Boshqarish maqsadi va bosqichlari.
Boshqarish – bu tizim xolati haqidagi axborotni aniq maqsadli yo’nalishli xarakatga aylantirish boshqarilayotgan tizimni dastlabkidan belgilangan xolatga o’tkazishdir.
Masalan: ATK ni dastlabki xolati
- tashishga bo’lgan talabni pasayishi oqibatida vujudga kelgan ortiqcha ishlab chiqarish maydonlaridan shaxsiy avtomobillarga servis xizmat ko’rsatish uchun foydalanish
- tizimni belgilangan xolati (maqsadi)
- ATK bazasida ishlab chiqarish maydonlaridan yanada samarali foydalanishga, daromadlarni oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga imkon beradigan shaxsiy avtomobillar avtoservisi ustaxonalarini, postlarni tashkil etish.
Xarajat: xizmatga bo’lgan talabni taxlil qilish, invetsiyalarini jalb qilish, ATK ni qayta ko’rish, reklama va h.k.
Boshqarish tushunchasini tayanch so’zlari
1. Tizim xolati haqidagi axborot – A
2. Tizim maqsadi va maqsadlar – M
3. Maqsadga erishish va tizim xolatini o’zgartirishga qaratilgan xarakat –X
Ushbu tashkil etuvchilar boshqarishni birinchi qoidalarini tashkil etadi.
Boshqarishni asosiy bosqichlariga quyidagilar kiradi:
tizimni maqsadini aniqlash;
tizim holati haqida ma’lumot olish;
ma’lumotni ishlash va taxlil qilish;
boshqarish qarorini qabul qilish;
qarorni ijrochiga yetkazish;
boshqarish qarorini amalga oshirish va tizimni qarorga bo’lgan munosabatini olish.
a) b) v)
R - material resurslar
V - amalga oshirish davri.
Rasm 2.1. vaqt omili (V), material resurslar (b) va axborot aspektlari xisobga olgan sharoitda boshqarish jarayonini xolati.
1.Boshqarilayotgan tizim yoki kichik tizim oldida turgan maqsadni aniqlash (ATK, tarmoq, ustaxona, brigada)
2. Tizimga ta’sir etuvchi tashqi omillar va tizim xolati haqida axborot olish avtomobillarni ishonchliligi haqidagi ma’lumotlar. Tez-tez uchrab turadigan nosozliklar haqida ma’lumotlar va x.k.
3. Axborotni ishlash, uning aniqligini, to’laqonligini, xaqqoniyligini baholash.
4. Axborotni taxlil qilish, zarur bo’lsa qo’shimcha axborot to’plash, uni ekspertizatsiya qilish.
5. Tizim maqsadiga binoan olingan va ishlangan axborot bo’yicha boshqarish qarorini qabul qilish.
6. Qarorga aniq, istalgan me’yoriy shakl berish.
7. Qarorni ijrochiga yetkazish.
8. Boshqarish xarakatini amalga oshirish.
9. Tizim xolatini o’zgarishga munosabatini olish.
Boshqarish uslublari, tasnifi
3. Tizimni boshqaruvchi va boshqaruvchan elementlari
Har bir tizimni boshqarish jarayonida boshqaruvchi va boshqaruvchan elementlari mavjud bo’lgan. Ular quyidagi guruxlarga ajraladi:
1. BTB boshqarish tizimini bo’lagi
2. BO boshqarish ob’ekti
Bu guruhlarni o’zaro bog’liqligi 2-rasimda ckeltirilgan
Rasm 2. Tizimni boshqaruvchi va boshqaruvchan elementlari.
Boshqarish har qanday tavsifli masalalar yoki har qanday tizimlar uchun turli kombinitsiyalarda qo’llaniladigan ma’lum ketma-ketlikdagi harakat yoki texnologiyani o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |