Ravish. Ravishning ma'nosi va grammatik belgilari



Download 93,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana30.12.2021
Hajmi93,9 Kb.
#193748
  1   2   3   4
Bog'liq
Ravish1



Ravish. Ravishning ma'nosi va grammatik belgilari 

 

Fe' Idan anglashilgan harakat va holatning belgisini, o'mini, paytini, sifatdan 



anglashilgan belgining belgisini bildiradigan so'zlar ravish deyiladi. Ravishlar ifoda 

xususiyatiga ko'ra sifatga yaqin, biroq sifat predmetning belgisini, ravish esa harakat 

yoki belgining belgisini ifodalaydi. Shuning ucun sifatlar otga, ravish esa fe'lga, 

sifatga, ravishga va ba'zan otga ham bog'lanib keladi. Masalan, sekin yurmoq, tez 

gapirmoq , tez kunlarda, ko'p so'z kabi. 

 

Ravishlar morfologik jihatdan o'zgarmaydi, ya'ni turlanish va tuslanish xususiyatiga 



ega emas. Ravishlar ham sifatlar singari belgini darajalab ko'rsata oladi. Ravishlarda 

belgining kamligi -roq qo'shimcha orqali hosil bo'ladi: ozroq, sekinroq, kamroq kabi. 

 

- roq qo'shimchasi ba'zan belgini kuchaytirib ham ifodalaydi: tezroq, ko'proq, mo'lroq, 



ertaroq kabi. 

 

Belgining kuchliligi ravishlarda eng, juda, g'oyat, nihoyat, nihoyatda, so'zlarini 



ravishdan oldin keltirish bilan hosil bo'ladi: juda erta, nihoyatda tez, g'oyat do'stona 

kabi. 


 

Ravishlarning ma'no turlari. Ravishlar ma'no va grammatik jihatdan quyidagi turlarga 

bo'linadi: holat (tarz) ravishlari, miqdor-daraja ravishlari, payt ravishlari, o'rin 

ravishlari, sabab ravishlari, maqsad ravishlari. 

 

Holat ravishlari ish-harakatning qay holatda, qay tarzda bajarilishini ifodalab qanday? 



qay holatda? qay tarzda? so'roqlariga javob bo'ladi. 

 

Quyidagilar holat ravishlaridir: asta , sekin, tez, yayov, birdan, jim, to'satdan, 



qo'qqisdan, tasodifan, mardona, do'stona, birma -bir, yuzma- yuz, yelkama- yelka, 

yonma-yon, mardlarcha, yangicha, muzday, qushday va boshqalar. Holat ravishlari 

gapda asosan ravish holi vazifasida keladi: Po'lat qoplangan zalvorli eshik asta 

g'ichirlab ochildi-yu, qorong'i bo'shliq ko'rindi. (0. Yo.) Otga bog'lanib aniqlovchi 

vazifasida keladi. Masalan, Ali Qushchi qo'llarini ko'ksiga qovushtirganicha muzday 

devorga suyanib turardi. (O. Yo.) Kesim vazifasida keladi: Osmon boyagina feruza 

shishadek tip-tiniq edi.(O'. U.) 

 

Miqdor -daraja ravishlari ish-harakat yoki belgining miqdorini bildirib, qancha? 



qanday? so'roqlariga javob bo'ladi. Shunga ko'ra bu ravishlar miqdor ravishlari va 

daraja ravishlari kabi turlarga bo'linadi. 

 

Miqdor ravishlari predmetning noaniq miqdorini bildiradi: oz, ko'p, ancha, sal, bir oz, 



bir muncha, mo'l, kam, xiyla va boshqalar. Daraja ravishlari harakat va belgining 

ma'nosini kuchaytiradi: juda, g'oyat, nihoyat, nihoyatda, benihoyat kabi. Miqdor-

daraja ravishlari gapda asosan ravish holi: Xo'jayin gapimni birov eshitib qolmasin, 

deganday qaddini sal egib pastroq ovozda qolmasin, dedi. (T.Mal.) Aniqlovchi: - 




Ma'zur ko'rsangiz, - dedi u shoshib. - Ko'p mushkul yumush bu. (O.Yo.) Kesim 

vazifalarida keladi: Ikkitagina mashinaning boshqa ishlari ko'p. (S.A.) 

 

Payt ravishlari ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon? qachondan beri? 



so'roqlariga javob bo'ladi: kecha, bugun, erta, indin, sahar, tushda, kechqurun, 

peshinda, bultur, bu yil, o'tgan yil, bugun-erta, oldin, hozir, keyin va boshqalar. Payt 

ravishlari gapda payt holi vazifasida keladi: Aravalar ham ertalab idora oldida bo'ladi. 

Ketadiganlar hozir dalada. (S.A.) 

 


Download 93,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish