Referat Mavzu: Kuydurgi qutirish qoqshol kasaligi. Bajardi: Tekshirdi: Toshkent 2023 Reja



Download 11,78 Kb.
bet2/2
Sana19.04.2023
Hajmi11,78 Kb.
#930372
TuriReferat
1   2
Bog'liq
Kuydurgi qutirish qoqshol kasaligi.

Quturish — neyrotrop virus qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli zoonoz kasalliktomir tortishishi, falajlik, hiqildoq va nafas muskullarining spazmi bilan kechadi. Quturish qadimdan maʼlum, uni suvdan choʻchish kasalligi deb ham atashgan (qarang Gidrofobiya). Fransuz olimi Lui Paster XIX asrning 2-yarmida quturish kasalligiga qarshi vaksina kashf etdi, shu sababli quturishga qarshi tadbirlarni amalga oshiradigan barcha muassasalar Paster stansiyalari deb yuritila boshlandi. Ularning faoliyati tufayli quturgan hayvon tishlaganidan soʻng vaqtida emlangan millionlab odamlar hayoti saqlanib qolindi. Qoʻzgʻatuvchisi quturishning yovvoyi virusi, u nerv hujayralarini tanlab jarohatlaydi. Virus sovuqqa chidamli, muzlatilganda uzoq saqlanadi. Tashqi muhitda, shuningdek, qaynatilganda, 3—5% li lizol, xloramin eritmalarida tez nobud boʻladi.
Kasallikning yashirin davri hayvonlarda 14—16 kun. Shundan keyin bezovtalik, yirtqichlik, xatti-harakatning oʻzgarishi, koʻp soʻlak ajralishi kuzatiladi. Hayvon hech narsa ichmay, yemay qoʻyadi. Soʻngra tomir tortishishi, falajlik boshlanib, hayvon oʻlib qoladi.
Odamga quturish virusi kasal hayvon, asosan, it, mushuk va boshqa jonivorlar tishlaganida yoki soʻlagi teri yuzasiga tushganida yuqadi. Odamda quturish kasalligining yashirin davri 15 kundan bir necha oygacha (oʻrtacha 20— 30 kun) davom etadi. Quturgan it boʻyin, yuzni tishlaganda bu davr qisqaroq, oyoqni tishlaganda uzoqroq boʻladi.
Diagnostikasi
Tishlangan jarohatning topilishi yoki hayvon so‘lagining shikastlangan teriga tushishi katta ahamiyatga ega. Odamda muhim belgilardan biri bu suvdan qo‘rqish, suv yoki ovqatlarni ko‘rganda yutish mushaklarining spazmi yuz berishi tufayli bemorlar hatto bir stakan suv ham icha olmaydilar. Havoning bir ozgina harakati ham mushaklar qisqarishiga sabab bo‘ladi – aerofobiya. So‘lak oqishining kuchayishi bunday bemorlarga xos belgilardan bo‘lib, so‘lagi og‘iz burchagidan doim oqib turadi. Diagnozni laboratoriyada tasdiqlash talab qilinmaydi.
Qoqshol (lot. Tetanus) — bu asab tizimining shikastlanishi va skelet mushaklarining tonik tirishishi va umumiy talvasalar (судороги) bilan namoyon bo’ladigan sapronoz bakterial o’tkir yuqumli kasallik. Patogenning yuqishi kontakt mexanizm orqali sodir bo’ladi.
Bemor boshqalar uchun yuqumlilik xavfini tug’dirmaydi. Kasallik o’chog’ida epidemiologik tadbirlar o’tkazilmaydi;
Kasallikdan keyin immunitet rivojlanmaydi;
Qoqshol infektsiyasidan so’ng tuzalib ketish yangi kasallanishdan himoya qilmaydi;
Kasallikning rivojlanishi uchun yetarli bo’lgan oz miqdordagi qoqshol toksinlari kerakli antitana titrlarini ishlab chiqarilishini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun qoqsholning klinik shakllari bo’lgan barcha bemorlar tashxis qo’yilgach yoki tiklanishdan keyin darhol qoqshol anatoksini bilan emlanishlari kerak.
Etiologiyasi
Qoqshol qo’zg’atuvchisi gram-musbat qoqshol tayoqchasidir (lot. Clostridium tetani) — spora hosil qiluvchi anaerob sanaladi, ya’ni u kislorodsiz muhitda yashaydi. Bu uchlari dumaloq bo’lgan, uzunligi 4-8 mkm va eni 0,3-0,8 mkm, 20 tagacha uzun xivchinga ega bo’lgan harakatchan ingichka tayoqchadir.
Qoqshol qo’zg’atuvchisi ubikvitar (hamma joyda yashovchi) toifasiga kiradi, ammo ayni paytda shartli patogen mikroorganizm sanaladi. U odam va hayvonlar ichaklarining normal florasi tarkibiga kirib, u yerda xo’jayin organizmga zarar yetkazmagan holda yashaydi va ko’payadi.
Bakteriyalar kislorod mavjud bo’lganda va 4 °C dan kam bo’lmagan haroratda spora hosil qiladi. Sporalar tashqi ta’sirlarga chidamli: 90 °C gacha haroratga 2 soat, qaynatilganda 1-3 soat, quruq holatda 150 °C gacha haroratga bardosh bera oladi, sho’r dengiz suvida 6 oygacha yashaydi.
Kislorod mavjud bo’lmaganda, 37 °C harorat va yetarli namlik sharoitida sporslar beqaror vegetativ shaklga o’tadi.
Qo’zg’atuvchi qoqshol ekzotoksini ishlab chiqarsfi, u bakterial zaharlardan biri bo’lib, kuchi bo’yicha botulinotoksindan keyingi o’rinda turadi. Toksin isitish, quyosh nuri, ishqorli muhit ta’sirida parchalanib ketadi. Ichak shilliq qavati orqali so’rilmaydi, shuning uchun yutilganda xavfsiz sanaladi.
Qoqsholni davolash
Bemor ixtisoslashgan shifoxonaga darhol gospitalizatsiyalanishi kerak. Davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Infektsiyaning asosiy o’chog’ida patogenga qarshi kurash (yarani ochish, tozalash va aeratsiya qilish).
Qoqsholga qarshi zardob yuborish orqali qoqshol toksinini zararsizlantirish.
Talvasaga qarshi davo choralari (total miorelaksatsiya).
Ovoz o’tkazmaydigan aseptik boks.
Organizmning hayotiy funktsiyalarini ta’minlash (o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasi, yurak faoliyatini kuzatish).
Asoratlarni oldini olish va davolash (hamrohlik qiluvchi infektsiyalarga, trombozga qarshi kurash), konvulsiyalarda mexanik shikastlanishning oldini olish.
To’laqonli ovqatlanish va parvarish.
Download 11,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish