Rasulova Rayxon O’tkirovna 405-guruh Mavzu: meyoriy tаlаffuzgа o‘rgаtish boskichlаri



Download 18,71 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2022
Hajmi18,71 Kb.
#489497
  1   2
Bog'liq
Nutq texnologiyasi


Rasulova Rayxon O’tkirovna 405-guruh
Mavzu: MEYORIY TАLАFFUZGА O‘RGАTISH BOSKICHLАRI
1. Bolalarni meʼyoriy talaffuzga urgatish yakka tartibda olib boriladi. Logoped, bola bilan o’zaro ishonch va illik, munosabatni yaratishi zarur. Mutaxassisga nisbatan bulgan boladagi ishonch, meʼyoriy talaffuzga urgatishning asosi xisoblanadi. Bolaning golitsib solmasligini taʼminlashda mashkdarni majburiy bajartirmaslik muxim.
2. So’ngra nutq, apparatining kamchiliklarini tekshirish va aniqlash bosqichiga o’tish mumkin.
3. Bolaning lug’at boyligini tekshirish va nutqdagi tovushlar talaffuzini aniqlash bosqichida bir bola uchun shaxsiy daftar tutib, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarini belgilab qo’yish, olib borilayotgan ish jarayonini daftarga qayt etish zarur. Noto’g’ri talaffuzga sabab bo’layotgan xolatlarni aniqlab ishni rejalashtirish muxim.
4. Umumiy artikulyatsion mashqlar ichidan bola nutqida xosil qilinishi kerak bo’lgan tovush uchun meʼyoriy talaffuzni talab qiladigan til, lab, tish xolatlari xarakatini xisobga olgan xolda tanlash bosqichida xar bir bolaga individual yondashish kerak.
5. Maxsus mashqlar va kerakli usullarni qo’llash yo’li bilan meʼyordagi tovush xosil bo’lishi natijasida tovushni sof xolatda uzok, muddat chuzib talaffuz qilish bosqichiga o’tiladi.
6. Sof xolatdagi tovushni unli tovush bilan qo’shib talaffuz etish bosqichi bir nechta mashg’ulotni o’z ichiga oladi.
7. Tovushlarni so’zlarda mustaxkamlash bosqichiga aloxida axamiyat berish zarur. Bola nutqida “3 ” tovushini meʼyoriy Xosil qilinsa-yu “L ” va “R” tovushlari talaffuzi buzilgan bulsa, “3 ” tovushini lug’atda mustaxkamlash uchun so’zlar tanlanganda “L" va “R” tovushi ishtirokidagi so’zlar vaqtinchalik bolaga berilmaydi. Masalan: zar, zuluk, zilzila, zum- rat, Bola lug’atda mustaxkamlanayotgan so’z sof talaffuzni talab qiladi. “L” va “R” tovushlarni meʼyorga keltirgandan so’ng ushbu tovushlar ishtirokidagi suzlar lug’atda mustaxkamlanadi. Bunday talab barcha tovushlarga taalluqlidir. Bola lug’atda mustaxkamlanayotgan tovush so’z boshida, so’z urtasida va so’z oxirida qanday talaffuz qilinishiga aloxida axamiyat berib boriladi.
8. Jumla va gaplar, qofiyali sof nutq mashqi, tez aytish, topishmoq va sheʼrlar individual yondashuvni talab etadi.
9. To’g’ri talaffuzni nutqda faollashtirish uchun nutq o’stirish mashg’ulotlaridan foydalanish mumkin.

YOZMA NUTQ BUZILISHLARI


Nutq — fikr bayon qilish vositasi bo'lib, og'zaki va yozma shaklda
ifodalanadi. Tafakkur nutq yordamida ro'y berib, shu tufayli kishilar bir-
birlari bilan aloqa boglaydilar.
Og'zaki nutq pauza, urg'u, intonatsiya va tovushlar orqali tinglovchiga
borib yetsa, yozma nutq, harf va so'zlaming malum qonuniyat asosida
o'zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlar, gaplarni grammatik
jihatdan aniq va tovushlami bayon qilish orqali yetib boradi. Og'zaki
nutqning yozma nutqdan yana bir farqi shuki, og'zaki nutqni eshitamiz,
yozma nutqni ko'ramiz va o'qiymiz. Yozma nutq murakkab jarayon
bo'lib, u ko'p vaqt mehnat talab qiladi. Sintaksis jihatdan qaraganda
yozma nutq eng to'liq va mukammal nutqdir. Bu nutq ixtiyoriy fikrimizni
ifodalab berishning eng yaxshi vositasidir. Yozma nutq og'zaki nutq asosida
rivojlanadi. Og'zaki nutq hayotda kishilar bilan munosabatda bo'lish,
ularga taqlid qilish yo'li bilan rivojlanib, boladan maxsus o'qish va
o'rganishni talab etmaydi. Yozma nutq esa harflar va belgilar yordami
bilan tovushlar, so'zlar, gaplarni ko'z bilan idrok qilishga, qo'l bilan
yozishga mo'ljallangan nutqdir.
Bolalarning og'zaki nutqida kamchiliklar uchragani kabi, yozma
nutqlarida ham bir qator kamchiliklar uchraydi. Bu holatlar olimlarimiz
tomonidan o'rganilgan bo'lib, olimlar ishining boshlang'ich davri XIX
asrgacha borib taqaladi. O'qish buzilishlarning simptomatikasi va mexanizmlari haqidagi tasawurlar sekin-asta to'planib borgan. Birinchi marta bu buzilishlar nutq faoliyatining mustaqil potologiyasi ekanligi 1877-yilda A. Kussmaul ko'rsatib o'tdi. Keyinchalik esa o'qish va yozuvida turlicha buzilishlari bor bolalami tariflash ishlari yuzaga kela boshladi.
Bu vaqtda ish va yozuvdagi patologiyalar yozma nutqning buzilishi birligi
sifatida ko'rilar edi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida adabiyotlarda o'qish
buzilishlari umumiy aqli zaiflikning simptomi deb va bu buzilishlar faqat
aqli zaif bolalarda kuzatiladi degan fikrlar tarqaldi (F, Baxman va B. Engler).
XIX asrning oxiri, 1896-yilda V. Morgan yozish va o'qishdagi
kamchiliklami aqliy jihatdan sog'lom, bo'lgan 14 yoshli bolada kuzatgan.
V. Morgan bu kamchilikni "orfografik jihatdan to'g'ri yozish va xatosiz
bog'lanishli o'qish qobiliyatining yo'qligidanM kelib chiqadi deb aniqladi.
V.Morgandan so‘ng ko'pgina mualliflar (A.Kussmaul, O.Berkan) o'qish
va yozuvdagi kamchiliklami aqli zaiflikka bog'lamay, nutq faoliyatida
mustaqil kamchilik sifatida o'rgandilar. Angliyalik akulist-shifokor Kerr
va V. Morgan bolalardagi o'qish va yozishdagi buzilishlarga bag'ishlangan
maxsus ishlarini matbuotda e'lon qildilar. Bu esa o'qish buzilishining
nazariy jihatdan o'rganishning boshlang'ich ishi bo'lib hisoblanadi. Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin 1900 va 1907-yillarda Glazgo
shahridan akulist D. Ginshelvud aqliy darajasi normada boMgan bolalarda
uchraydigan o‘qish buzilishi holatlarini o‘z ishida bayon etdi. U bu buzilish
hamisha ham aqli zaiflik bilan birga kelmasligini tasdiqladi. D. Ginshelvud
birinchi boMib o‘qishni o‘zlashtirishdagi qiyinchilikni "aleksiya" termini
bilan nomladi. Bu termin og‘ir va yengil o‘qish buzilishlari manosini
bildirar edi. Shunday qilib, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida 2 ta
qarama-qarshi qarashlar mavjud edi. Birinchi tomondagilar o‘qish buzilishi
— bu aqli zaiflikni bir simptomi, deb qarashsa, ikkinchi tomondagilar
o‘qish nuqsoni — bu alohida buzilish, aqli zaiflik bilan bogMiq emas, deb
hisoblaydilar.
0 ‘qishdagi buzilish aqli zaif bolalarda ham, aqliy darajasi normada
boMgan bolalarda ham va hattoki aqli yetuk, yani istedodli bolalarda
ham uchrashi kuzatiladi. Ikkinchi qarash haqiqatga yaqin, chunki bu
qarash birmuncha ilg‘ordir. O‘qish buzilishini alohida, mustaqil xarakterdagi buzilish deb takidlayotgan mualliflar, bu buzilish tabiatini turlicha ko‘rib o‘tadilar. O‘qish buzilishi asosida ko‘ruv idrokining toliq emasligi yotadi, deb
takidlagan qarashlar ko‘proq uchraydi. Shu qarashga muvofiq disleksiyaning mexanizmi alohida narf va so‘zlardagi ko‘ruv obrazining buzilishi hisoblanadi. Shu bilan bogMiq holda o‘qish va yozuvdagi kamchiliklami "tug‘ma so‘z ko‘rligi" deb nomlana boshladi. Bu yo‘nalishining namoyondalari F. Varburg va P. Ranshburgdirlar.P. Ranshburg o‘qishda kamchiliklari boMgan bolalar bilan harfning ko‘ruv idroki ustida eksperiment tekshirish o‘tkazdi. Uzoq davom etgan tekshiruv natijasida P. Ranshburg "tug‘ma so‘z ko‘rligi" da so‘z shaklini bilishdagi qiyinchiliklar haqida xulosaga keldi. U ko‘ruv idroki maydonini va ekspozitsiyani davomiyligini, yani bu jarayonda bola so‘z va harfni taniy olishini tckshirdi.



Download 18,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish