Raqobatli strategiyalar



Download 31,39 Kb.
Sana01.11.2022
Hajmi31,39 Kb.
#859239
Bog'liq
Raqobatli strategiyalar


Raqobatli strategiyalar
Har qanday korxona faoliyatining muvaffaqiyati uning bozorga chiqarayotgan tovarining raqobatbardoshligiga bog‘liqdir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, bugungi kunda raqobat va raqobatbardoshlik to‘g‘risida va unga berilgan ta’riflarni ko‘plab ilmiy ishlanmalarda uchratish mumkin. A.Marshal «Raqobat-qat’iy ravishda bir odamning ikkinchisi bilan biron narsani sotishda yoki sotib olishdagi o‘zaro musobaqalashuvidir» deb nisbat bergan edi.
U odam deganda bozorda uz ehtiyojini kondirish uchun harakat kilayotgan ratsional sub’ektni izoxlagan. Umuman, raqobat ta’rifiga uchta yo‘nalishda yondashish mumkin. Birinchi yondoshuvda, raqobat – bu bozordagi musobaqa deb qaralsa, ikkinchi yondoshuvda raqobat – talab va taklifni muvozanatlovchi bozor mexanizmining elementi kabi izohlanadi. Mazkur yondoshuv klassik iqtisodiy nazariyaga mansubdir. Uchinchi yondoshuv, zamonaviy bozor morfologiyasi nazariyasiga asoslangan bo‘lib, raqobat – bozor tarmoqlarining tilini aniqlaydigan mezon ekanligini e’tirof etadi.
Birinchi yondoshuv raqobatni qandaydir faoliyatda yaxshi natijalarga erishish uchun kurash tushunchasiga tayanadi. Raqobat qaysi jihatdan olib qaralmasin, uning asosida iqtisodiy sub’ektlarning o‘zaro kurashi yotadi. Shunga ko‘ra raqobatda ko‘plab ta’riflar berish mumkin. Ular quyidagi xo‘jalik sub’ektlari va tadbirkorlarning bir-birining imkoniyatlarini samarali cheklash orqali muayyan bozorda tovar aylanishining umumiy sharoitlariga ta’sir o‘tkazadigan, iste’molchi uchun zarur bo‘lgan tovarlarni yetkazib berishni raqbatlantiruvchi musobaqadir.
- raqobat monopol bo‘lmagan bozordagi kurash;
- ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi raqiblik yuqori ko‘rsatkichga erishish kabi yagona maqsadni ko‘zlagan holda raqibni siqib chiqishga yoki ularni quvib o‘tishga qaratilgan raqiblik.
- raqobat teng imkoniyatlarga ega bo‘lgan raqiblarning tadbirkorlar va uddaburon bo‘lgan tomonning iqtisodiy halol g‘alaba qilishi;
- raqobat bozor xo‘jaligi ishtirokchilari o‘rtasida tovar ishlab chiqarish va sotish uchun yaxshi imkoniyat hamda sharoitlarga ega bo‘lishdir;
- raqobat tovar va xizmatlar yaratuvchilarning maksimal foydani yoki boshqa maqsadlarini ta’minlovchi bozor ulushi uchun kurashidir.
Klassik iqtisodiyot nazariyasida raqobat bozor mexanizmining ajralmas qismi sifatida e’tirof etiladi. A.Smit raqobatni sotuvchilar va sotib oluvchilarning manfaatga erishishlari uchun bir-biri bilan o‘zaro kurash bilan bog‘liq individual faoliyat sifatida talqin etadi. Raqobat bozor ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi «ko‘rinmas quldir» deb ta’riflaydi. Raqobat tom ma’noda talab va taklifning o‘zaro birikishidir.
Raqobat kurashi ma’lum bir tizimga ega emas, shunga qaramasdan u bozor ishtirokchilarining aniq ifodalangan strategiyalariga asoslangan va bu strategiya ularni bozordagi manfaatlarini ximoya qilishi shart. Uzoq vaqt davomida «raqobat» tushunchasi ikki yoki undan ortiq shaxslar (raqiblar)ning yagona maqsad-yuqori foyda olish maqsadida mustaqil ravishda bir-biri bilan bellashuvi deb qaralib kelindi.
Bozordagi raqobat bellashuvi masalalariga klassik siyosiy iqtisod namoyondalaridan A.Smit, A.Kurno, F.Edjuort, Dj.Robinson, E.Chemberlin, F.Xayek, A.Marshall, va boshqalar ko‘proq e’tibor qaratishgan.
Bu iqtisodchilarning muloxazalari raqobat tushunchasi va uning moxiyatiga, uning harakatlantiruvchi kuchi va bozorda narxning shakllanishiga ta’siriga ko‘proq karatildi. Klassik iqtisodiyot namoyondalaridan R.Bertran, O.Xerfindal, M.Rozenblyud, E.Lind, X.M.Meskon, M.Yu.Porter va boshqalar raqobat nazariyasini rivojlantirishdi, raqobatni baxolashning muqobil modellarini taklif etishdi.
Raqobat jamiyat uchun zarur tovar va xizmatlarning bozor va harid narxini belgilaydi. Raqobat ta’sirida tovar va xizmatlarning individual qiymati shakllanadi, daromadlar xajmining mexnat sarfi bo‘yicha diferensatsiyasi yuzaga keladi. Tarmoqlararo jixatdan raqobat foydanning o‘rtacha me’yorini yuzaga keltiradi, jamiyat ehtiyoji uchun eng ahamiyatli va zarur bo‘lgan tarmoqlarga kapital oqishini rag‘batlantiradi. Shubxasiz, raqobat bozor uchun xizmat qiladi: qachon, qanday va qancha tovar va xizmatlarni taklif qilish va ko‘rsatishni belgilaydi1.
«Raqobat» tushunchasi klassik va neoklassik iqtisodiyot nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, bugungi kunda ham ko‘pgina iqtisodchilarning diqqatini tortib kelmoqda va ular tomonidan turlicha talqin etilmoqda.
A.Smitning ta’rifi bo‘yicha inson o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylagan paytda, bu holat tabiiy, yoki aniqrog‘i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, odam jamiyat uchun ko‘proq naf keltiruvchi mashg‘ulotni tanlaydi va shu ish bilan shug‘ullanadi., foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi2.
I.A. Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib, «Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb yozadilar3. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlarni o‘rtasidagi muraqkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat-bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi sarflangan harajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xom-ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbaalari uchun ular orasidagi kurash bo‘ladi4.
Raqobat muammolariga bag‘ishlangan adabiyotlarda uning tarifiga uchta yondashuv mavjud. birinchisi raqobat bozorda bellashuv sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi yondashuv klassik iqtisodchilar uchun xos bo‘lib, raqobat-talab va taklifni muvozanatga keltiruvchi bozor mexanizmi sifatida talqin etiladi. Uchinchisi bozorni o‘rganishning zamonaviy nazariyasiga asoslangan bo‘lib tarmoq bozorining turini ifodalovchi mezon sifatida qaraladi5.
S.G.Svetunkov raqobat to‘g‘risida quyidagi tariflarni keltiradi:
- monopoliyadan xoli sharoitda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning baxslashuvidir;
- ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bellashuvi, raqib sifatidagi munosabati bo‘lib, bir biridan o‘zib ketish orqali yagona maqsad-yuqori foyda olish uchun bozordan siqib chikarishidir;
- bozorda tovar va xizmat ishlab chiqaruvchilarning bozor ulushini egallash va yuqori foyda olish maqsadida o‘zaro bellashuvidir6.
S.G.Svetunkov tomonidan keltirilgan tarifga e’tibor beradigan bo‘lsak, monopoliyadan xoli sharoit ko‘zda tutilgan. Bizning fikrimizcha monopoliyadan xoli sharoitni monopoliya cheklangan sharoit deb qabul qilish zarur. Chunki monopoliya bozorda raqobatning butunlay yo‘q bo‘lishini bildirmaydi. Shu bilan birga barcha sub’ektlar uchun eng qulay sharoit, eng yuqori daromadga qaratilmasligi kerak, chunki iste’molchi tovar va xizmatlar uchun ma’lum qiymatni belgilaydi.
A.Yu.Yudanovning fikricha raqobat- iste’molchilarning to‘lovga qodir cheklangan talabi uchun bellashuvdir. Muallifning fikricha bu tarif bir qator muxim jixatlarga ega. Birinchidan: gap bozor raqobati xaqida ketmoqda, ya’ni raqobat-bozordagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faqatgina o‘z tovar va xizmatlarini iste’molchilar uchun siljitish jarayonida sodir bo‘ladigan bellashuvdir. Ikkinchidan raqobat iste’molchilarning to‘lovga qodir cheklangan ehtiyoji uchun olib boriladi, agarda iste’molchi talabi biror bir sub’ekt tovar yoki xizmati bilan qondirilsa, qolganlari o‘z-o‘zidan taklif qilish imkoniyatidan maxrum bo‘lishadi. Uchinchidan raqobat faqat bozorning kirib borish mumkin bo‘lgan segmentida rivojlanadi7.
Raqobat doirasi - raqiblar tomonidan kiritilayotgan mahsulot, xizmatlar turi va bozorning qamrab olish doirasi.
Raqobat predmeti- tovar va xizmatlar bozorida korxonalar mijozning pulini va ishonchini egallashga harakat qiladi. Keng ma’noda raqobat predmeti- mijoz talabini qondirishdir.
Raqobat ob’ekti- tovar va xizmatlarining iste’molchilari-ya’ni mijozlar. Bozorda raqobat «predmet»i va «ob’ekt»i bir ma’noga ega emas, ya’ni raqobat kurashining ikki xususiyatini belgilaydi: tovar va xizmat – bir tomondan va mijoz ikkinchi tomondan.
Raqobat sub’ekti- raqib, ya’ni iste’molchilarga xizmatlar va mahsulotlar, yoki o‘rnini bosuvchi tovarlarni taklif qiluvchi firma yoki boshqa yuridik shaxs.
Yuqoridagi tushunchalarga e’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, bozordagi raqobat tovar va xizmatlarning uziga xosligiga boglikligi ayon buladi..
Raqobat sub’ektlarini bir jinsli, bir turdagi tovar guruxi bilan iste’molchilarning aloxida bir segmenti uchun kurashayotgan shakli mavkeyidan kat’iy nazar turli xil firmalar tashkil etadi.
Raqobatning mohiyati tovar va xizmatlarning muayyan bozordagi xususiyati - korxona va uning tovar va xizmatlari raqobatbardoshligida namoyon bo‘ladi.
Demak, raqobatbardoshlik tushunchasini quyidagi tarzda ifodalashimiz mumkin: raqobatbardoshlik iqtisodiy kategoriya bo‘lib, iqtisodiy faoliyatning loyixalash, ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol jixatlarini vaziyatli yondashuvini ifodalaydi. Raqobatbardoshlik iqtisodiy tizimning barcha elementlari uchun xos bulsada, bozorni kayta taqsimlash jarayonida paydo bo‘ladi.
Raqobatbardoshlikning ma’lum tariflarini tahlil qilar ekanmiz, raqobatbardoshlikning moxiyatini ochib beruvchi quyidagi xususiyatlarni ochishga olib keldi:
- tovar va xizmatlar raqobatbardoshligi- uning iste’molchi uchun jalb eta olish qobiliyatining o‘lchovidir;
- tovar va xizmatlarning jozibadorligi turli darajadagi talablarning qondirilish darajasi bilan ifodalanadi;
- taklif etilayotgan talablarning tarkibi, ularning ustunligi xizmatlarning turiga, tipiga va iste’molchilariga bog‘liq;
- raqobatbardoshlik iqtisodiy kategoriya sifatida aynan bir bozorni va aynan analog xizmatni kurib chiqishni talab etadi.;
- raqobatbardoshlik dinamik xususiyatga ega-ya’ni raqobatbardoshlik muayyan vaqt oralig‘ida, bozor konyunkturasining o‘zgarishini e’tiborga olgan xolda ko‘rib chiqishni talab etadi;
- raqobatbardoshlik tahlil qilinayotgan xizmatlarning xayotiy siklining qaysi bosqichidaligiga bog‘liq.
Korxonaning raqobatbardoshligi bilan korxonaning tovar va xizmatlari raqobatbardoshligi tushunchalarini bir-birdan farqlash lozim. Korxona raqobatbardoshligi raqobat muxitida to‘lovga qodirligi, samarali xo‘jalik faoliyati bilan ifodalansa, korxonaning tovar va xizmatlari raqobatbardoshligi faoliyatning xayotiylik ko‘rsatkichlarining umumlashgan ko‘rsatkichi bo‘lib, moliyaviy, ishlab chiqarish va mexnat zaxiralaridan yuqori samarada foydalana olish darajasi bilan ifodalanadi.
Korxona va uning xizmatlari raqobatbardoshligi tahliliy ko‘rsatkich bo‘lib quyidagi uch elementni o‘z ichiga oladi: texnik, iqtisodiy va ijtimoiy-tashkiliy.
Texnik parametrlar- korxona tovar va xizmatlarining texnik qurilish tavsifini ifodalaydi. Bunga standartlar, me’yorlar, qonunchilik aktlari, va qoidalar kiradi. Shu bilan birga texnik parametrlarga mijozlar uchun tovar va xizmatlarning ergonomik xususiyati ham kiradi.
Iqtisodiy parametrlarga – ko‘rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun sarflangan harajatlar miqdorini o‘zida aks ettiradi. Mijozlar korxona tovar va xizmatlarini harid qilish chog‘ida emas, balki ularning iste’moli jarayonida ham mablag‘ sarflashadi..
Tashkiliy-ijtimoiy parametrlar – iste’molchilarning ijtimoiy tuzilmasi, milliy va madaniy xususiyatlarini (diniy, etnik, va boshk.) o‘z ichiga oladi.
Shunday qilib, korxonaning (tovar va xizmatlarining) raqobatbardoshligi bozorda o‘z mavqeini saqlab qolish, ulushni kengaytirish maqsadida bozorning muayyan segmentidagi bellashuvidir. Raqobatbardoshlik nafaqat aloxida korxona uchun, balki milliy iktisodiyot ma’lum tarmogining, provardida esa iqtisodiyotning yalpi o‘sishi uchun ham asosiy shartlardan biridir. Raqobatbardoshlikni baholash «sifat-narx» ko‘rsatkichlarini raqobatchi tovarlar bilan taqqoslash asosida amalga oshiriladi (me’yorlar, namunalar va hokazolar).
Buning uchun ishlab chiqaruvchi raqobatbardoshlikning ikkita asosiy omillari - narx (narx ko‘rsatkichlari) va sifat (narxsiz ko‘rsatkichlar)ning ichki tarkibini aniqlashi zarur. Bu omillarning o‘lchamlarini hisoblab va muayyan strategiyani tanlab, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini nisbatan oshirish orqali ularga ta’sir etish mumkin.
Narx omillari iste’molchining mahsulotni sotib olish va ishlatish muddati davomida foydalanish harajatlarining to‘liq strukturasi bilan tavsiflanadi va mahsulotning xususiyatlari, uni sotib olish va ishlatish sharoitlari bilan belgilanadi. Iste’molchining jami harajatlari umumiy holda bir vaqtli va joriy harajatlarni o‘z ichiga oladi. Bir vaqtli harajatlar - bu mahsulotni sotib olish (mahsulot narxi); soliq yig‘imlari; transportlash, yig‘ish, o‘rnatish, sinab ishga tushirish harajatlari (agar ular mahsulot narxiga kiritilmagan bo‘lsa).
Joriy harajatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash; yoqilg‘i va energiya harajatlari; asosiy va yordamchi materiallar; texnik va boshqa hujjatlarni olish va xodimlarni o‘qitish harajatlari.
Narxsiz omillar ancha murakkab va mexnatni ko‘proq talab qiladi. Ularni baholashdagi eng keng tarqalgan yondoshuv - foydali iste’mol samarasini aniqlash usuli. Har bir tovarning foydali samarasi sifat omilining kengaytirilgan tushunchasi bo‘lgan ko‘pgina sifat ko‘rsatkichlarining to‘plami bilan tasvirlanadi. Foydali samaraga ta’sir etuvchi hamma ko‘rsatkichlarning umumiy strukturasini 5 -rasmdagiday qilib tasvirlash mumkin. Foydali samara, raqobatbardoshlikning asosiy xususiyatlari sifatida ikki turga bo‘linadi: moddiy va nomoddiy omillar.
Moddiy omillar tovarning eng muhim funksiyalarini va ular bilan bog‘liq asosiy tavsiflarni tasvirlaydi. Shuning uchun ham ularni almashtirish faqatgina mahsulotning konstruktiv tamoyillari bilan belgilangan muayyan chegaralar doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bu omillar guruhiga quyidagilar kiradi: ergonomik ko‘rsatkichlari; ekologik ko‘rsatkichlari; maqsadli ko‘rsatkichlari; ishonchlilik ko‘rsatkichlari.
Tovarning nomoddiy xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: estetik, malakaviy, obro‘-e’tiborli, innovatsion, axborotni himoyalash ko‘rsatkichlari.
Bozor xilma-xil tovarlar, jumladan, moddiy omillari jihatidan o‘xshash bo‘lgan tovarlar bilan to‘lgan bo‘lsa, tovarlarga o‘ziga xos jozibani beruvchi nomoddiy omillarning ahamiyati oshadi. Tovarning nomoddiy omillari to‘plamini aniqlash - uning raqobatbardoshligi tahlilining boshlang‘ich nuqtasidir. So‘ngra bu omillarni tasniflash va miqdoran o‘lchash kerak. Har biri muayyan ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy omillar uchun buni amalga oshirish ancha oson. Ushbu ahamiyat u yoki bu birliklarda ifodalangan bo‘ladi (quvvati, o‘lchami, aniqligi va hokazo). Nomoddiy omillar bilan ishlash ancha murakkabroq. Ularni, odatda, tabiiy fizik o‘lchovga ega bo‘lmaganligi sababli, bevosita miqdoriy baholash qiyin va shuning uchun ham ular yagona uslubiy asos tanlanishini talab qiladi.
Tovarning raqobatbardoshligi ko‘p jihatdan korxonaning raqobatbardoshligini belgilaydi. Biroq ushbu ko‘rsatkichlar orasida ma’lum tafovutlar ham bor. Masalan, korxonaning raqobatbardoshligi raqib firmalardan farqlarini aks ettirib, ancha uzoq muddat davomida qo‘llanilishi mumkin. Tovarning raqobatbardoshligi ixtiyoriy, iqtisodiyot nuqtai nazaridan kichik vaqt oralig‘ida aniqlanadi. Firmaning raqobatbardoshligi - bu nisbiy tasnif, u berilgan firma rivojlanishining raqib firma rivojlanishidan insonlar ehtiyojini o‘z tovarlari bilan qondirish darajasi va ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi jihatidan farqlarini ifodalaydi. Firmaning raqobatbardoshligi uning bozor raqobatlari sharoitlariga moslashish imkoniyatlarini va dinamikasini tavsiflaydi. Shu bilan birga bozor sig‘imi, bozorga chiqishning osonligi, ishlab chiqariladigan tovarning turi, bozorning bir xilligi, mazkur bozorda ishlayotgan korxonalarning raqobatli vaziyatlari, tarmoqda texnik yangiliklarni kiritish imkoniyati kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi. Raqobat strategiyasi asosiy variantlarning 3 hil turi (varianti) mavjud:
Raqobatning asosiy besh tamoyiliga qarshi turish hamda sohaning boshqa firmalariga qaraganda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishish uchun muvaffaqiyat keltirishi muqarrar bo‘lgan uchta asosiy strategik yondashuvni ajratib ko‘rsatmoq zarur. Bular:
Sarf-harajatlar borasida mutlaq yetakchilik
Differensiatsiya
Diqqatni jamlash (Fokusirovaniye)
Kamdan kam yuz bersada, ammo ba’zi hollarda firma bittadan ko‘p yondashuvni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan strategining asosiy variantlardan har qaysisini amalga oshirish uchun, odatda ko‘pchilikning birgalikdagi sa’y-harakatlari va aniq maqsadga yo‘naltirilgan tashkiliy choralar talab etiladi.
Strategiyaning asosiy variantlari sohaning boshqa vakillariga nisbatan birmuncha yuqori natijalarga erishishning asosiy vositasi hisoblanib, bir soha doirasidagi barcha firmalar uchun yuqori darajadagi umumiy daromadni anglatishi mumkin. Bunday hollarda, boshqa sohalardagi kabi strategiyani amalga joriy etish faqatgina maqbul daromadni qo‘lga kiritishdagina zarur bo‘ladi.
Download 31,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish