R tursunova, G. Tursunova jahon musiqa tarixi



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/104
Sana11.01.2022
Hajmi6,12 Mb.
#345999
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104
Bog'liq
Jahon musiqasi tarixi (R. Tursunova)

Franchesko Kovalli 
Mark Antonio Chesti
Venitsian  opera  maktabining  yorqin  namoyandalaridan  biri 
Franchesko  Kovalli
  (1602-1676)  va 
Mark  Antonio  Chesti
  (1623- 
1669) boiganlar.  Aynan  Kovalli  birinchi  b o iib   o‘zining “Fétida  va 
Peley  to‘yi”  asarini  opera  atamasi  bilan  e io n   qilgan,  shu  bois
30
www.ziyouz.com kutubxonasi


birinchilar  qatorida uni  amaliyotga  kiritgan  kompozitor hisoblanadi 
(opera-ital.  “bastalash”  ma’nosini  bildiradi).  Chesti  asarlari  orasida 
Troya  afsonasi  bo‘yicha  yaratilgan  “Oltin  olma”  operasi  mashhur 
boigan.  Troya  shahzodasi  Paris  ma’buda  malikalari  -   Yunona, 
Pallada va Venera1 orasida qaysisi go'zalroq ekanini hal qilishi lozim 
edi.  Uning e’tibori Veneraga tushadi  va Paris  unga oltin olma tuhfa 
etadi.  Ayni  shu  olma  mojarolar va  bir-biriga  ulanib  ketgan  fojiaviy 
voqeliklami sababchisiga aylanadi. Chestining asari barokko operasi 
an’analarida  bajarilgan  dabdabali  tomosha  ko‘rinishiga  ega  operani 
namoyon  etgan  va  Yevropa  mamlakatlarining  ko‘plab  saroy 
teatrlarida sahnalashtirilgan.
Biroq  Venetsiya  opera  san’atining  eng  yuqori  cho‘qqisi  Mon- 
teverdining  qalamiga  mansub  “Poppeyaga  toj  kiydirish  marosimi” 
operasi bo‘ldi.
Asar  1642-yili  yozilgan  bo‘lib,  bu vaqtga kelib kompozitor 70 
yoshni  qarshilagan.  M aium ki,  1613-yiIdan  e’tiboran  kompozitor 
Venetsiyadagi  avliyo  Mark  kapellasini  boshqargan  b o iib ,  bu  esa 
nafaqat  kompozitor  ijodining  yetuklik  davri,  balki  XVII  asr  opera 
san’atining rivojlanib gullagan nuqtasini tashkil etadi. Rim imperatori 
Neron  (biz.asr  37-68  yillarda  Yuliylar-Klavdiylar  sulolasining 
hukmronligi)  hayotidan  olingan  tarixiy  voqea  chuqur  psixologik 
drama uchun asos boidi.
Operada Rim saroyining dabdabali va hashamatli muhiti, uning 
ma’naviy  inqirozi  yorqin  ifoda  kuchi  bilan tavsiflangan.  Yuksak va 
sodda,  fojiaviy  va  hajviy  qirralaming  o ‘zaro tutashib  ketishi,  asami 
m aium  ma’noda Shekspir durdonalari bilan qiyoslashga asos beradi. 
Muhimi,  Monteverdi  operaning  musiqiy  tilini  boyitishga  muvaffaq 
boidi,  rechitativ  tuzilmalami  kuychanlik  bilan  boyitib,  ularga 
dramatik  ifodalik  baxsh  etdi.  Ariyalar  esa  yanada  melodik  yorqin 
tuzilishga  va  aniq  bo‘rttirilgan  ko'rinishga  ega  boidi.  Harakatning 
rivojiga  mantiqan  yondashib,  kompozitor  operaga  polifonik  xorlar, 
inohirona  duetlar va  hajviy  qo‘shiqlarni  kiritdi.  U  garmoniya,  ritm, 
orkestr  ifodaviyligini  kuchaytirib,  ilk  bor  orkestrga  skripka 
eholg‘ularida “tremolo” va “pizzicato” ijro uslubini kiritadi.
1 Yunon mifologiyasida ular  Gera. Afina va Afrodita nomi bilan berilgan.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi


Monte verdining “Poppeyagatoj kiydirish marosimi” operasi o‘z 
davrini  ancha  olg‘a  surgani  bois,  zamondoshlari  tomonidan  tushu- 
nilmadi  va tez  orada  unutilib  ketdi.  Asar  o‘zining  ikkinchi  hayotini 
opera sahnasi va konsert estradasida bizning davrimizda ko‘rdi.
XVII 
asming  ikkinchi  yarmi  XVIII  asr  boshlarida  opera 
san’atining  rivojida  markaziy  maydonga 
Neapol  opera  maktabi
 
ko‘tariladi.  Bu  yerda  opera  “seria”  nomi  bilan  mashhur  bo‘lgan 
“jiddiy”  opera janri  shakllandi.  Opera  seria o ‘zining  hashamatliligi, 
jangovar  sahnalari,  tabiat  ofatlari,  qahramonlarning  g‘aroyibona 
o‘zgarishlarini  o ‘zida  mujassam  etgan  yorqin  teatral  effektlarga 
asoslangan tomoshani tashkil etgan. Qahramonlarning o‘zi -  xudolar, 
imperatorlar, sarkardalar o‘zining qahramonona,  g'alabali yurishlari, 
ulug‘vorligi bilan barchani hayratda qoldirganlar.
Operaning  bosh  qahramoni  ko‘pincha  opera  asari  “buyurtma- 
chisiga” alJegorik taqqoslanib,  buyurtmachi  sharafiga  “hamdu  sano- 
larga” aylantirilgan edi.
Opera-seriada xorlar yo‘q, ansambllar soni ham juda kam. Bar- 
cha  dramatik  voqeliklar,  dialoglar  va  harakatlar  “recitative  secco”, 
ya’ni  “quruq  rechitativ”  orqali  bayon  etilgan.  U  asosan,  me’yoriy 
deklamatsion tuzilmalardan iborat bo‘lib, klavesinning kamnamo ak- 
kordlari jo ‘rligida ijro etilgan. Unga nisbatan taqqoslangan “recitative 
accompagnato”  -   jo ‘rlik  rechitativi  jo ‘shqin  kuychanligi  bilan  or- 
kestmi to‘ldirib turgan.  U  neapolitan  operasining eng muhim  lavha- 
larini -  qahramonlar his-tuyg‘ularini ifodalovchi katta kuychan ariya- 
laming kelishini tayyorlab beradi. Chunki neapolitan opera talqinida 
opera eng avvalo emotsional holatlarning ketma-ketligi demakdir.
Librettochi  opera  uchun  qadimgi  yunon  afsona  va  miflari, 
Qadimgi Rim yoki tarixiy sujetga murojaat qilar ekan, lining asosida 
birmuncha  chigal  va  murakkab  bo‘lgan  sevgi-muhabbat  mojarosi 
yotadi. Hech kimni  asar mazmunida yotgan tarixiy haqqoniylik yoki 
qahramonlar  tavsifi  chuqurligi  va  ifodaviyligini  aks  ettirish  qiziq- 
tirmagan.  Qahramonlar hissiyotining  nozik  belgilarini jozibali  kuy- 
lash  orqali  ifoda  etish  -   Neapol  maktabida  opera  “seria”ni  yara- 
tilishining asosiy sababi  boidi.

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish