Referat mavzu: Qimmatli qog‘ozlar bozori va birjalar yaratishning qonuniy tartibga solinishi



Download 10,16 Kb.
Sana28.04.2022
Hajmi10,16 Kb.
#587999
TuriReferat
Bog'liq
REFERAT 12-WPS Office


REFERAT
Mavzu: Qimmatli qog‘ozlar bozori va birjalar yaratishning qonuniy tartibga solinishi

Reja:
1. Qimmatli qog‘ozlar bozori haqida


2. Qimmatli qog‘ozlarni huquqiy asoslari
3. Birja faoliyatini tartibga solish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar majmuini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasi o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar vazirliklar, idoralar, davlat boshqaruvi mahalliy organlari, xo‘jalik birlashmalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning fuqarolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasining tashkiliy tuzilmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari namunaviy tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasi xodimlarining cheklangan soni, bunga uning hududiy bo‘linmalari xodimlari ham kiradi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari, 85 nafardan (shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozori boshqarmasi xodimlari — 28 nafar, ularning 15 nafari qo‘shimcha ravishda ajratiladi) iborat etib belgilansin.

Belgilab qo‘yilsinki, Davlat komissiyasining raisi — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari hisoblanadi. Davlat komissiyasi raisining o‘rinbosari — Moliya vazirligi qimmatli qog‘ozlar bozori boshqarmasining boshlig‘i, hududiy bo‘linmalarning raislari Davlat komissiyasi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.


Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tatbiq etilsin.
4. Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasi:
emitentlar va qimmatli qog‘ozlar bozori professional qatnashchilarining mas’uliyatini tartibga soluvi standartlar hamda qoidalarni;
zarurat bo‘lganda mustaqil auditor tashkilotlarning ekspert xulosalaridan foydalangan holda qimmatli qog‘ozlarning boshlang‘ich narxlarini, ularning likvidlilik darajasini aniqlash uchun qimmatli qog‘ozlar emitentlarining moliyaviy ahvolini baholash mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5.O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
davlat korxonalarini qayta tashkil qilish yo‘li bilan barpo etilgan aksionerlik jamiyatlarining ro‘yxatlarini respublika matbuotida yilning har choragida albatta e’lon qilinishini ta’minlasin;
aksiyalarini birja savdolari orqali va birjadan tashqari bozorda sotish yuzasidan shartnoma-topshiriqnomalar tuziщda investitsiya muassasalari bilan ishlash tartibini belgilasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqadigan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin; Davlat komissiyasini ta’minlashga, shuningdek uning moddiy-texnika bazasini yaratishga belgilangan tartibda zarur mablag‘lar ajratsin.


7. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Davlat komissiyasini va uning hududiy bo‘linmalarini, shuningdek “Toshkent” Respublika fond birjasini hamda “Vaqt” milliy depozitariysini birja savdolarining elektron tizimini tashkil etish, hududiy bo‘linmalar va viloyatlar depozitar tuzilmalari bilan axborotlar almashish uchun aloqaning umumdavlat vositalari bilan, shuningdek investorlarning qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasining emitentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlari bankidan foydalanishi tizimini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1996-1997 o‘quv yilidan boshlab oliy o‘quv yurtlarida qimmatli qog‘ozlar bozori sohasi mutaxassislarini tayyorlashni nazarda tutsin.
9. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi hamda qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasi bilan birgalikda aksionerlashtirish, qimmatli qog‘ozlarning har xil turlarini chiqarish xususiyatlari, Davlat komissiyasi, fond birjasi Milliy depozitariy va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa muassasalari faoliyati bilan bog‘liq masalalarni aholiga muntazam tushuntirib borishni ta’minlasinlar.
10. Toshkent shahar hokimligi Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha davlat komissiyasining ishchi apparatini Mustaqillik maydoni, 5-uydagi 20 qavatli ma’muriy binoga joylashtirsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Davlat komissiyasining hududiy bo‘linmalarini joylashtirish uchun zarur joylar ajratilishini ta’minlasinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Birja faoliyati birja tovarlari bozorini tashkil etish va tartibga solishga hamda talab va taklif asosida birja tovarlarining narxlarini ushbu bozorda shakllantirishga qaratilgan faoliyatdir.Birja faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
birja savdolarini o‘tkazishning oshkoraligi va ommaviyligi;
birja savdolarida narxlar shakllanishining erkinligi;
birja bitimlarini tuzishning ixtiyoriyligi;
birjaning barcha a’zolari uchun birja savdolarida ishtirok etishda shart-sharoitlarning tengligi;
tuzilgan birja bitimlari bajarilishining ta’minlanishi.
9-modda. Birjalar faoliyatini tartibga solish
Tovar-xomashyo va fond birjalarining faoliyatini tartibga solish vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.

Birja savdosi qoidalarida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:


birja a’zolari, ularning huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi nizom;
birja a’zolarining birja savdolarida ishtirok etishiga ruxsat berish tartibi;

tovarlarni birja savdolariga qo‘yishga ruxsat berishni amalga oshirish tartibi;


birja bitimlarining turlari;
birja savdolarida muomalada bo‘ladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) tavsifi;
tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish tartibi;birja savdolarini o‘tkazish tartibi;
birja bitimlarini va birja savdolari natijalarini ro‘yxatga olish hamda rasmiylashtirish tartibi;
kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
birja tovarlarini kotirovkalash (ularning narxini belgilash) tartibi;
birjada narxlarning shakllanish jarayoni ustidan nazorat qilish tartibi;
birja savdolari to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish tartibi;
birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qoidalar;
birjada nizolarni hal etish tartibi.
Download 10,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish