Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish



Download 1,8 Mb.
bet3/5
Sana08.01.2021
Hajmi1,8 Mb.
#55229
1   2   3   4   5
Bog'liq
Beton to'ldiruvchilari mustaqil ish Karimov

Aglomiratsion mashina



Kisqacha texnik xarakteristikasi:

- Pishish yuzasi, m2 75

- Pishirish aravasi eni, m 3

- Pishgan qavat balandligi, mm, gacha 500

- Aravaning xarakatlanish tezligi, m/min 1…4

- Kolosniklar osti bosimi, Pa, gacha 1200

- *Maxsuldorlik, t/m2 soat

- aglomerat bo’yicha 110…140

- shixta bo’yicha 175…240

*Maxsuldorlik aglomerasiya jarayonining texnologik sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.

Gilli granulalar kolosnikli panjara ustidagi to’siqli aravachaga 200- 300mm qalinlikda sepiladi, yondiruvchi gorn ostida o’tganida suyuq yoki gaz ko’rinishidagi yoqilg’i yonishidan 10000S xaroratgacha qizdiriladi. So’ngra vakumkameralar ustida harakatlanishdan, havoning so’rib olinishi natijasida xom granulalar pishadi. Aglomerasion mashinadan pishgan korj chiqadi.

Chiqqan korj bir jinsli bo’lmay, ichki qismi to’q rangda (tiklanish muhiti temir oksidlariga o’tishi bilan belgilanadi va bu yaxshi pishishiga olib keladi), yuza qismida (ortiqcha xavo, oksidlanuvchi muhit, kuydirishdan past harorat) kichik mustahkamlik va kam chidamli qo’ng’ir-qizg’ish rangli pishmagan qatlam yuzaga keladi. Shu sababli aglomerasion panjarada hosil bo’lgan pishgan yarim maxsulot(korj)dan pishmaganlarini alohida ajratishdir. Korjni bo’laklarga korj maydalagich yordamida ajratiladi, bo’laklar panjaraga uzatiladi, bunda yaxshi pishmagan donalari cho’kadi,

texnologik jarayonga qaytariladi, xomashyoga qo’shimcha sifatida ishlatiladi va xom granulalarning pishishini, gaz o’tkazuvchanligini yaxshilaydi.

Xomashyoga qo’shimcha sifatida, gilning pishish tezligini oshirishda va shu bilan birga aglomerasion mashinaning quvvatini oshirishda, agloporit sifatini yaxshilashda yog’och opilkalari, yog’och gidrolizi chiqindisi, kul va boshqa sanoat chiqindilari ishlatiladi.



Agloporit tarkibidan pishmagan bo’laklarini ajratgandan (texnologik jarayonga qaytarilgan) so’ng 80-1200S gacha sovitiladi, maydalanadi, shag’al va qumga ajratiladi. Agloparit shag’ali va qumining ishlab chiqarish texnologik sxemasi da keltirilgan.

Agloporit chaqiq toshi va qumini ishlab chiqarish

texnologik sxemasi: 1-ekskavator; 2-avtotransport; 3-yashikli uzatgich; 4-valkli maydalagich; 5-tebranma elak; 6-lentali ta’minlovchi; 7- yig’uvchi lentali transporter; 8- toshni ajratuvchi valslar; 9-ikki valli gil aralashtirgich; 10-baraban tipidagi granulyator; 11-yotqizgich; 12-yondiruvchi gorn; 13-aglomerasion mashina; 14-maydalagich; 15-shaxta tipidagi sovitgich; 16-valkli-tishli maydalagich; 17-shag’alni navlarga ajratuvchi mashina; 18- tayyor mahsulotlar ombori;

Ushbu rasmda keltirilgan agloporitni sovitishda qo’llaniladigan shaxta tipidagi sovitgich o’rniga lentali (tubi perforirlangan metall transportyor), chashkasimon (ikkita jalyuzali silindr devorli halqasimon bunker) va baraban tipidagi sovitgichlar ishlatiladi.

Asosiy xomashyo material sifatida ko’mirni boyitish chiqindisi qo’llanilganda, texnologik sxemaga sarflanuvchi materiallarni tayyorlashga doir o’zgartirishlar kiritiladi. Ko’mir boyitish chiqindilari ikki bosqichli maydalaniladi, elakdan o’tqaziladi va o’lchami 2,5mm gacha donalar olinadi. Gil quruq komponent (yirikligi 3mm gacha) yoki suyuq gilli massa ko’rinishida qo’shiladi. Agloporit ishlab chiqarishda komplekt texnologik jihozlangan SMS-117 va SM-961 (uzunligi-40m, eni-1,5m) markali aglomerasion

mashinalar ishlatiladi.



Aglomerasion mashinaning ishlab chiqarish quvvati (t/soat) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Bu yerda :

v- vertikal pishish tezligi, mm/min;

La - aglomerasion mashinaning foydali uzunligi , m;

L – mashinaning umumiy uzunligi, Ls -quritish zonasi uzunligidan kelib chiqib (Ls=0,05-0,1 L ) va sovitish – Lo (sovitgich mavjud bo’lsa - Lo=0,2 L agloparit shag’ali ishlab chiqarishda sovitgich ishlatilmasa-Lo=0,4L);

V-aglomerasion mashinaning foydalanish enining uzunligi

ρn- xom granulalar uyilma zichligi, ρn=1-1,1 t/m3 ;

Rh- agloporitning chiqish koeffisiyenti, Rh=0,75-0,90;

Rb- texnologik jarayonga qaytgan pishmagan bo’laklarni hisobga oluvchi koeffisiyent, agar texnologik jarayonga qaytmasa, Rb=1 teng bo’ladi.

Aglomerasion mashinaning yillik mahsuldorligi (m3/yil) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Mag=T P Ru/ρn

Bu yerda: T- mashina ishlashining yillik fondi, soat;

P- aglomerasion mashinaning hisobiy mahsuldorligi, t/soat;

Ru- ishchi vaqti yillik fondidan foydalanish koeffisenti,

Ru=0,82-0,9;

ρn- agloporit shag’ali(chaqiq tosh)ning uyma zichligi, t/m3




Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish