Referat mavzu: Qovurg‘alar, tо‘sh suyagi va kо‘krak qafasi. Yelka kamari qо‘l erkin qismi suyaklari tuzilishi yoshga doir xususiyatlari



Download 1,67 Mb.
bet3/5
Sana05.04.2022
Hajmi1,67 Mb.
#530966
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Қовурғалар, тўш суяги, умуртқа поғонаси


Kurak suyagi - scapula


Tug‘ilgan chaqaloqlarda kurak suyagining tanasi va kо‘ndalang joylashgan qirra-spina scarulae dan iborat bо‘ladi. Bir yoshda suyaklanish nuqtasi tumshuqsimon о‘simtada, 11-18 yoshlarda suyaklanish nuqtalari qolgan hosilalarda (savitas glenoidalis, acramion, processus coronoideus, angulus inferior) kо‘rinadi. Tо‘liq suyaklanib ketish holati 18-24 yoshlarga tо‘g‘ri keladi.
Kurak suyagi yassi, uch qirrali bо‘lib, II - YII qovurg‘alar sohasida joylashadi. Kurak suyagining quyidagi qirralari bо‘ladi: yuqori qirrasi margo superior; ichki qirrasi margo medialis; tashqi qirrasi margo lateralis. Kurak suyagining quyidagi burchaklari bо‘ladi: yuqori burchagi angulus superior; ostki burchagi angulus inferior; tashqi burchagi angulus lateralis. Kurak suyagining yuqori qirrasi sohasida о‘yma incisura scapulae bо‘ladi. Kurak suyagining tashqi burchagi sohasida, yelka suyagi boshchasi kirib turadigan chuqurcha cavitas glenoidalis joylashadi. Bu bо‘g‘im chuqurchasining atrofida kurak suyagining bо‘yin qismi collum scapulae bо‘ladi. Bо‘g‘im chuqurchasining yuqori qismida bо‘rtiq tuberculum supraglenoidale va bu chuqurchaning ostida bо‘rtiq tuberculum infraglenoidale kо‘rinadi. Bu bо‘rtiqlarga mushaklar birlashadi. Kurak suyagi tashqi burchagining yuqori qismida tumshuqsimon о‘simta processus coracoideus hosil bо‘ladi. Kurak suyagining ichki yuzasi facies costalis deb atalib, fossa subscapularis chuqurchasidan hosil bо‘ladi. Kurak suyagining orqa yuzasi esa facies dorsalis kо‘ndalang joylashgan qirra spina scapulae vositasida ikki chuqurchaga ajraladi: qirraning ustida fossa supraspinata, qirra ostida esa fossa infraspinata joylashadi. Kurak suyagining qirrasi lateral tarafda acromion о‘simta bilan yakunlanadi. Bu о‘simtada о‘mrov suyagi bilan birlashadigan bо‘g‘im yuzasi facies articularis acromii bо‘ladi.


Yelka suyagi – humerus


Tug‘ilgan chaqaloqlarda yelka suyagining boshchasi tog‘aydan iborat bо‘ladi. Tug‘ilganidan sо‘ng 1 yoshgacha boshchada suyaklanish nuqtasi hosil bо‘ladi. 2-3 yoshlarda katta dо‘mboq sohasida, 3-4 yoshlarda kichik dо‘mboq sohasida ham suyaklanish nuqtalari hosil bо‘ladi. Yelka suyagining proksimal uchidagi bu suyaklanish nuqtalarining qо‘shilib ketishi 4-6 yoshlarga tо‘g‘ri keladi. Yelka suyagi proksimal uchini suyak tanasi (diafiz) bilan qо‘shilib (suyaklanib) ketishi 12-18 yoshlarga tо‘g‘ri keladi. Yelka suyagining distal uchida suyaklanish nuqtalari 2 yoshda - capitulum humeri, apofiz sohalarida epicondylus lateralis 12-13 yoshlarda.Tо‘liq suyaklanib ketishi 20 yoshlarda yakunlanadi.
Yelka suyagi uzun naysimon suyaklar turkumiga kirib, ikki uchi va ular orasidagi tanasi corpus humeri bо‘ladi. Bu suyakning yuqori uchida kurak suyagi bilan birikadigan boshchasi caput humeri, anatomik bо‘yin collum anatomicum qismi, mushaklar birikadigan katta bо‘rtiq tuberculum majus, kichik bо‘rtiq tuberculum minus sohalari kо‘rinadi. Har bir bо‘rtiqdan qirralar yо‘naladi: katta bо‘rtiqdan yо‘naluvchi qirra crista tuberculi majoris va kichik bо‘rtiqdan yо‘naluvchi qirra crista tuberculi minoris deb nomlanadi. Bu hosilalar orasida esa egat sulcus intertubercularis hosil bо‘ladi. Yelka suyagi yuqori uchining tana qismiga о‘tish sohasi xirurgik bо‘yin collum chirurgicum deyiladi. Yelka suyagi tanasining lateral tarafida deltasimon mushak birikadigan bо‘rtiq tuberositas deltoidea hosil bо‘ladi. Uning orqasida esa tashqi tarafga yunalgan bilak nervi egati sulcus nervi radialis hosil bо‘ladi. Yelka suyagining pastki uchida: bilak suyagi bilan bо‘g‘im hosil etuvchi boshcha capitulum humeri, tirsak suyagi bilan bо‘g‘im hosil etuvchi g‘altaksimon hosila trochlea humeri bо‘ladi. Shu sohaning oldingi yuzasida bilak suyagidan hosil bо‘lgan chuqurcha fossa radialis, tirsak suyagining tojsimon
о‘simtasidan hosil bо‘ladigan chuqurcha fossa coronoidea, orqa yuzasida esa tirsak suyagining о‘simtasi birikishidan hosil bо‘ladigan chuqurcha fossa olecrani bо‘ladi. Yelka suyagining pastki uchida bilak mushaklari birikadigan ichki о‘simta epicondylus medialis va tashqi о‘simta epicondylus lateralis bо‘ladi.
Bilak sohasida ikkita naysimon suyaklar bо‘ladi: ichki medial tarafda tirsak suyagi ulna, tashqi lateral tarafda esa bilak suyagi radius joylashadi.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish