Referat tayyorlash Badiiy uslub



Download 135,71 Kb.
bet1/4
Sana07.01.2023
Hajmi135,71 Kb.
#898246
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Referat tayyorlash Badiiy uslub (1)


Ergashev Abduazim 1 - Mustaqil ish
1.Nutq uslublarining har biriga matn tuzish
2.Erkin mavzu bo‘yicha esse yozish
3.Mutaxassislik bo‘yicha referat tayyorlash


  1. Badiiy uslub

Hayotimga orziqib kutilgan daqiqalar yetib keldi. Olti yoshimdan buyon meni ezib-yanchib kelayotgan va shafqatsiz musiqa jabr-zulmidan biratoʻla va bir umrga xalos boʻlish imkoniyati tugʻilgan edi. Shu tobda birgina “Yoʻq!” degan afsungar soʻz ogʻzimdan chiqsa burun azoblarim barham topgan boʻlardi…
(Nodar Dumbadzening “Hellados” hikoyasidan)


  1. Ilmiy uslub

Monitor, kompyuter tomonidan ishlab chiqarilgan video va grafik ma’lumotlarni video karta orqali aks ettiradigan kompyuter uskunasidir.


  1. Publististik uslub

Har yili 1-dekabr kuni Mobiuz kompaniyasi uchun katta bayram. Zero, 2014-yilning aynan shu kunida mobil aloqa operatori tijoriy faoliyatini boshlagan va unga ilk abonentlar ulangan.
Butun faoliyati davomida Mobiuz Oʻzbekistonda eng zamonaviy xizmatlar hamda aholi talablariga mos bo’lgan mahsulotlarni joriy etib kelmoqda. Masalan, u 2021-yilning aprel oyidan buyon eSIM xizmatini mamlakatda ishga tushirgan yagona operator boʻlib qolmoqda…
(Kun.uz saytining 2021-yil 1-dekabrda berilgan maqolasidan)
2.Erkin mavzu bo‘yicha esse yozish
Boʻsh vaqt
Yangi kun boshlanib, hamma ishiga yoqishga shoshiladi. Koʻchadagi tirbandlik, turnaqator navbatlar odatiy holga aylanadi. Inson shu tariqa kunlik faoliyatini boshlab yuboradi. Zamon shiddati, rivojlanish hayotimizga joʻshqinlik va tezlik olib kelgan bir paytda hammasiga ulgurishga oshiqamiz. Uyga, oʻqishga, ishga bozor-oʻcharga doʻstlar davrasiga vaqt topamiz-u, oʻzimizga kelganda vaqtni biroz qizgʻonamiz. Aslida, har bir inson oʻz ustida ishlashga, yangi va yaxshi narsalar oʻrganishga, fiklarini bir joyga jamlab rejalar tuzib olishga, kerak boʻlsa, dam olishga, albatta, vaqt kerak. Bu vaqtni esa baʼzilar "boʻsh vaqt" deyishadi.
Toʻgʻrida, bularning bari uchun insonda boʻsh vaqt boʻlishi kerak. Bu vaqtning ijobiy tomonlaridan biri, avvalo, bu paytda zarur deb bilgan, ammo, bajarishga ulgurmayotgan vazifani qilib olishimizda koʻrinadi.
Yana kitob oʻqishimiz, til oʻrganishimiz, oʻzimiz qiziq deb bilgan kasb yoki hunar bilan shugʻullanishimiz mumkin. Hatto, bu paytda biroz mizgʻib olish ham foydadan xoli boʻlmaydi. “Yaxshi dam – mehnatga hamdam”, - deb bejizga aytishmagan. Biror ibratli kinofilm, dolzarb mavzudagi kovrsatuvni tomosha qilib esa , ham dam olamiz, ham dunyoqarashimiz kengayadi. Hammasidan ham muhimi, aynan shu paytda oʻzimizga inson sifatida baho berib, kamchiliklarimizdan xulosa chiqarib, ularni tuzatib, yutuqlarimizdan ruhlanib, qalban xotirjam boʻlishimizdadir.
“ Guruch kurmaksiz boʻlmaydi”, - deganlaridek, boʻsh vaqtni bekorchi yumushlarga, qolaversa, nomaqbul ishlarga sarflaydiganlar ham topiladi. Koʻcha - koʻyda bemaqsad yurib, telefon va kompyuter oʻyinlaridan ortmay, ijtimoiy tarmoqlarga soatlab vaqt sarflab umrini oʻtkazayotganlar uchun ish vaqti va boʻsh vaqtning umuman farqi yoʻqdek. Bularning bari insonning bilimsizligi, loqaydligidan kelib chiqadi. Shunday ekan, hammasi oʻzimizga bogʻliq. Zero vaqtni qanday taqsimlash va kerakli narsalarga sarflash oʻz qoʻlimizda!

Referat


Download 135,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish