Referat mavzu: O’zbekiston Respublikasi va boshqa qo’shni davlatlar iqtisodiyoti. Xozirgi kundagi Iqtisodiyot



Download 32,02 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi32,02 Kb.
#725833
TuriReferat
Bog'liq
Mamlakat iqtisodiyotida tayyor




REFERAT
Mavzu: O’zbekiston Respublikasi va boshqa
qo’shni davlatlar iqtisodiyoti.


Xozirgi kundagi Iqtisodiyot
Iqtisodiyot — yunoncha "oykos" va ("nemein" so'zidan olingan)"nomiks" soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib,"oykonomia", ya'ni uy xoʻjaligini boshqarish degan maʼnonianglatadi. "Ekonomika" soʻzi ommaviy oʻzbek lugʻatiga oʻtilganda"iqtisodiyot" atamasiga oʻzgaradi. Iqtisodiyot cheklanmaganehtiyojlarni, cheklangan resurslardan samarali foydalanibboshqarishni oʻrganuvchi fan.
Mamlakat iqtisodiyotida yuzaga kelgan ahvolga chuqur tahlillar yordamida xolisona baho berish va yuzaga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish borasida muayyan ketma-ketlikka amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish — bugungi kunning eng dolzarb vazifasi ekanligini hamma yaxshi tushunadi. Raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etish masalasining eng murakkab tomoni — bu kelajakda mamlakat iqtisodiyotida lokomotiv rolini bajaradigan sohalarni tanlab olishdan iborat.
Asossiz stereotiplar va eskicha fikrlashlar chetga surilib ish tutilsa, mamlakatimizni qiyin iqtisodiy holatdan chiqib ketishini ta`minlashi mumkin bo'lgan soha — bu qishloq xo'jaligi bo'lib chiqadi. Iqtisodiyot nazariyasidan ma`lumki, agrar sohani rivojlantirish uchun boshqa sohalarga nisbatan kamroq iqtisodiy resurslar talab etiladi. Agar yaqin besh yilda mamlakatimiz sanoatiga 10–15 milliard AQSh dollariga teng investitsiyalar jalb etish yo'li bilan uni 1,5 baravarga o'stirish mumkin bo'lsa, shu vaqtning o'zida bir necha baravar kam, asosan, ichki moliyaviy resurslar yordamida qishloq xo'jalik mahsulotlarini ikki baravar ko'paytirish mumkin.
Buning isboti tariqasida shunday misol keltirish mumkin: bir gektar yerdan 40 sentner bug'doy olinsa — daromad jahon bozori narxlarida 800 dollarni tashkil etadi. Shu maydondan olinishi mumkin bo'lgan 7–8 tonna uzumning qiymati taxminan 8 ming dollarga teng. Farq — 10 baravar. G'allani o'rniga 300 ming gektarda yuqorida ko'rsatilgan ekinlar joylashtirilsa, 5 yildan keyin eksport hajmi qo'shimcha 10 milliard dollarga ko'payadi. Suv resurslari, mineral o'g'itlar, yoqilg'i sarfining kamayishini inobatga olsak, eksport hajmini aynan uzum, meva va poliz mahsulotlari hisobiga maksimal darajada, ikkilanmasdan kengaytirish kerakligiga hech qanday shubha qolmaydi. Global moliyaviy inqiroz ta`sirida ushbu mahsulotlarning jahon bozoridagi narxlari pastga tushmaganligi shu yo'nalishga ustunlik berilishining yana bir asosidir.
Shu borada, eng dolzarb va birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bo'lgan masala — bu mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o'ringa ega bo'lgan to'qimachilik korxonalari, paxta va g'alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarining moliyaviy monitoringi va rahbar kadrlarni attestatsiyasini tashkil etish, ularni zamonaviy mutaxassislar bilan kuchaytirish, barchasi samarali faoliyat ko'rsatishi uchun manfaatdorlikni ta`minlaydigan va ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqishdir.
Bunday yondashuvni to'qimachilik korxonalarini klasterlar tashkil etish yo'li bilan xomashyo ta`minoti bo'yicha yangi tizimga o'tishi ham taqozo etmoqda. Innovatsion texnologiyalarni maxsus bilimga ega bo'lmagan, eskicha dunyoqarashga ega bo'lgan kadrlar bilan amalga oshirish mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Nega deganda, har qanday iqtisodiy eksperimentni amalga oshirishdan avval, uning salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ham inobatga olish zarur.
2017 yilda qat’iy ma’muriy tartibga solish va yopilishidan so‘ng, O‘zbekistonning yangi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev islohotlar bo‘yicha Harakatlar strategiyasini, shu jumladan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan strategiyani tasdiqladi. Shu nuqtai nazardan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, investitsiya muhitini yaxshilash, raqobatbardoshlikni oshirish, institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish muhim rol o‘ynadi.
Iqtisodiy murakkablik indeksi (IMI) reytingida O‘zbekiston 87-o‘rinni egallab turibdi. O‘tgan o‘n yillar bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, O‘zbekiston iqtisodiyoti yanada murakkablashib, IMI reytingida 4 pog‘ona ilgarilab ketdi.
2018 yilning oxirida soha rivojiga tegishli qabul qilingan hukumat qaroriga ayrim qo'shimchalar kiritilsa, yuqori maqsadlarga erishish kafolati oshadi. Jumladan, yuzga yaqin korxonaning hammasi ham xalqaro bozorlarda mustahkam o'rnashib olgan Turkiya va Xitoy kompaniyalari bilan raqobatga dosh berolmasligini inobatga olish lozim. Trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishni faqat katta xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalar tajribasiga ega, samarali korporativ boshqaruvi va muhim mehnat jamoalari shakllangan kompaniyalarimiz zimmasiga yuklash maqsadga muvofiq emasmi? Eksportni rag'batlantiruvchi choralar faqat sanoat korxonalarining manfaatlariga xizmat qilmasdan, xomashyo yetishtiruvchi fermer xo'jaliklarining manfaatlarini ham inobatga olgan holda tuzilishi kerak.
2017–2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi, jumladan, «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili» Davlat dasturida ham raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etish iqtisodiy faoliyatdagi eng muhim vazifa etib belgilangan.
«Raqobatbardosh iqtisodiyot» deganda maqbul sur`atlar va mutanosiblik bilan o'sib boradigan milliy iqtisodiyot, unda xususiy mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan kerakli sharoitlar, aholi turmush darajasini doimiy yaxshilanib borishiga xizmat qiladigan bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida ishlab chiqilgan xo'jalik mexanizmi, ishlab chiqarish resurslari erkin harakatlanadigan va bozor mexanizmi yordamida tartibga solinadigan ochiq iqtisodiy tizim tushuniladi.
Jahonda moliyaviy iqtisodiy inqiroz asoratlari to'laligicha bartaraf etilmagan bir sharoitda bunday oliy maqsadga erishish uchun aynan bizning mamlakatimizda asosli imkoniyatlar mavjud.
Ilk marotaba 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi.
Bizning yurtimizda ham og’ir kechdi koronavirus 2020-yil bahorida COVID-19 pandemiyasi avj olgani sababli aksariyat mamlakatlar tomonidan kiritilgan karantin cheklovlari koʻplab Oʻzbekiston fuqarolarini xorijda ishlash imkoniyatidan mahrum qildi. O‘zbekistonlik yarim millionga yaqin mehnat migrantlari o‘z vataniga qaytdi, ba’zilari esa yetarlicha moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lmagan holda oilalari bilan chegarada qolib ketdi.
Ushbu muammoni oʻrganish maqsadida UNICEF Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili bilan birgalikda va Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagida “COVID-19 ning Oʻzbekistonda migratsiya taʼsirida bol’gan bolalar huquqlariga taʼsiri” tadqiqotini boshladi.
Masalan, 2022-yil 5-yanvar holatiga ko‘ra, Fransiyada 322,8 ming, Buyuk Britaniyada 193,8 ming, Italiyada 189 ming kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Ro‘yxatga olingan holatlarning asosiy qismini “omiсron” shtammi tashkil etmoqda.
Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda.
Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste’mol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xomashyo tovarlari narxining pasayishi va konyunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqardi.
Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish, aholini samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida:
davolash va boshqa muassasalarni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun zarur bo‘ladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya vositalari va test tizimlari bilan ta’minlash;
xavf-xatar ostida bo‘lgan yoki virus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish;
yuqumli kasalliklarni aniqlash, profilaktika qilish va davolash bo‘yicha tadbirlarga jalb etilgan davolash va boshqa muassasalarni qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash;
Xozirgi kunda yurtimizda koronavirusdan tuzalayotganlar soni oshib bormoqda.
Keyingi kunlarda qo‘shni Qozog‘istonda bo‘layotgan voqealar natijasida bu yirik qo‘shnimiz ichki va tashqi siyosatda o‘zining muvozanatini jiddiy bir shaklda yo‘qotdi.
Birinchidan, Qozog‘iston ham, boshqa avtoritar davlatlar qatori, o‘zining muxolifatini mensimadi, u bilan dialog yo‘llarini izlamadi. Aksincha, muxolifatga muttasil bosimlar qildi, uni marginallashtirish yo‘lidan bordi. O‘z o‘rnida muxolifat ham keyingi o‘n yil davomida murosasiz axborot siyosati olib bordi. Hokimiyatning legitimligini jiddiy bir shaklda qadrsizlashga erishdi.
Globallashgan davrda, ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan bugungi kunda, bu qiyin ish bo‘lmadi. Masofadan turib, ya’ni, o‘zlarining xavfsizligini ta’minlagan holda, yillar davomida ijtimoiy fikrda ommaviy va murosasiz namoyishlar uchun chuqur zamin yaratishdi.
Lekin muxolifat va fuqarolik jamiyati ham, o‘zining qadamlarini real oqibatlari haqida aniq tasavvurga ega emasdi. “Rangli inqilob”dan qo‘rqib ketgan hokimiyat muxolifat bilan kelishish imkonsiz degan qarashdan kelib chiqib, avtomatik ravishda tashqi dunyodan, aniqrog‘i, qo‘shni Rossiya Federatsiyasi va uning harbiy bloki bo‘lmish KXSHTdan yordam so‘radi.
Qozog‘iston jamiyati tezkor shaklda avtoritarizmdan demokratiyaga o‘tishni orzu qilib, ommaviy namoyishlar boshladi. Jamiyat, hokimiyatda 30 yildan beri qolayotgan va de-fakto davlatni boshqarayotgan Nazarboyev rejimidan zerikkan edi. Lekin, o‘zgarishlardan qo‘rqib ketgan oliy hokimiyat, kutilmaganda, tashabbusni qo‘shni davlatga topshirdi. Qozog‘iston KXSHTga murojaat qilib, “bizni terroristlardan qutqaring” dedi. Qozog‘iston hokimiyati, aksariyat avtoritar hukumatlari qatori, o‘z xalqini “terrorist” deb nomladi. Shu yo‘l bilan o‘zining siyosiy istiqbolini qutqarishdan boshqa reja topa olmadi.
Keyingi uch yilda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya Federatsiyasi va uning iqtisodiy hamda harbiy-siyosiy loyihalariga ishonchsizlik bildirib kelayotgan edi. Nazarboyevdan farqli o‘laroq, To‘qayev ochiq-oydin YEOIIga shubha bildirdi, o‘tgan yilning aprel oyida, YEOII onlayn uchrashuvi chog‘ida Putinga ohista shaklda o‘z noroziligini ham bildirgan edi. Lekin, mana, Qozog‘istonda ommaviy namoyishlar fonida, To‘qayev o‘zining xaloskori sifatida KXSHT va rasmiy Moskvani ko‘rmoqda.
2022-yil 24-fevralda Rossiya Ukrainaga bosqinchilik hujumini boshladi. Bosqinchilik hujumiga qadar, Rossiya Ukraina chegarasi yaqinida uzoq vaqt davomida qoʻshin toʻplab, uning sonini oshirib bordi hamda Ukrainaning NATOga qoʻshilishini qonunan man etish toʻgʻrisidagi talab bilan chiqdi. Bosqin boshlanishidan bir necha kun avval, Rossiya Donetsk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasi mustaqilligini tan oldi va 2022-yil 21-fevralda Ukraina sharqidagi Donbass hududiga Rossiya qurolli kuchlari boʻlinmalarini yubordi.
Bir necha kundan beri dunyo diqqat markazida bo‘lib turgan Rossiya va Ukraina urushi qachon tugashi noma’lumligicha qolmoqda. Bu paytda yuz minglab inson uyini tashlab ketib, qochqinga aylanayotgan bo‘lsa, yana yuz minglab kishi yerto‘lalarda hayot kechirmoqda
Rossiya-Ukraina munosabatlarining keskinlashib, harbiy harakatlarga aylanib ketganligi dunyo hamjamiyati hamda keng jamoatchilik orasida noroziliklarni keltirib chiqardi. Qator mamlakatlar tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar e’lon qilinmoqda.
Rossiya moliya tizimiga qo‘llanilgan sanksiyalar va rubl qadrsizlanishining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ehtimoliy ta’siri, Rossiyada yuz berishi kutilayotgan inqiroz sharoitida o‘zbekistonlik migrantlar masalalari va qo‘llanishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan iqtisodchi mutaxassislar fikri bilan qiziqdi. Shuningdek, migrantlar uchun ayni vaziyatda qanday qaror qabul qilish borasida ularning tavsiyalari olindi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti respublika tashqarisidan, ayniqsa RFdan kelib tushadigan pul o‘tkazmalariga nihoyatda bog‘langan. Birgina 2021 yilning o‘zida RFda ishlaydigan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 7,6 mlrd dollarga yetishi kutilgandi. Bu mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining deyarli 12% ga teng. Bu juda katta raqam. Mana shu pul oqimining shartli 20%-30% ga qisqarishi (va u qisqarish boshqa manbadan qoplanmasligi) mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’sir etadi
Rossiya ikkita eng yirik savdo hamkorlarimizdan bittasi. Adashmasam, [O‘zbekiston] tashqi savdo aylanmasining 20 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu judayam katta ko‘rsatkich. Inqiroz sharoitida rublning qadrsizlanishi oqibatida bizning mahsulotlarimiz Rossiya bozorida qimmatlashadi
yalpi ichki mahsulot va daromadlar nuqtai nazaridan tashqari, mamlakat aholi soni nuqtai nazaridan ham xavotirga tushadigan vaziyatni ko‘ramiz. Mehnatga layoqatli aholimizning kamida 20% qismi RFda faoliyat olib boradilar. 2021 yilda RF da taxminan 4 millionga yaqin yurtdoshlarimiz rasmiy registratsiyadan o‘tib faoliyat olib borganlar. Bu raqamni biroz konservativ deb hisoblasak bo‘ladi. O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qatlami esa 20 million kishini tashkil etadi. Ya’ni, mehnatga layoqatli aholimizning kamida 20% qismi rublda to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromad topadilar.
Urush 38 kundan beri davom etmoqda. Kiyev viloyatidan Rossiya qo‘shinlari chiqib ketgandan so‘ng ko‘chalarda o‘nlab tinch aholining jasadlari qolgan – ularning ba’zilari qo‘llari bog‘langan holda topilgan. Human Rights Watch huquq himoyachilarining aytishicha, Bucha shahrida kamida bitta sudsiz qatl holati qayd etilgan. Mariupol elektr, suv va gazsiz qolmoqda. Irpen aholisi o‘rmonga dafn etilmoqda. Rossiya bilan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qiluvchi David Araxamiyaning ma’lum qilishicha, Rossiya Kiyevning tinch yo‘l bilan tartibga solish loyihasini og‘zaki qabul qildi
Ukrainada urush boshlanganidan keyin Yevropada Rossiya gazidan voz kechish faol muhokama qilina boshladi. Mart oyi oxirida “Katta yettilik” davlatlari Rossiya energetika resurslarini sotib olishni to‘xtatishga tayyorligini e’lon qildi hamda gaz va neft ishlab chiqaruvchi boshqa davlatlarni “mas’uliyat bilan harakat qilish va xalqaro bozorlarga yetkazib berish hajmini oshirish”ga chaqirdi. G7 shuningdek, Rossiya yonilg‘isiga qaramlikni kamaytirishni istagan boshqa mamlakatlarni ham qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Umuman olganda, Yevropa tabiiy gazning 40 foizdan ortig‘ini Rossiyadan oladi. Germaniya boshqa mamlakatlarga qaraganda Rossiya gaziga ko‘proq qaram bo‘lib, mamlakat ehtiyojlarining 50 foizini Rossiya yonilg‘isi qondiradi.
Ukraina urushi dunyoda qashshoqlikni oshiradi — Jahon banki/ Ukrainadagi urush past va o‘rta daromadli mamlakatlar iqtisodiga doimiy zarar yetkazishi, millionlab odamlarni qashshoqlikka olib kelishi va o‘nlab mamlakatlarni qarz inqiroziga duchor qilishi bilan tahdid qilmoqda.
Tovar narxlarining yuqoriligi, savdo o‘sishining pasayishi, foiz stavkalarining oshishi va milliy valyutalarning AQSH dollariga nisbatan keskin zaiflashuvi ko‘plab mamlakatlarda fiskal bosimni kuchaytiradi.
Agar urush tezda tugamasa, faqatgina neft va bug‘doy narxining ko‘tarilishiyoq ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir qiladi
Rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘sish urush boshlanishidan oldin pandemiya sababli uzoq muddatli pasayishdan aziyat chekayotgan edi. Polsha, Chexiya va Vengriya kabi Markaziy Yevropa davlatlari Ukraina va Rossiya bilan savdo-sotiqning uzilishi tufayli, Turkiya va Misr esa neft va bug‘doy importiga qaramligi tufayli yanada ko‘proq zarar ko‘rishi mumkin.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga tashrifi davomida 29-mart kuni hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘lib o‘tdi va 30 mart kuni Xiva shahrida bo’ldi.
Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston—Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 9 ta hujjat imzolangan. Jumladan:
imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim;
davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma;
mehnat va bandlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi;
qurilish sohasida anglashuv memorandumi;
Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida 2022—2023-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan Turkiyaning “Anadolu” agentligi o‘rtasida hamkorlik bitimi tuzildi.
O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro savdo aylanmasini yaqin kelajakda 5 mlrd dollarga, keyinchalik esa 10 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda va 2021-yilda Turkiya bilan savdo aylanmasi 3,4 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu Rossiya, Xitoy va Qozog‘istondan keyin to‘rtinchi ko‘rsatkichdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 aprel kuni mamalakatimizda tashrif bn bo’lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi raisi Sohiba Gafarovna qabul qildi
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, mushtarak tarixiy ildizlar, mushtarak din, mushtarak til, madaniyat, an’ana va qadriyatlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu mustahkam poydevorga tayangan holda keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi.
Hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida – iqtisodiyot, siyosat, parlamentlararo aloqalar, madaniyat va ijtimoiy sohalarda muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Barcha darajadagi faol uchrashuvlar, rasmiy delegatsiyalar, biznes va jamoatchilik vakillarining o‘zaro tashriflari davom etmoqda.
So'nggi yillarda, pandemiyaga qaramay, savdo to'rt barobar oshdi. Yil boshidan buyon savdo aylanmasi 25 foizga o‘sdi. Ikki yuzdan ortiq qo‘shma korxona tashkil etildi.
Download 32,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish