Ratsional nomenklatura


NH3 Br H3N Rh Br - sis-dibromotetra- H3N amminrodiy(III) ion. NH3



Download 24,77 Kb.
bet2/2
Sana24.06.2022
Hajmi24,77 Kb.
#701115
1   2
Bog'liq
Boltaboyev Sirojiddin 1

NH3 Br H3N Rh Br - sis-dibromotetra- H3N amminrodiy(III) ion. NH3


KOMPLEKS BIRIKMALARNING IZOMERIYASI
Koordinatsion birikmalarda huddi organik birikmalardagi kabi izomeriya hodisasi keng tarqalgan. Ularda uchraydigan izomeriyani ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchisi, tuzilish izomeriyasi va ikkinchisi stereoizomeriyadir. Birinchi gruppaga a) koordinatsion izomeriya, b) ionlanish izomeriyasi, v) gidrat izomeriya, g) koordinatsiyali polimerlanish, d) bog`lanish izomeriyasi, z) konformatsion izomeriya, i) holat izomeriyasi, k) elektron izomeriya, l) transformatsion izomeriya va boshqa izomeriyalar kiradi.
Ikkinchi gruppaga: a) geometrik izomeriyaning sis – va trans – holatlari, b) optik izomeriya kiradi.
Koordinatsion izomeriya. Koordinatsion birikmalarni tashkil etgan tarkibiy qismlari uning ichki qavatlarida turlicha joylashishi mumkin. Bu turdagi izomeriya turli markaziy ionlari va ligandlari bo`lgan ikkita kompleks iondan tuzilgan birikmalarda uchraydi. Masalan, [Cr(NH3)6].[Co(C2O4)3] geksaamminxrom (III)-trioksalat kobalt (III)-dan tashkil topgan, u och-yashil rangli yaproqchalar shakliga ega; uning izomeri [Co(NH3)6] [Cr(C2O4)3] geksaammin kobalt (III)-, trioksalat xrom (III)-esa yashil rangli ignasimon kristallardan iborat.
Ionlanish izomeriyasi. Bir hil tarkibli, lekin eritmada boshqa-boshqa ionlarga parchalanadigan koordinatson birikmalar ionlanish izomeriyasi uchun misol bo`la oladi. Masalan: [Co(NH3)5Br]SO4 va [Co(NH3)5SO4]Br o`zaro ionlashgan izomerlardir. Birinchi suvdagi tuzning eritmasiga bariy xlorid qo`shilganda cho`kma tushadi, ikkinchi tuz eritmasi bariy ioni bilan cho`kma bermaydi.
Gidrat izomeriya. Bir hil tarkibga ega bo`lib, o`z tarkibdagi suv molekulalarining joylanishi bilan bir-biridan farqlanadigan moddalar gidrat izomerlar deb ataladi. Masalan: xrom (III)-xloridni geksagidrati CrCl3.6H2O uch modifikatsiyada uchraydi.
Ulardan birinchisining suvdagi eritmasi och-binafsha rangli; agar bu eritmaga kumush nitrat qo`shsak, koordinatsion birikma tarkibidagi xlorning hammasi kumush ioni bilan bog`langan holda cho`kmaga tushadi; eritmaning molekulyar elektr o`tkazuvchanligi 4 ta ionga parchalanadigan elektrolit eritmasining molekulyar elektr o`tkazuvchanligiga yaqin keladi. Demak, xlor ionlari koordinatsion birikmaning tashqi sferasiga joylashib, suv molekulalari ichki sferani band qiladi; uning formulasi [Cr(H2O)6]Cl3. Ikkinchi tuzning suvdagi eritmasi yashil rangli, unga AgNO3 qo`shsak, barcha xlor ionlarining faqat uchdan bir qismi cho`kadi. Demak, uning tashqi sferasida 1ta xlor 2ta suv bo`ladi, ya'ni [Cr(N2O)4Cl2]Cl2H2O. Uchinchi izomer ham yashil rangli eritma hosil qiladi. Uning eritmasiga kumush nitrat qo`shsak, xlorning uchdan ikki qismi cho`kadi. Uning formulasi [Cr(H2O)5Cl]Cl2.H2O bo`ladi.
Shuni ham aytib o`tish kerakki, bunday izomeriya faqat tuzlarning gidratlarida uchrabgina qolmay, balki suv, piridin va boshqa moddalar bo`lganda ham uchrashi mumkin.
Koordinatsiyali polimerlanish. Koodinatsion polimer kompleks birikmalar o`zaro bir-biridan faqat ligandlarning joylanishi bilan emas, balki o`zinig molekulyar massasi bilan ham farq qiladi. Koordinatsiyali polimerlanish kobalt, xrom, radiy va boshqa elementlarning kompleks birikmalarida ko`p uchraydigan hodisadir. Masalan, emperik formulasi [Pt(NH3)2Cl2] bo`lgan modda 4 shaklda uchraydi 1) [Pt(NH3)2Cl2], 2) [Pt(NH3)4] [PtCl4], 3) [Pt(NH3)4]. [Pt(NH3)Cl3]2, 4) [Pt(NH3)3Cl]2 [PtCl4].
Bog`lanish izomeryasi. Ba'zi ligandlar, masalan, SN-, SCN-, NO2- va boshqa shunga o`xshash ligandlar tarkibida ikkita donor atom bo`ladi.
Shu sababli ular markaziy atom bilan turlicha koordinatsiya holatida bo`lishi mumkin. Bu esa izomerlarning hossalarida farq paydo bo`lishiga olib keladi. Masalan, rodanid ionining −SCN va SCN− holatlari hisobiga hosil qilgan izomerlari infraqizil spektrlari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Shunday izomerlardan yana biri, masalan: kobaltning sariq rangli ksanto tuzi [Co(NH3)5]NO2CI2 va izoksanto tuzi [Co(NH3)5ONO]CI2 ni olaylik. Ksanto tuzda kobalt (III)-ioni ligand bilan nitrogruppa NO2 ning azot atomi orqali, izoksanto tuzda esa kobalt (III)-ioni ligand bilan nitrogruppaning kislorod atomi (O=N-O- orqali birikkan. Bunday zarrachalar ko`pincha ambidentat ligandlar deb ataladi. Ksanto tuzlar mineral kislotalar ta'sirida parchalanmaydigan sariq tusli moddalardir. Lekin, izoksanto tuzlarga mineral kislota qo`shilsa, ular parchalanib nitrit kislota ajralib chiqadi. Izoksanto tuzlar och-jigar rangliligi bilan ksanto tuzlardan farq qiladi. Izoksanto tuzlariga mineral kislota qo`shilganda HNO2 ning ajralib chiqishi kompleks birikmaning ichki sferasida O=N-O-gruppa borligini bildiradi.
O`rinbosarlar izomeriyasi. (yig`indi izomeriya). Bunday birikmalarning koordinatsion qavatidagi ligandlardagi ba'zi atomlarning umumiy miqdori bir xil bo`lsa ham, ular turli ligandlar tarkibida har xil miqdorda bo`lishi mumkin, masalan,
[Co(NH3)4(CIO3)(NO3)]+ va [Co(NH3)4(CIO4)(NO2)]+ yoki
[Co(NH3)(SO3)(SCN) va [Co(NH3)4(S2O3)(CN)]
Ligandlar izomeriyasi. Koordinatsion qavatda markaziy atomga birikkan ligandning o`zi turli izomerlar holatida bo`lishi mumkin. Masalan, koordinatsiyada aminobenzoy kislotaning orto-, meta- va para-izomerlari qatnashganda ligandlarning o`zi bir biridan farq qiladigan xossalari natijasida ularning hosil qilgan koordinatsion birikmalari ham bir biridan farq qiladi. Bunga misol tariqasida piridinkarbonkislotaning turli fazoviy izomerlarini keltirish mumkin.
Download 24,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish