Qurilishni boshqarish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AVTOMOBIL SANOATINI JADAL RIVOJLANTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA



Download 112,37 Kb.
bet2/6
Sana15.08.2021
Hajmi112,37 Kb.
#148368
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hisobot amaliyot(1)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AVTOMOBIL SANOATINI JADAL RIVOJLANTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDAgi Prezidentimizning 18.07.2019-yilning PQ-4397 sonli qarori

Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlash, ilg‘or xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy qilish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh ishlab chiqarishni yaratish maqsadida:

1. 2019 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:

yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish;

yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini o‘rta hisobda 60 foizgacha yetkazish;

yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish;

avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish;

korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, “ERP” avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish;

aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop bo‘lgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash;

“O‘zavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali investorlarni jalb etish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” AJ yetakchi xorijiy kompaniyalar va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda bir oy muddatda quyidagilar bo‘yicha aniq takliflarni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan “O‘zavtosanoat” AJ huzurida doimiy faoliyat yurituvchi loyiha ofisini tashkil etish choralarini ko‘rsin:

O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2023-yilgacha yanada jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;

ilg‘or xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy etish;

avtomobil sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini, shu jumladan motor transport vositalari va ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi barcha korxonalar uchun soliq va bojxona rejimlarini unifikatsiyalash yo‘li bilan oshirish;

ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni o‘zlashtirish darajasini oshirish va import hajmlarini pasaytirish imkonini beradigan qo‘shimcha ishlab chiqarishlarni tashkil etish;

ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishning ustuvor segmentlarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish, milliy muhandislik markazlarini tashkil etish;

avtomobil sanoatida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish.

3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

a) 2020-yil 1-yanvarga qadar “O‘zavtosanoat” AJ va uning ulushi mavjud bo‘lgan tashkilotlar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi bo‘yicha texnik topshiriqlar original ishlab chiqaruvchi (OYEM) yoki avtomobillar litsenziari tomonidan tasdiqlangan (belgilab qo‘yilgan) yoki tavsiya etilgan mahsulot yetkazib beruvchilarga nisbatan yoki bunday talab avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha asosiy, litsenzion va investitsiyaviy bitimlar, shuningdek, sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalash bo‘yicha bitimlar, avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda texnik ko‘maklashish bo‘yicha bitimlar bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan o‘tkazilmaydi;

b) 2019-yil 1-oktabrdan keyin tuziladigan shartnomalar bo‘yicha “UzAutoMotors” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz solig‘i bekor qilinadi;

v) 2019-yil 1-oktabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi;

g) “O‘zavtosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan, 1-ilovada ko‘rsatilgan aktivlari quyidagicha sotilishi mumkin:

qo‘shilgan qiymat solig‘ini (ko‘chmas mulk uchun) va haqiqiy qiymatini (xo‘jalik jamiyatlaridagi ulushlar va aksiyalar paketi uchun) hisobga olgan holda ularning qiymatini baholamasdan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga boshlang‘ich bahosi bo‘yicha auksionga qo‘yish orqali;

savdoga qo‘yilgan vaqtdan buyon ikki oy ichida talabgorlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, boshlang‘ich bahosini qadam-baqadam tushirib borish orqali.

4. “Avtosanoat invest” MChJ va “O‘zavtosanoat” AJning “O‘zavtosanoat” AJ va “Avtosanoat invest” MChJning tegishli ravishda ustav kapitalini kamaytirish hisobiga “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJning ustav kapitalidagi “Avtosanoat invest” MChJ ulushini balans qiymatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.

5. “O‘zavtosanoat” AJ 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha dilerlik tashkilotlarining ustav jamg‘armalari (kapitallari)dagi ulushlar sotilishini tezlashtirsin.

6. Quyidagilar:

2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;

import qilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini 120 kunga uzaytirish imkoniyati beriladigan avtotransport vositalari, tirkamali va osma texnikalar, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar, materiallar va texnologik jihozlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” AJ:

a) ikki oy muddatda:

tijorat banklari bilan birgalikda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtomobillarni mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy banklar va eksport-kredit agentliklarining imtiyozli kredit liniyalari jalb etilishini;

O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish qismida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar yakunlanishini ta’minlasin;

b) 2019-yil 1-dekabrga qadar:

5-ilovaga muvofiq, “O‘zavtosanoat” AJning 2019 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari bo‘yicha “General Motors” kompaniyasi bilan muzokaralar nihoyasiga yetkazilishi va bitimlar tuzilishini;

5-ilovada nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy banklar, eksport-kredit agentliklari, shuningdek, investitsiya kompaniyalari va jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga eng qulay shartlarda kamida 700 million AQSh dollarini jalb etishni;

avtomobil sanoatidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, jumladan 6-ilovaga muvofiq avtomobil sanoati korxonalarining ustav kapitallaridagi “O‘zavtosanoat” AJning ulushlari (aksiyalari)ni sotish orqali investorlar jalb etishni ta’minlasin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” AJning yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotadigan rasmiy dilerlik tashkiloti (keyingi o‘rinda — rasmiy diler)ga xaridorlar tomonidan ilgari foydalanilgan o‘zlariga tegishli avtotransport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni to‘lash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini xarid qilish imkonini beruvchi “TRADE-IN” dasturini 2019-yil 1-oktabrdan tatbiq etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

“TRADE-IN” dasturi doirasida quyidagilar belgilansin:

a) rasmiy diler tomonidan jismoniy shaxslarning ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini o‘z ichiga olgan sotilayotgan obyektning sotish narxi bilan balans qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq soliqqa tortish bazasi bo‘lib hisoblanadi;

b) rasmiy dilyerlar tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan majburiy notarial rasmiylashtiruv tatbiq etilmaydi:

belgilangan shakldagi hisob-ma’lumotnomalarni xaridorga berish tartibini joriy etish orqali ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;

mahalliy ishlab chiqaruvchi zavodlarning rasmiy dilyerlaridan sotib olingan yangi avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;

v) rasmiy dilerlik tashkiloti tomonidan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun ularni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida yig‘im to‘lanmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy zavodlarning rasmiy dilyerlarini “TRADE-IN” dasturi doirasida sotib olingan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotish uchun tegishli darajada himoyalangan hisob-ma’lumotnomalar blanklari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.

9. “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” AJ ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda:

2019-yilning 1-noyabriga qadar ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarning xavfsizlik va sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlaydigan namunaviy tajriba dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

2019-yilning 1-dekabriga qadar Piskent avtomobil poligoni negizida avtomobillarni va ularning ehtiyot qismlarini sinovdan o‘tkazish bazasini tashkil etish hamda uni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2020-yil 1-yanvarga qadar avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni to‘la-to‘kis sinovdan o‘tkazishni ta’minlash uchun mahalliy laboratoriyalarni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

2020-yil 1-martga qadar “Avtomobillar uchun o‘rtacha korporativ yoqilg‘i tejamkorligi” standartini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

10. Quyidagilar:

Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid choralarni ishlab chiqish va amalda ijro etish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi 7-ilovaga muvofiq;

mazkur qarorni amalga oshirish bo‘yicha batafsil amaliy tadbirlar rejasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ishchi guruhi (Xodjayev):

ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning so‘zsiz bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;

ushbu qaror ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har 15 kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishini ta’minlasin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qaroriga 9-ilovaga muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.

12 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.




Download 112,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish