Qo'shma Shtatlardagi turizm bu


-mavzu: Saudiya arabistoni



Download 141,5 Kb.
bet5/14
Sana03.02.2022
Hajmi141,5 Kb.
#426926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qo\'shma Shtatlardagi turizm bu

14-mavzu: Saudiya arabistoni
16-mavzu:Qohira (arabcha: القاهرة‎) — Misr poytaxti, qadimiy shahar. Afrikada eng katta shahar. Nil daryosi del-tasidan janubida, asosan, daryoning oʻng sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan Qohira muhofazasini tashkil etadi. Aholisi 16 mln. kishidan ziyod (2000, shahar atrofi bilan). Iqlimi Oʻrta dengiz boʻyiga xos, oʻrtacha temperatura yanvarda 12°, iyulda 27°. Yillik yogʻin 34 mm, aprel – may oylarida 50 kungacha issiq quruq shamol – xamsin esadi.
Qohira – xalqaro havo, mamlakatning temir yoʻl, avtomobil va daryo yoʻllarining yirik chorrahasi. Qohira va uning atrofida mamlakat sanoat korxonalarining 1/4 qismi, fabrika va zavod ishchilarining 1/3 qismi toʻplangan. Mashinasozlik (shu jumladan, transport mashinasozligi) va metallsozlik, toʻqimachilik, kimyo, sement va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Shahar yaqinida yirik qora metallurgiya markazi bor. Qohira – yirik savdo-moliya, arab dunyosining muhim noshirlik faoliyati markazlaridan. Qohirada badiiy hunarmandchilik qadimdan rivojlangan: teri, yogʻochdan turli-tuman badiiy buyumlar tayyorlanadi. Shaharda Misr muzeyi, islom sanʼati muzeyi, badiiy muzeylar, Akademiya, universitet, Misr instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalari (choʻl, tro-pik tibbiyot, qishloq xoʻjaligi institutlari), kutubxonalar, teatrlar bor.
Qadimda (taxminan miloddan avvalgi 17-asrda) Qohira oʻrnida qishloq boʻlgan. Rim-Vizantiya davrida shahar Bobil, keyinroq Fustat nomlari bilan mashhur edi. 861 yilda Ahmad al-Fargʻoniy Qohira yaqinidagi Ravzo orolda Nil daryosi suvi sathini oʻlchab turadigan nilometr qurgan. Bu noyob inshoot hozirgi qadar saqlanib turibdi. 969 yilda shaharning shim. chekkasida "Misr al-Qohira" ("Gʻolib Misr") nomi bilan Fotimiylar hokimlari qarorgohlari qurila boshladi. 641–969 yillarda K,. Misr, Tuluniylar, Ixshidiylarning arab noiblari, 973– 1171 yillarda Fotimiylar xalifaligi poytaxti boʻlgan. Ayyubiylar (1171 – 1250) va mamluklar (1250-1517) davrida yirik diniy-siyosiy, savdo va hunarmandchilik markazi edi. 1517 yilda shaharni usmonli turklar egalladi. Misr ek-speditsiyasi davrida (17981801) Qohira fransuz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. Shahar aholisi bir necha marta (1798, 1800) bosqinchilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 19-asrda Qohira ancha rivojlandi, yangi turar joylar, sanoat korxonalari qurildi, oliy oʻquv yurtlari tashkil etildi. 1882 yilda Qohirani ingliz qoʻshinlari egallab, uni 1914–22 yillarda Britaniya protektorati maʼmuriy markaziga aylantirdi. 1922 yildan Misr Podshohligi poytaxti. 1953–58 yillarda Misr Respublikasi, 1958–71 yillarda Birlashgan Arab Respublikasi, 1971 yildan Misr Arab Respublikasi poytaxti.
Shahar eski va yangi qismlardan iborat. Eski Qohirada (Fustat, Bobil) "Troya minorasi" (miloddan avvalgi 130 yil), vizantiya davri cherkovlari (Avliyo sergiy, Bibi Maryam, Varvara) va ilk arab davri Amr ibn al-Aso masjidi (7-asr), Ibn Tulun masjidi (9-asr); fotimiylar davridan shahar devori xarobalari (11-asr), AchAzhar va boshqa masjidlar, Sabʼa Banot ("Yetti qiz", 11-asr), Umm Kulsum (1122) maqbaralari, masjidlar, Usmonli turklar davridan Sinon poshsho (1571), muhammad Ali (1930–48) masjidlari saqlangan. Yangi shahar qismida keng koʻchalar, koʻp qavatli binolar, xiyo-bonlar, hukumat binolari, universitet shaharchasi, telemarkaz, bank binolari, sanoat rayonlari va boshqa qurilgan.

Download 141,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish