Referat bajardi: Qurbonova Gulchehra


Psixologik xizmat predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 33,41 Kb.
bet4/8
Sana01.01.2022
Hajmi33,41 Kb.
#302608
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Psixologik xizmat

3.Psixologik xizmat predmeti, maqsadi va vazifalari.

Prezidentimiz o’zining O’zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo’lini ifodalovchi boshqa qator ma'ruzalari, asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma'naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning ozaro ajralmas, bir-birini to’ldiradigan,

o’zaro ta'sir, aks ta'sir etadigan muhim omillari ekanligini, ayni paytda bugungi iqtisodiy onglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma'naviy onglanish, ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un bo’lishini ta'minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta ta'kidlaydi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo’ygan talablar asosida qaror toptirishga ko’maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog’liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama

rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo’nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida kopgina olimlar oz fikr-mulohazalarini bildirganlar hamda bildirib kelmoqdalar. Ayniqsa, I.V.Dubrovina va X.Y.Liymets, Yu.L.Sierdlarning kop yillik tadqiqotlari natijasi olaroq, umumta'lim maktablarida psixologik xizmatning joriy etilishi bu boradagi MDH mamlakatlarida qoyilgan ilk qadam ekanligini alohida qayd etish mumkin. Qolaversa, ozbek olimlaridan E.G.Goziev, M.G.Davletshin, G.B.Shoumarov, B.R.Qodirov, R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, N.A.Soginovlarning ham O’zbekiston o’rta umumta'lim maktablari va oila tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish uchun ma'lum darajada asos bolmoqda. Xalq ta'limi tizimidagi va o’rta maxsus kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi – shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, tolaqonli psixologik taraqqiyotni ta'minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Psixologik xizmatda tadqiqot va ta'sir o’tkazish obyekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, maxsus oquv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o’qituvchilar, ota-onalar bo’lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.

Psixologik xizmat uch asosiy bogindan tuzilgan:

1) Aniq oquv muassasasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi.

2) Tuman xalq ta'limi qoshidagi tashhis markazi.

3) Respublika kasb-hunarga yonaltirish va psixologik-pedagogik tashhis

markazi.

Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo’lishi mumkin:

a) xalq ta'limi va o’rta maxsus kasb-hunar ta'limi xodimlari, o’quvchilar,

talabalar bilan ma'ruzalar turkumi, aholining psixologik madaniyatini o’stirish

maqsadida trening mashg’ulotlari o’tkazish;

b) ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish; v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar; g) psixodiagnostik tadqiqotlar otkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar);

d) psixologik maslahat berish;

e) psixologik konsiliumlar o’tkazish;

j) ta'lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorreksion treninglarni amalga oshirish;

z) psixologik tadqiqot obyektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda oquv dasturi, oquv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar.

Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo’nalishi: dolzarb va kelajak yo’nalishlari mavjud. Dolzarb yo’nalish o’quvchilar ta'lim tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular xulq-atvoridagi, muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qaratilgan. Kelajak yo’nalishi har bir bola individualligini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o’quvchi shaxsi garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g’oyani olib kiradi. Ikki yo’nalish ham bir-biri bilan bogliq.

Kollejlardagi va akademik litseylardagi psixologik xizmat o’rta maxsus ta'limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi kollej va akademik litsey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o’quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta'minlaganligini psixologik xizmat to’g’ri tashkil etilgan deyish mumkin. Psixolog o’zining inson xulq-atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o’quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o’zaro munosabat xususiyatlariga, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga bogliqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta'minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo’lishi mumkin bo’lgan sabablarini psixologik-pedagogik korrektsiya qilish yo’llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o`quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.

Psixologik xizmatni uch nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin: ilmiy nuqtai nazar, tashviqot nuqtai nazar va amaliy nuqtai nazar.

Ilmiy nuqtai nazar, tashviqot nuqtai nazar va amaliy nuqtai nazarlarning birligi psixologik xizmat predmetini tashkil etadi.




Download 33,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish