Referat fan: Fizika



Download 43,07 Kb.
bet1/3
Sana12.07.2022
Hajmi43,07 Kb.
#778212
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
farrux fizika

REFERAT


Fan:Fizika


Mavzu:Gravitatsion maydon va tezliklar

Muallif:Ashurov Farrux






2022



REJA:
1.Gravitatsiya
2.Gravitatsion maydon
3.umumiy nisbiylik
Gravitatsiya (lotincha: gravitas) yoki tortishish — tabiiy fenomen boʻlib, fizik jismlarning bir-biriga ularning massasiga mutanosib kuch bilan tortilishida namoyon boʻladi. Gravitatsiya jismlarga vazn beradi. Gravitatsiya tarqoq materiyani yigʻadi, yigʻilgan materiyani esa birga ushlab turadi; shuning hisobiga Yer, Quyosh va olamdagi boshqa makroskopik jismlar yuzaga kelgan va mavjud.
Gravitatsiya tufayli Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi; sayyora va yulduzlar ichi qiziydi; tabiatda konveksiya sodir boʻladi va hk.
Gravitatsiya toʻrt fundamental oʻzaro taʼsirdan biridir (boshqalari — elektromagnetizm, kuchli oʻzaro taʼsir va kuchsiz oʻzaro taʼsir).

Butunjahon tortishish qonuni
Gravitatsiya — har qanday jismlar orasida vujudga keluvchi universal oʻzaro taʼsir. Agar oʻzaro taʼsir kuchsiz va jism yorugʻlikning vakuumdagi tezligiga Karaganda juda kichkina tezlik bilan harakatlanayotgan boʻlsa, Isaac Newtonning butun olam tortishish qonuni oʻrinli boʻladi. Oʻzaro taʼsir kuchli va jism harakatining tezligi yorugʻlikning vakuumdagi tezligiga yaqin boʻlgan hollarda esa, Albert Einstein yaratgan umumiy nisbiylik nazariyasi gravitatsiyani toʻgʻri ifodalaydi.rostan
Newton oʻzining „Tabiat falsafasining matematik prinsiplari“ (1687) asarida gravitatsiya qonuniga birinchi boʻlib toʻliq taʼrif berdi. Nyuton taʼrifiga binoan, ikki moddiy zarra (li, va Gʻi2)ning oʻzaro gravitatsiya kuchi ularning massalariga toʻgʻri proporsional, orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional va ularni birlashtiruvchi toʻgʻri chiziq boʻyicha yoʻnalgan.
Newtonning ikkinchi qonuniga asosan, t massali jism gravitatsiya kuchi taʼsirida Yer bilan bogʻliq boʻlgan sanoq tizimiga nisbatan biror a tezlanish bilan harakatga keladi.
Formuladagi kattaliklar oʻzgarmas qiymatga ega ekanliklarini eʼtiborga olsak, jism harakatiga qarshilik koʻrsatuvchi kuchlar mavjud boʻlmagan hollardagi Yer sirtiga yaqin balandliklarda har qanday jism bir xil tezlanish bilan tushadi, degan xulosaga kelinadi.
Osmon mexanikasi Newtonning gravitatsiya qonuniga asoslangan. Kosmosda tabiiy yoki sunʼiy jismlarning harakatlarini tekshirishda shu qonunga amal qilinadi. Koʻpgina hollarda Nyutonning gravitatsiya qonuni tufayli yangi sayyoralar, yoʻldoshlar aniqlandi, astronomiya qator yangi yutuqlarga erishdi. Shu bilan birga, bu qonun tushuntirib berolmagan Merkuriy, Venera, Mars sayyoralari perigeliylarining harakati kabi ayrim hodisalar ham maʼlum edi. Shu kabi uchraydigan chigalliklarni bartaraf qilish maqsadida olimlar Newton gravitatsiya qrnunining matematik ifodasiga turli qoʻshimchalar kiritishga urindilar. Ammo bunday urinishlar natija bermadi. Kuchli gravitatsion maydonlarga (har qanday fizik obyektlarning hosil qiladigan maydoni gravitatsion yoki tortishish maydoni deyiladi. Gravitatsion maydon Einsteinning umumiy nisbiylik nazariyasida toʻrt oʻlchovli tenzor potensiali orqali bayon qilinadi) va bu maydonlarda yorugʻlik tezligiga yaqin tezliklar bilan harakatlanuvchi jismlarga tatbiq qilishda Nyuton gravitatsiya qonunining butunlay ojizligi aniqlandi. Bunday hollarda Eynshteyn yaratgan gravitatsiya nazariyasidan foydalanish juda yaxshi natija beradi.[1]
"Gravitatsiya maydoni" bu erga yo'naltiriladi. Yerning tortishish kuchi maydoni uchun qarang Yerning tortishish kuchi.
Yilda fizika, a 
Download 43,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish