar va boshqalar kiradi. Konsentrat oziqalar katta miqdorda proteinlar, yengil o‘zlashtiriluvchi uglevodlar, yog‘, mineral moddalar va vitaminlarni saqlaydi. Bu oziqalar sog‘in sigirlar tomonidan katta miqdorda ishtaha bilan iste’mol qilinadi, ammo, ushbu oziqalarning bozordagi narxi ancha qimmat bo‘lganligi bois, odatda, oziqlantirish ratsionlarini to‘yimliligini oshirish va biologik faol moddalar bilan boyitish maqsadida, turli oziqaviy komponentlar bilan muvozanatlashtirish maqsadida ratsion tarkibiga qo‘shiladi. Yana shuni ta’kidlash joizki, konsentrat oziqalarni omixta yemlarga qo‘shib berish ancha samaraliroq deb hisoblaymiz.
Oziqalardan unumli foydalanish maqsadida ularni yedirishdan oldin tayyorlash yaxshi natija beradi. Buning uchun sigirlarning to‘yimli, mineral va biologik faol moddalarga bo‘lgan talabini qondiradigan, maydalangan shaklda to‘liq ratsionli oziqalar aralashmasi tayyorlanadi. Bunday aralashma mexanizatsiya yordamida tayyorlash va tarqatishga qulay bo‘lib, u to‘liq ratsionli, monoratsion yoki monooziqa deb nomlanadi.
Yuqorida nomlari qayd etilgan guruhlarning oziqa vositalari, agar ularning sifati yetarlicha yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, hayvonlarni sog‘ligini, qayta urchitish funksiyalarini va mahsuldorligini ma’lum darajada ushlab turilishini ta’minlanishi uchun zarur bo‘lgan to‘yimlilik qiymati, biologik faol moddalar bo‘yicha sog‘in sigirlarning ratsionlarini muvozanatlashtirish imkonini beradi.
Sigirlarni ushbu ozuqalar tarkibida saqlanadigan protein va mineral moddalar bilan ta’minlash, ko‘p komponentli ratsion bilan oziqalantirish, har xil fiziologik ahamiyatga ega bo‘lgan oziqalarni ketma-­ketlik bilan tarqatish, ularning fiziologik jarayonlarini va mahsuldorligini oshishiga olib keladi.


Download 15,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish