Qoraqalpoq davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 2b-kurs geografiya yo’nalishi talabasi norimmatov sherzodning o’zbekiston geografiyasi fanidan


II.BOB.ISHLAB CHIQARISHDA OMILLARNING O’RNI



Download 461,02 Kb.
bet6/7
Sana30.05.2023
Hajmi461,02 Kb.
#946360
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Norimmatov Sherzod. Kus ishi. Oʻzbekiston geografiyasi

II.BOB.ISHLAB CHIQARISHDA OMILLARNING O’RNI
2.1. Ishlab chiqarishni joylashtirishda tabiiy omillarning o’rni
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni joylashtirish o`ziga 
xos xususiyatiga ega. Bu borada tadbirkor albatta foydali, qo`shimcha 
daromadni ko`zlaydi, davlat esa ish o`rinlarini ko`paytirish, mehnat 
resurslarini band qilish, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilish, 
hududlar rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirishga intiladi. 
Demak, bunday vaziyatda har ikki yo`nalishni muvofiqlashtirgan holda 
masalani echish talab etiladi. 
Ishlab chiqarish tarmoqlari o`z-o`zidan, tasodifan hududiy tarqalmaydi, balki ma’lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda joylashtiriladi yoki hududiy tashkil etiladi. Bu omillarni yaxshi bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini o`rganishga asos bo`ladi. Ishlab chiqarishni joylashtirish ma’lum qonuniyat, printsip va omillar asosida amalga oshiriladi. Qonuniyatlar, eng avvalo, omillarning o`zaro aloqadorligi, ishlab chiqdrish korxona va tarmoqdarining ma’lum 
hududiy va texnologik majmua shaklida tashkil etilishi, bu tarmoqlar 
rivojlanishidagi mutanosibliklardan kelib chiqadi. Masalan, hozirgi bozor 
iqtisodiyotiga o`tish davrini o`zining qonuniyatlari mavjud. Ishlab 
chiqarishga nisbatan iste’mol, taklifga ko`ra talabning ustunligi, erkin 
raqobat, ochiq iqtisodiyot yurgizish, uni liberallashtirish shular 
jumlasidandir. Bular, albatta, ishlab chiqarishni joylashtirishga, iqtisodiy 
makonning shakllanishiga katta ta’sir ko`rsatadi. 
Shuningdek, bu davrda vaqt va mablag`dan unumli foydalanish
mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlovchi sohalarni jadalroq 
rivojlantirish, tabiiy va mehnat resurslarini ishga solish, mintaqalararo 
iqtisodiy integratsiya jarayonlarini kuchaytirish ham katta ahamiyat kasb 
etadi. Albatta, bu borada ishlab chiqarishni hom ashyo bazasiga, elektr 
manbai va iste’mol rayonlariga yaqinlashtirish printsipi o`z kuchini 
saqlab qoladi. Biroq unutmaslik lozimki, barcha ishlab chiqarish 
tarmoqlarini bir vaqtning o`zida ham xom ashyo, ham ishchi kuchi, ham 
iste’mol rayoniga yaqinlashtirish qiyin (yo unisi, yoki bunisiga 
yaqinlashtirish mumkin, ammo hammasiga emas!). Binobarin, bu 
tamoyilni har xil tarmoqqa nisbatan aniq qo`llash talab qilinadi. 
Tabiiyki, iqtisodiyot tarmoqlari hamda mintaqalarning rivojlanishi 
turli xil omil va sharoitlarga ham bog`lik bo`ladi.Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xom ashyo, yoqilg`i, 
elektr quvvati, suv va iqlim sharoitlari, mehnat resurslari, iste’mol va 
transport, iqtisodiy geografik o`rin kabi omillar muhim ahamiyatga ega. 
Shuningdek, ekologiya, ilmiy-texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyoti 
omillarining bu boradagi roli ham oshib bormoqda. 
Ko`rinib turibdiki, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga ta’sir 
etuvchi omillar juda ko`p. Modomiki bu omillar ko`p ekan, demak: 
• ularning ta’sir darajasi har xil bo`ladi; 
• bu omillarni guruhlash talab etiladi; 
• omillar va ishlab chiqarishni joylashtirishni
o`rganishda kompleks 
(ya’ni har tomonlama) yondoshuv zarur. 
U yoki bu omilning ta’sir darajasi uning mahsulot chiqarishdagi 
«solishtirma og`irligi» bilan o`lchanadi yoki uning mahsulot birligi bilan nisbati hi-sobga olinadi. Albatga, jamiyat taraqqiyoti, fan-texnika rivoji va boshqa sabablar tufayli omillarni ta’sirchanligi O`zgarib boradi.
Chunonchi, agar ilgari tabiiy sharoit, xom ashyo, ishchi kuchi 
kabilarning ahamiyati katta bo`lgan bo`lsa, hozir ilmiy-texnika 
taraqqiyoti, ekologiya, bozor, iste’molining kuchayishi va turlanishi 
muhimroq bo`lib qolmoqda, ishlab chiqarish ko`proq mablag` talab va 
ilm talab bo`lib bormokda. 
Shu bilan birga ma’lum omilning ta’sirchanligi, ya’ni uning ko`p 
sarflanishi asta-sekin kamaytirilib boriladi. Masalan, mahsulot birligiga 
nisbatan sarflanadigan xom ashyo, yoqilg`i, elektr quvvati, ishchi kuchi 
va boshqalar muntazam ravishda tejaladi. Bu esa ishlab chiqarish 
samaradorligining oshib borishiga olib keladi. 
Shu o`rinda ta’kidlash joizki, «ko`p sarflanadi» degan so`z o`z-
o`zidan isrofgarchilikni va binobarin, atrof-muhit ekologiyasiga ham 
salbiy ta’sirni anglatadi. Jumladan, hom ashyo ko`p sarflanadigan yoki 
«suv talab» korxonalarda shunga mos ravishda xom ashyoni to`la 
ishlatilmasligi, uning chiqindiga ketishi, suvning ifloslanishi kabi holatlar yuz beradi. Demak, bu borada tejamkorlik ham iqtisodiy, ham ekologik 
ahamiyatga ega bo`ladi. Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar, omillardan kelib chiqiladi. Lekin ma’lum tarmoqni hududiy tashkil 
etishda hamma omil emas, ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal etuvchi 
rol o`ynaydi. Buning uchun yaratiladigan mahsulot birligiga, masalan, 
suv yoki elektr quvvati, ishchi kuchining qay darajada sarflanishini 
aniqlash talab etiladi. Boshqacha qilib aytganda, «kasr maxrajida» 
mahsulot birligi, uning suratida esa alohida-alohida omillar (masalan, 1 
tonna shakar olish uchun xom ashyo, ya’ni qand lavlagi ishlatiladi, 
qancha elektr quvvati yoki mehnat sarflanadi va hq) turadi. Qaysi omil 
bo`yicha yirik son chiqsa, uning ahamiyati shuncha yuqori bo`ladi va u 
qo`rilayotgan ishlab chiqarish tarmog`ini joylashtirishda belgilovchi
aniqlovchi vazifani o`taydi. 
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xom ashyo, yoqilg`i, 
elektr energiya, suv, iqlim, mehnat resurslari, iste’mol va transport, 
iqtisodiy-geografik o`rin kabi omillar e’tiborga olinadi. Shuningdek, 
ekologiya, ITT va bozor iqtisodiyoti omillarining bu boradagi ahamiyati ham oshib bormoqda. Ushbu omillarni tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik guruhlarga 
birlashtirish mumkin. Ularning mohiyati va ta’sirchanligi jamiyat 
rivojlanishi bilan o`zgarib turadi. Ayni paytda ijtimoiy va ekologik 
omillar ishlab chiqarishni bozor iqtisodiyoti munosabatlari asosida 
tashkil etishda ustuvor o`ringa ega bo`lmoqda. Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar 
hisobga olinishi zarur, lekin ma’lum tarmoqni hududiy tashkil etishda 
barcha omillar emas, balki ulardan ayrimlarigina yetakchi rol o`ynaydi. 




Download 461,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish