Referat mart – xalqaro xotin-qizlar kuni



Download 46,5 Kb.
Sana31.07.2021
Hajmi46,5 Kb.
#133405
TuriReferat
Bog'liq
8-MART

REFERAT

MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI

MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI

Muhtarama onaxonlar! 


Munis opa-singillar, lobar qizlarim! 
Go‘zal yurtimizga barchamiz orziqib kutgan ko‘klam nafasi kirib kelayotgan mana shu yorug‘ kunlarda siz, azizlarimni, sizlar orqali butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan baxtiyorman.
Bahor tobora kuchga kirib, tabiat uyg‘onib borayotgan shu qutlug‘ ayyomda sizlarning aziz va qadrdon yuzlaringiz, ko‘zlaringizga boqib, samimiy tuyg‘u va tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, biz bahor va ayol so‘zlarining naqadar uyg‘un va hamohang ekanini yanada chuqur anglaymiz. Ayol zoti chindan ham o‘z timsolida go‘zallik va nafosat, ezgulik va fidoiylik kabi olijanob insoniy fazilatlarni mujassam etganiga yana va yana bir bor ishonch hosil qilamiz. 
Darhaqiqat, biz hayotimiz mazmuni bo‘lgan sevgi va sadoqat, mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi eng nozik, sirli tuyg‘ularni Yaratganimizning beqiyos mo‘jizasi bo‘lmish ayol zotisiz aslo tasavvur etolmaymiz. Ayol deganda, ko‘z o‘ngimizda avvalo oq sut berib, barchamizni o‘z bag‘rida asrab-avaylab voyaga yetkazadigan, butun hayotini farzandiga baxshida etadigan dunyodagi eng muqaddas zot – Ona siymosi namoyon bo‘ladi. Mehribon va mushfiq onalarimizning ana shunday buyuk xizmatini so‘z mulkining sultoni, ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning «Jismni qil sadqa ano boshig‘a» degan hikmatli so‘zlaridan o‘tkazib ifoda etishning o‘zi qiyin, deb o‘ylayman. 
Shu ma’noda, asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligini ta’minlab kelayotgan aziz va mukarram Ona siymosi, ayol zoti oldida bosh egib ta’zim qilish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.
Qadrli opa-singillar!
Bugungi kunda hayotimizning qaysi soha va yo‘nalishini olmaylik – bu davlat va jamiyat qurilishi yoki ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘ladimi, fermerlik va tadbirkorlik, tibbiyot, ta’lim-tarbiya, fan va madaniyat, san’at bo‘ladimi – ularning rivoji va samarasini oshirishda, yurtimizda hech kimdan kam bo‘lmaydigan demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishda, xalqaro maydonda davlatimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishda opa-singillarimizning katta hissa qo‘shayotgani haqida ko‘p gapirish mumkin. Xususan, ayollarimizning siyosiy-ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ta’siri ortib borayotganini davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘indagi vakillik organlarida 1131 nafar xotin-qiz, jumladan, Oliy Majlisimiz tarkibida 48 nafar senator va deputat faoliyat ko‘rsatayotgani, qariyb 332 ming ayol siyosiy partiyalarning a’zosi sifatida o‘z salohiyatini namoyon qilayotgani, fuqarolik jamiyatining tayanchi bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarda ularning faol ishtirok etayotganida ko‘rish, kuzatish qiyin emas. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning qobiliyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirgan ulkan ishlarimiz haqida albatta ko‘plab misollarni olib kelish mumkin. Birgina «Sog‘lom ona – sog‘lom bola» deb nom olgan, bugungi kunda umummilliy harakatga aylangan dasturimiz doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning o‘zi ilgari hayotimizda, tariximizda hech ko‘rilmagan salmoqli natijalari bilan ko‘pchilikning hayrati va havasini uyg‘otmoqda. 
Yurtimizda zamonaviy tibbiyot muassasalarining mustahkam tizimi yaratilib, barcha hududlarimizda skrining va perinatal markazlari, tug‘ruqxona va sog‘lomlashtirish komplekslari, 3200 ta qishloq vrachlik punktlari tashkil etilgani, ular zarur tibbiy uskuna va jihozlar bilan ta’minlangani bu boradagi ulkan ishlarimizning bir qismi, xolos. Bunga qo‘shimcha qilib, o‘tgan yili amalga oshirilgan «Barkamol avlod yili» davlat dasturi bo‘yicha shu yo‘nalishda 8 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanganini yana bir bor eslash o‘rinlidir. Bu kabi yutuq va marralar albatta barchamizni mamnun etadi, lekin bunday keng ko‘lamli, uzoqni ko‘zlab olib borayotgan ishlarimizning ma’no-mohiyatini, kelajak avlod uchun ahamiyatini, hech shubhasiz, eng avvalo ayollarimiz, onalarimiz ko‘proq tushunadi va qadriga yetadi, deb o‘ylayman. Bizning aynan ana shunday ulug‘ maqsadga qaratilgan barcha sa’y-harakat va intilishlarimiz bugungi kunda jahon jamoatchiligi tomonidan yuksak baholanib, xolis e’tirof etilmoqda. 
Bu haqda gapirganda, Xalqaro Bolalar jamg‘armasi – YUNISEFning Sharqiy Yevropa, Boltiqbo‘yi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bo‘yicha ofisi onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi dasturlarni joriy qilishda O‘zbekistonni mintaqadagi namuna deb tan olganini qayd etish lozim. Tinch va osoyishta hayotning, mehr-oqibat, shafqat va muruvvat tuyg‘ularining qadriga yetadigan jonkuyar va oqila ayollarimizning oila va mahallada, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va hamjihatlik, fayzu baraka, sog‘lom muhitni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari har qancha e’tiborga loyiqdir. Shu bilan birga, barchamiz yaxshi tushunamizki, bugungi murakkab va tahlikali zamonda tinch va osuda hayotimizni, farzandlarimizning baxtu kamolini ko‘rolmaydigan g‘arazli kuchlar ham yo‘q emas. Ayniqsa, dunyoda, olis va yaqin atrofimizda qarama-qarshilik va ziddiyatlar kuchayib borayotgan hozirgi paytda yoshlarimizning ongi va qalbini turli zararli ta’sirlardan asrash, doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashash zarurligini aslo esimizdan chiqarmasligimiz darkor. 
Aziz vatandoshlar!
Biz bu yil O‘zbekistonimizning yangi tarixidagi buyuk sana – mustaqilligimizning 20 yilligini eng ulug‘ va eng aziz bayram sifatida keng nishonlaymiz. Bir qarashda, 20 yil ko‘hna tarix uchun qisqa bir muddat, albatta. Lekin bu davr biz uchun o‘z mohiyati va ahamiyatiga, amalga oshirgan ishlarimizning ko‘lami va miqyosiga ko‘ra, haqiqatan ham asrlarga teng davr bo‘ldi, deb aytishga bugun barcha asoslarimiz bor. Ana shu vaqt mobaynida biz Vatanimizning yorug‘ kelajagi, uning ravnaqi yo‘lida qancha-qancha og‘ir sinovlardan o‘tdik. 90-yillarda davlatimiz endigina shakllanib, mustaqil taraqqiyot sari dastlabki qadamlar qo‘yayotgan murakkab kunlar bo‘ladimi, chetdan turib bizga ta’sir o‘tkazish uchun qilingan turli bosim va tazyiqlar bo‘ladimi, iqtisodiy uzilish va yetishmovchiliklar sharoitida, o‘ta og‘ir bir vaziyatda bozor munosabatlarini joriy etish bo‘ladimi, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash bo‘ladimi – bularning barchasi, o‘ylaymanki, yangi tariximizda chuqur iz qoldiradigan davr sifatida xalqimiz xotirasidan hech qachon ko‘tarilmaydi. Ishonamanki, erkin va mustaqil fikrlaydigan yosh avlodimiz ham mamlakatimiz bosib o‘tgan bu o‘chmas yo‘ldan zarur xulosa va saboqlar chiqarib, mag‘rurlanib yashaydi. 
Ortimizda qolgan ana shu qiyinchilik va muammolarni yurtimizdagi har qaysi oila, har qaysi mahalla, shahar va qishloq ahli o‘z boshidan o‘tkazdi. Lekin, qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib, xolisona aytadigan bo‘lsak, bunday qiyinchilik va tashvishlar avvalambor zahmatkash ayollarimizning yelkasiga tushdi. Va ularning sabr-bardoshi va chidamliligi, donoligi va shukronalik fazilatlari, ertangi kunga ishonchi yurtimizning ana shunday sinovlarni yengib o‘tishida mustahkam zamin va asos bo‘ldi, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman. Bugungi kunda, iqtisodiyotimiz tobora rivojlanib, hayotimiz obod va farovon bo‘lib borayotgan, barqaror taraqqiyot sur’atlarimizni dunyo hamjamiyati tan olayotgan bir paytda mana shunday yorug‘ kunlarga yetib kelishimizga unutilmas va beqiyos hissa qo‘shgan, dalada va korxonalarda, ta’lim va shifo maskanlarida, boshqa ko‘plab soha va tarmoqlarda o‘zini ayamasdan mehnat qilayotgan, oila hayotini tebratib, yosh avlodimizni barkamol etib tarbiyalayotgan siz qadrdon opa-singillarimizga tasannolar aytib, barcha-barchangizga o‘zimning chuqur minnatdorligimni bildirishga ijozat bergaysiz.
Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan barcha reja va dasturlarimiz va ularni amalga oshirish haqida gapirganda, bir haqiqatni takror va takror aytishni istardim – o‘z oldimizga qo‘ygan ezgu maqsad-muddaolarimizga yetishda men siz, aziz ayollarimizni asosiy tayanchim va suyanchim, eng yaqin maslakdoshlarim deb bilganman va bundan buyon ham shu fikrda qolaman.

Muhtarama opa-singillar!


Barchangizni qutlug‘ bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklar ekanman, sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. 
Doimo toleingiz baland, rizqu nasibangiz ziyoda bo‘lsin!
Hamisha omon bo‘ling, azizlarim, mehribonlarim!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
Download 46,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish