Qulqoning klinik anatomiyasi, fiziologiyasi va tekshirish usullari



Download 20,22 Kb.
bet1/3
Sana29.05.2022
Hajmi20,22 Kb.
#618500
  1   2   3
Bog'liq
QULQONING KLINIK ANATOMIYASI, FIZIOLOGIYASI VA TEKSHIRISH USULLARI


QULQONING KLINIK ANATOMIYASI, FIZIOLOGIYASI VA TEKSHIRISH USULLARI
Quloq — odam va umurtqali hayvonlarning eshitish hamda muvozanat organi; eshitish analizatorining periferik qismi. Tashqi, oʻrta va ichki quloq farq qilinadi. Tashqi quloqqa quloq suprasi va tashqi eshituv yoʻli kiradi. Quloq suprasi usti teri bilan qoplangan elastik togʻaydan tuzilgan. Supraning pastki yumshoq qismida togʻay boʻlmaydi. Tashqi eshituv yoʻli ancha keng boʻlib, uz. 30—35 mm. oʻrta qismi toraygan (boʻyin). Tashqi eshitish kanalini qoplagan teri sertuk boʻlib. yogʻ bezlari oltingugurtga boy modda ishlab chiqaradi. Quloq sarigʻi deb shunga aytiladi. U himoya vazifasini bajaradi; odatda u qatqaloqqa aylanadi va chaynash, gapirish paytida oʻz-oʻzidan tashqariga ajralib chiqadi. Quloq sarigʻi koʻp ishlansa, sera tiqini (probkasi)ni hosil qilib, tashqi eshituv yoʻlini bekitib qoʻyadi. Bu yoʻlning old devori pastki jagʻ boʻgʻimi bilan chegaradosh, shuning uchun uning yalligʻlanish kasalliklarida ogʻiz ochilsa, quloqda ogʻriq paydo boʻladi. Tashqi eshituv yoʻliga pastda quloq oldi bezi tegib turadi. Oʻrta quloq nogʻora boʻshligʻi (ichi havo bilan toʻla), eshituv suyakchalari (bolgʻacha, sandon, uzangi) va halqum (yutqin) bilan tutashgan Yevstaxiy nayiyaan tashkil topgan, u oʻrta quloq boʻshligʻidagi havoni almashtirib, bir muvozanatda saqlab turish vazi-fasini bajaradi. Oʻrta quloqning tashqi devori — quloq pardasi yupqa, ammo pishiq plastinkadan iborat. Kishi yutinganda Yevstaxiy nayi ochilib, havo burun-halqumdan oʻrta quloqqa oʻtadi. Nogʻora boʻshligʻining devori bosh miya, yirik qon tomir va yuz nerviga yaqin joylashgan. Oʻrta quloqdan ichkarida spiral shaklidagi va tashqi koʻrinishi chigʻanoqqa (eshitish organi) oʻxshash, yarim halqasimon kanallar bor; ichki quloq chakka suyagining piramida qismi ichida joylashgan boʻlib, suyak va parda labirintdan iborat. Suyak labirint bilan parda labirint orasidagi boʻshliq perilimfa suyuqligi bilan toʻla. Ichki quloq vestibulyar apparat va chigʻanoq qismlari yordamida tovush tebranishi hamda gavda muvozanatining oʻzgarishini qabul qilish vazifasini bajaradi. Chigʻanoq ichida sezgir eshituv hujayralari bor. Quloq suprasi, tashqi eshituv yoʻli, quloq pardasi va eshituv suyakchalari bu hujayralarga tovush toʻlqinlarini yetkazib berib, ularni taʼsirlaydi; taʼsirot sezgir eshituv hujayralarining oʻsigʻidan tashkil topgan eshituv nervi orqali bosh miya poʻstlogʻiga keladi; tovush asosan shu yerda analiz qilinadi va eshitish funksiyasi vujudga keladi. Tovush manbai qaysi quloqqa yaqin boʻlsa, shu quloq oldin va kuchli eshitadi, shunga qarab tovush manbaini aniqlash mumkin. muvozanat aʼzosi (vestibulyar apparat) yarim halqasimon kanallardan tashkil topgan; bular turli sathda joylashgan boʻlib, ichida endolimfa suyukligʻi bor. Kanallarning bir uchi ampula shaklida kengaygan; ampula va xaltachalar ichida nerv hujayralari joylashgan; ular fazoda tana oʻz holatini oʻzgartirganda va bosh tez harakat qilganda taʼsirlanadi. Vestibulyar apparat holati har kimda har xil. Ayrim kishilarning vestibulyar apparati tez qoʻzgʻaluvchan boʻladi, bunday kishilar avtomashinada uzoq yurolmaydi. Baʼzi kishilarda, shuningdek, maxsus mashqlarni oʻtganlarda vestibulyar apparat hatto samolyot va kosmik kemada uchishdek kuchli taʼsirlarda ham sust qoʻzgʻaladi. Vestibulyar apparat koʻz soqqasini harakatlantiruvchi, yurak qisqarishi, terlash kabi funksiyalarni bajaruvchi nervlar bilan bogʻlangan.

Download 20,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish