Qurilish materiallari va konstruksiyalari



Download 114,11 Kb.
bet1/7
Sana12.05.2023
Hajmi114,11 Kb.
#937306
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Eshqulov M


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
QURILISH MATERIALLARI VA KONSTRUKSIYALARI” kafedrasi

Gazbeton va ko’pikbeton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasifanidan



Kurs loyiha ishi


Mavzu: Yillik unumdorligi 600 ming m3 bo’lgan gips asosli polistrol bloklar ishlab chiqarish texnologiyasini loyihalash
Bajardi: 861-19 guruh talabasi: Eshqulov M.

Qabul qildi: Abdusamatov K.


Jizzax – 2023
Mundarija

  1. Kirish………………………………………………………..3

  2. Buyum tavsifi……………………………………………….8

  3. Texnologik qism……………………………………………10

  4. Texnologik sxema…………………………………………..14

  5. Hisob-kitob qismi…………………………………………...16

  6. Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi…………………20

  7. Ekologiya va atrof muxit muxofazasi……………………….21

  8. Xulosa……………………………………………………….22

  9. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………23


Kirish
Respublikamizning moddiy-texnika bazasini yaratish hamda xalq moddiy farovonligini yanada oshirish yangi resurslar manbaini izlab topishni talab etadi. Bu esa ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, jonli va moddiylashgan mehnatni tejash, kapitalm ablag‘lar va asosiy ishlab chiqarish fondlaridan unumli foydalanish masalalarini asosiy o‘ringa qo‘yadi. Bunday m asalalarni hal qilishda iqtisodchilarning roli katta. Iqtisodchilar resurslardan ustalik bilan foydalanishni, xo‘jalik faoliyatida yuz berayotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida hisobga olishi, ishlab chiqarish darajasini bozor ehtiyoji va talabi bilan bog‘lay olishi, xoljalik hisob-kitoblarini puxtalashi, xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida yangi texnika va texnologiyani jadallik bilan ishlab chiqarishga joriy eta bilishi kerak. Buning uchun iqtisodchi ma’lum darajada texnikaviy bilimga ega bo‘lishi, ishlab chiqarish texnologiyasini bilishi shart. Ishlab chiqarishni to‘la bilmaydigan, faqat raqamlar bilan ish ko‘radigan iqtisodchi yuz berayotgan o‘zgarishlarning sabablarini tushunmaydi va natijada masalani to‘g‘ri hal qila olmaydi, qabul qilingan qarorlarni asoslab bera olmaydi. Muhandislik bilimlari, texnika taraqqiyotidagi ilg‘or tajriba hamda texnikaning hozirgi yutuqlari iqtisodchiga sanoatda sodir boiayotgan yangidan-yangi o‘zgarishlarni tushuna olish va ularni yetarli darajada baxolay bilishiga tola imkon beradi. Texnologiya asoslari va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshi bilgan holdagina xo’jalik faoliyatini sifatli tahlil qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash hamda uning rezervlarini ochib berish, rejalashtirish, normallashtirish, moliyaviy ishlarni amalga oshirish va demak, m uhim xalq xo'jalik m asalalarini to‘g‘ri hal qilish kam m ehnat va mablag‘ sarflab, yuqori ishlab chiqarish natijalariga erishish mumkinIqtisodiy nazariya, fizika, kimyo, energetika, statistika va shunga o‘xshash muhandislik, iqtisod fanlarining qoida hamda usullarini keng qo‘llash orqali texnologiya orqali ishlab chiqarish jarayonlarining mohiyatini, hodisalar qonuniyatini ochib beradi hamda bu qonuniyatning amaliy maqsadlar uchun ishlatilish soha va chegarasini aniqlab beradi.
Hozirgi kun va davlatimizning tadbirkorlar oldiga qo'yadigan talabi — fan va texnika yutuqlaridan foydalanish asosida kam operatsiyali, kamxarajat va chiqitsiz texnologiya jarayonlaridan keng foydalanish, tabiiy, sun’iy xomashyolardan kompleks foydalanish asosida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlab chiqariIgan m ahsulotlar bozorda o‘z xaridorini topa bilishidadir. Hozirgi zamon fan va texnikasi xomashyoni qayta ishlash uchun juda ko'p usul va vositalardan foydalanish imkonini beradi. Lekin vazifa mavjud imkoniyatlardan foydalanilgan holda eng unum li va samarali ishlab chiqarish jarayonlarini tanlay bilishdan iborat. Bu vazifani texnika va iqtisodiyotni bir-biri bilan bog'lab olib borilgandagina amalga oshirish mumkin. Agar texnika va texnologiya, raqobat, muhandislik nuqtayi nazaridan qaraladigan bo'lsa, texnologik jarayonlarni amalga oshirish, mashina va jihozlarni yaxshilash imkoniyatlari faqat tabiiy fan far qonuniyatlariga asoslanadi. Lekin texnikadagi konstruktiv va texnologik o'zgarish imkoniyatlarini amaliy ishlab chiqarishda keng joriy etish uchun unga tegishli iqtisodiy asoslar tayyorlash zarur, chunki texnika va texnologiyaning uzluksiz takomillashishi faqat texnika talablarigagina emas, balki iqtisodiy talablarga ham javob berishi kerak. Har qanday texnologik muammo, har qanday texnik yangilik faqat yuqori darajadagi samaradorligi hisobga olingandagina va yetarli darajada iqtisodiy sharoitlar tayyorlangandagina to‘g‘ri tushunilishi, hal etiiishi va amaliy jihatdan joriy etiiishi mumkin. Respublika qurilish materiallari ishlab chiqaradigan ko‘p tarmoqli sanoatga ega. Sement, asbest-sement, devorbop materiallar va gidroizolatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama material (plita)lar, noruda qurilish materiallari, qurilish keramikasi, issiqlik izolatsiyasi materiallari, ohak, gips, boglovchi materiallar va ulardan buyumlar, sanitariya-gigyena jihozlari, polimer xomashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir-beton konstruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari mavjud. O’zbekistonda tabiiy xomashyodan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom g‘isht, guvala, yog‘och sinch, oddiy tuproq(loy)dan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiali bo‘lib kelgan. Xumdonlarda pishirilgan g‘isht, sopol, chinni koshin, ganch, yoiiilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qo‘llanilgan. Hozirgi davrda ushbu tarmoq korxonalarida 150 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi. Jumladan, 2018-yilda 4,1 mln tonna sement, 300 mln shartli taxta asbestsement shiferlari, 3,4 mln m 2 deraza oynalari ishlab chiqarildi. Qurilish materiallarini ularning kelib chiqishi, asosiy xossalari va ishlatilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1. Tabiiy tosh materiallar va buyumlar. 2. Keramik materiallar va buyumlar. 3. O‘tga chidamli materiallar va buyumlar. 4. Mineral boglovchi materiallar. 5. Qurilish qorishmalari, betonlar va ular asosida tayyorlangan buyumlar. 6. Asbest-sement materiallar va buyumlar. 277 7. Shisha va shisha buyumlar. 8. Organik bog‘lovchi materiallar va ular asosida tayyorlangan buyumlar. 9. Issiqlik izolatsiya materiallari va buyumlari. 10. Yog‘och materiallari va ular asosida tayyorlangan buyum ­ lar. 11. Plastmassa qurilish buyumlari. 12. Metall materiallar va ular asosida tayyorlangan buyum ­ lar. 13. Lok-bo‘yoq materiallar. Har bir qurilish materiali yoki buyumiga GOST (umum davlat standartlari) talablari qo‘yiladi. Bu standartlarda materiallarning xarakteristikasi, ularga qo‘yilgan talablar, marka va turiarga bo‘lishlar, sinab ko‘rish usullari, qabul qilish, tashish va saqlash qoidalari keltirilgan bo‘lib, u har bir tayyorlovchi zavod hamda iste’molchi uchun majburiydir. Har bir qurilish materiali o‘ziga xos fizik, mexanik va kimyoviy xossalarga ega bo‘ladi. Materiallarning tarkibi, strukturasi va holatining o‘zgarishi bilan uning qurilish va texnologik xossalari ham o‘zgaradi. Qurilish materiallarining xossalari turg‘un bo‘lmay, ular fizik, mexanik va kimyoviy jarayonlar ta’sirida o‘zgarib turadi. Qurilish materiallarining xossalari maxsus laboratoriyalarda yoki dala sharoitida sinash yo‘li bilan aniqlanadi. Daladagi sinash ishlari, odatda, karyerda, qurilish obyektlarida yoki material tayyorlovchi bazalarda o‘tkaziladi. Bu holda materialning faqatgina tashqi ko‘rinishiga doir xossalarini aniqlash bilan kifoyalanadi. Materiallarning xossalarini sinash ishlari maxsus asbob hamda uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyada ham, dala sharoitida ham GOST da ko‘rsatilgan usullar asosida o'tkaziladi. Sinash usullari esa sinashdan ko‘zda tutilgan maqsad bilan aniqlanadi. Tog‘ jinslariga mashina va mexanizmlar yordamida ishlov berib (bo‘lib, kesib, o‘yib, tekislab, pardoz berib va silliqlab) olingan yoki qurilishda tabiiy holatida ishlatiladigan materiallar tabiiy tosh materiallar deb ataladi. Pemza, chig‘anoq, tuf kabi yengil va g‘ovakli jinslardan, asosan, ularni qazib chiqariladigan joylarda devorlar quriladi. Granit, ohaktosh, qumtosh va boshqa zich tosh materiallardan devorlar va pollarni qoplash uchun, xarsangtosh tarzida poydevorlarga terish uchun, shag'al tarzida — beton va temir-beton buyumlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Beton va qorishmalar tayyorlash uchun sochiluvchan tosh materiallar: qum va shag‘al ishlatiladi. Tog' jinslaridan xilma-xil buyumlar (masalan, g‘isht, boglovchi moddalar, sement, ohak, izolatsiya materiallari, shisha va boshqa buyumlar) tayyorlanadi. Kelib chiqishiga qarab tabiiy tosh materiallar otqindi, cho‘kindi va metamorfik jinslarga bo‘linadi. Qurilishda ishlatiladigan otqindi jinslarga har xil kattalikdagi xarsang tarzida qazib olinadigan granitlar, labradoritlar, bazaltlar, vulkan tufi, pemza va boshqalar kiradi. Cho'kindi jinslarga giltuproq, qum, shag'al, qumtosh, gips, ohaktosh, magnezit, bo‘r, trepel va boshqa jinslar kiradi. Metaformik jinslarga marmar, kvarsitlar, gneyslar, slanetslar kiradi. Tosh jinsli minerallar (kvars, slyuda va boshqalar) kimyoviy birikmalardan, yer qobig‘ida ro‘y beradigan har xil jarayonlar natijasida hosil bo‘ladi. Tabiiy tosh materiallar og‘ir va yengil (g‘ovak va serg‘ovak), zich va to‘kiluvchan jinslarga bo‘linadi. Zich tabiiy tosh materiallarga granit, diabaz, marmar va boshqalar kiradi. Tosh materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi ularning zichligiga bog‘liq; serg‘ovak va g‘ovak materiallar issiqlikni kam o‘tkazadi. Deyarli barcha tosh materiallarning issiqlik ta’siriga 279 chidamliligi ancha yuqori bo‘ladi. Ularning pishiqligi esa jismning zichligi va tuzilishiga bog‘liq. Zich jismlarning pishiqlik chegarasi siqilishda 5000 kg/sm2 ga, serg‘ovaklilarniki esa ko‘pi bilan faqat 200 kg/sm2 ga yetadi. Tabiiy tosh materiallarning ko‘pchiligi chidamli, atmosfera ta’sirlariga turg‘un va tashqi ko‘rinishi chiroyli bo'ladi. Shuning uchun tabiiy toshlar jamoat inshootlari qurilishida, shuningdek, daryo (dengiz) qirg‘oqIarini bezashda qoplama material sifatida qo‘llaniladi. Zich tosh materiallarga ishlov berish qiyin, ularning hajmiy og‘irligi katta (demak, issiqlik o‘tkazuvchanligi ham katta) va nisbatan ancha qimmat turadi. Tabiiy toshdan donalab tayyorlanadigan tosh, plitalar, zinapoyalar, deraza tokchalari kabi buyumlar tayyorlanadi. Bular har xil shakldagi buyumlar bo‘lib, yuzlariga yo‘nib, silliqlab, jilolab va shunga o‘xshash ishlovlar beriladi. Tabiiy yog'och materiallar Yer yuzidagi barcha yog‘och materiallar zaxirasining 1/3 qismidan ko‘prog‘i MDH davlatlari hududiga to‘g‘ri keladi. Yog‘och zaxiralarining ko‘pligi, ularni olish va ishlash texnologiyasining oddiyligi, shuningdek, u yengil, juda pishiq, qayishqoq boiganligi, issiq va sovuqni yomon o‘tkazganligi sababli, yog‘och 280 buyumlar qurilishida va qurilish materiali sifatida juda ko‘p ishlatiladi. Yog‘ochning qurilish materiali sifatida ko‘pgina kamchiliklari ham bor, masalan, nam yutuvchanligi, namligi o‘zgarishining mexanik xususiyatlariga ta’sir etishi, yorilishi, qurt va hasharotlardan osongina jarohatlanishi, shuningdek, uning oson alangalanuvchanligi va hokazolar. Hozir yog‘och materiallarni ishlatishdan avval ularning chidamliligini oshirish choralari ko‘riladi, masalan, har xil texnik usullar bilan qurilish yog‘ochining sifatini oshirish, uni chirishdan saqlaydigan turli usullarni qo‘llash, o‘tdan himoya qiladigan bo‘yoqlar ishlatish va h.k. Yog‘och xoda, arralangan material va turli buyum tarzida binoning ko‘pgina qismlarini, ya’ni yopma, tom, poydevor, pol, deraza, eshiklarni qurishda va boshqa duradgorlik buyumlarini tayyorlashda, yog‘och binolarda esa poydevor va devorlar uchun ham ishlatiladi. M amlakatimizning o‘rmonli hududlarida yog‘och hozir ham asosiy qurilish materiali hisoblanadi. Binolarning ko‘p qavatli qilib qurilishiga hamda ularning kapitalligiga, ya’ni mustahkamligi va o‘tga chidamligiga nisbatan qo‘yiladigan talablarning oshirilishi, industrial usulda qurilishga o‘tish, qurilish materiallari va buyumlari (birinchi navbatda temir-beton) sanoatining tez sur’atlar bilan o‘sib borayotganligi tufayli ko‘plab binolar qurilishda yog‘och sarfi keskin kamayadi. Endilikda yog‘och asosan deraza, eshik va duradgorlik buyumlari uchun va borgan sari kam miqdorda pol, stropil va pardevorlarga ishlatilmoqda. Yog‘ochning hajmiy massasi 450 dan 800 kg/m 3 gacha bo‘ladi, tolalari bo‘ylab siqilishga mustahkamlik chega281 rasi 370—520 kg/sm2 ga, cho‘zilishga mustahkamligi esa 1000— 1600 kg/sm 2 ga teng. Yog‘ochning namligi qancha yuqori bo‘lsa, uning m ustahkam ­ ligi shuncha past bo‘ladi. Yangi kesilgan daraxt yog‘ochining namligi 35% va undan ham ortiq, qurilish konstruksiyalari uchun namlik ko‘pi bila 18—25%, duradgorlik buyumlari va pollar uchun esa ko‘pi bilan 8% boiishi kerak. Yog‘och kuchli gigroskopiklik xossasiga ega, shuning uchun u shishadi va o‘zining mexanik xossalarini yomonlashtiradi. Qurilishda muhandislik konstruksiyalari uchun yog‘ochning asosan igna bargli jipslari: qarag‘ay, archa, tilog‘och va pixta qollaniladi. Duradgorlik buyumlari, faner, parket, mebel uchun bargli yog‘och jinslari ishlatiladi. Bargli yog‘och jinslarining mexanik mustahkamligi yuqori va chiroyli teksturaga ega bo‘lgan qattiq turlariga dub, shumtol, zarang, oq akatsiya, nok kiradi. Bargli daraxt jinslarining yumshoq turlari — buk, olxa, oq qayin, tog‘ terak, yong‘oq, jo‘ka (lipa)—vaqtinchalik quriladigan inshootlarga, mebel tayyorlashga va pardoz buyumlari (plintuslar, chaspaklar, tutqichlar) tayyorlashga ishlatiladi.


Download 114,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish