Referat tayyorlash bо‘yicha uslubiy kо‘rsatmalar va mavzular



Download 25,49 Kb.
bet1/2
Sana31.05.2023
Hajmi25,49 Kb.
#946804
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
SI va M REF.MAVZU (1)


«SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENT» FaniDAN
Referat tayyorlash bо‘yicha uslubiy kо‘rsatmalar VA MAVZULAR

  1. Soha iqtisodiyoti va menejment” fanidan referat tayyorlash borasidagi uslubiy kо‘rsatmalar

Soha iqtisodiyoti va menejment” fanidan referat tayyorlash mustaqil ta’limning tashkiliy shakllaridan biridir. Referat tayyorlash talabalarning fan bо‘yicha olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirish, ilmiy tadqiqot usullarini о‘rganishlari, ilmiy izlanishlar jarayonida ijodiy masalalarni mustaqil yechish kо‘nikmalarini egallashlariga yо‘naltirilgan.
Referat - xar xil nuqtai nazarlarni о‘zaro solishtirish va taxlil qilish kо‘nikmasini talab etadigan bir yoki bir qancha manbalarni о‘zida mujassam etadigan g‘oyalarni qisqacha yozma kо‘rinishdagi taqdimotidir
Referatlar ifodalanish darajasining tо‘liqligiga kо‘ra informativ (konspekt referat) va indikativ (qisqacha mazmun ifoda etilgan rezyume referat ) turlarga bо‘linadi. Shuningdek referatlashtirilgan manbalar soniga kо‘ra monografik referatlar va sharh shaklidagi referatlar о‘zaro farqlanadi.
Referat kirish, asosiy qism, xulosa va adabiyotlar rо‘yxatidan tarkib topadi.
Kirish qismida muammo, referatning mavzusiga kо‘ra predmeti, maqsadi va mazmuni, tadqiqot usullari qisqacha bayon qilinadi.
Asosiy qismda rejada belgilangan savollar yoritiladi. Bunda mantiqiy izchillik saqlanishiga, bayon qilish tilining ravon va tushunarli ekanligiga, savol qisqa va lо‘nda yoritib berilishiga e’tibor qaratiladi.
Xulosa qismida tadqiqot yakuniga kо‘ra muallif chiqargan xulosalar birma-bir bayon qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati bibliografiyani tuzish qoidalariga amal qilingan holda keltiriladi.
Matnda keltirilgan iqtibos qо‘shtirnoq ichiga olinib, sahifa sо‘ngida uning manbaiga havola beriladi. Havolada iqtibos manbaning aynan qaysi betidan olinganligi kо‘rsatilishi shart.
Referat ustida ishlash quyida keltirilgan bosqichlarni о‘z ichiga oladi.
1. Mavzuni tanlash.
2. Tayyorlov bosqichi: asosiy manbalarni о‘rganish.
3. Zaruriy materiallarni konspektlash.
4. Tadqiqot muammosi mantiqini yaratish, referat rejasini tuzish.
5. Yig‘ilgan materialni tartiblashtirish va yozish.
6. Adabiyotlar ruyxatini rasmiylashtirish tekshirish.
7. Matnni tahrir qilish. Matnni imlo va stilistika nuqtai nazaridan tekshirish.
8. Referatni rasmiylashtirish.
“Soha iqtisodiyoti va menejment” fanidan referat mavzusi kafedra tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan namunaviy mavzulardan tanlab olinadi.
Namunaviy mavzular rо‘yxati о‘quv dasturidagi barcha mavzularni qamrab oladi.
Talaba uni qiziqtirgan mavzuni mustaqil ravishda tanlaydi va uni aniqlashtirishi mumkin. Talaba ilmiy izlanishlari yо‘nalishidan kelib chiqib namunaviy mavzular rо‘yxatiga kirmagan mavzuni ham mustaqil taklif qilishi mumkin.
Talaba tomonidan tanlangan referat mavzusi guruhda bir mavzu takrorlanmasligi uchun mashg‘ulot о‘tuvchi professor-о‘qituvchi tomonidan qayd etiladi. Referat rejasi professor-о‘qituvchi tomonidan ma’qullanishi shart.
Referat A-4 formatdagi qog‘ozda tayyorlanadi va hajmiga kо‘ra 1400-1800 sо‘zni о‘z ichiga oladi.
Referat seminar mashg‘ulotlarida yoki invidual maslahat vaqtida himoya qilinadi.
Referat uchun ishchi о‘quv rejasida ajratilgan maksimall ballning 50 foizi tayyorlangan ishning sifatiga, ya’ni mavzuning ochib berilishi, savollarni yoritishda izchillik saqlanganligi, nazariy fikrlar statistik raqamlar bilan tasdiqlanganligi, yangi adabiyotlardan va huquqiy hujjatlardan foydalanganligi va referat tо‘g‘ri rasmiylashtirilganligi uchun beriladi.
Ajratilgan ballning 50 foizi muallif-talaba tomonidan referatni himoya qilganligi, ya’ni yozilgan fikrlarni mustaqil bayon qilganligi, fikrlarni asoslab berganligi va savollarga tо‘g‘ri javob berganligi uchun qо‘yiladi.



Download 25,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish