Referati bajardi: 1 kurs i-501-21 guruh magistranti xaydarov b. I. Qabul qildi: prof. R. X. Ergashev


Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari



Download 135,26 Kb.
bet7/12
Sana01.07.2022
Hajmi135,26 Kb.
#725669
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
iqtisodiy o\'sishda ilg\'or texnologiyalarning tasiri

1.3.Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot


2006 yil 19 iyulda respublika hukumatining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari har tomonlama muhokama qilindi va 2006 yil uchun belgilangan prognoz parametrlariga erishishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.


2006 yil 10 fevraldagi hukumat majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish vazifalari va eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishning borishini tanqidiy tahlil qilish majlis qatnashchilarining diqqat markazida bo‘ldi.


Majlisni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.Mirziyoyev olib bordi.


Joriy yilning birinchi yarim yilligida, ayniqsa, ikkinchi choragida tarkibiy islohotlar ko‘lamlarini kengaytirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va erkinlashtirish, mulkchilikning xususiy sektorini mustahkamlash, qulay investitsiya muhitini shakllantirish hamda aholi turmush darajasini oshirishning muhim omili sifatida fuqarolarni ish bilan ta’minlashni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlariga erishishga ko‘maklashdi.


Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar borasida erishilgan yutuqlar buning isbotidir. Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 2005 yilning I yarim yilligidagiga nisbatan 6,6 foizni tashkil qildi. Iqtisodiy o‘sish investitsiyalarning - 6,9 foiz, sanoat mahsulotlarining - 9,7 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining - 7,2 foiz, savdoning - 11,6 foiz, xizmatlar ko‘rsatishning - 13,3 foiz o‘sishi hisobiga ta’minlandi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida boshoqli don ekinlari bilan bir qatorda meva-sabzavot, poliz va chorvachilik mahsulotlari salmog‘i oshdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 883,1 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,2 foiz profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi 3,5 foizni tashkil etdi.


Tekshirishlarni keskin qisqartirish, sanksiyalarni sud tomonidan belgilash mexanizmini joriy etish, statistik va moliyaviy hisobotlarni qisqartirish bo‘yicha o‘tgan yil oxirida va joriy yil boshida qabul qilingan normativ hujjatlar kichik biznes va tadbirkorlikni yanada keng rivojlantirishni ta’minladi. Banklar tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi 240 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Ixtisoslashtirilgan «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki tashkil etildi va faoliyat ko‘rsata boshladi. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes korxonalari soni qariyb 25 foizga, ular mahsulotlarining yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i esa o‘tgan yilning tegishli davridagiga nisbatan 3,2 foizga ko‘paydi.


O‘tgan davr mobaynida 240 ta korxona va yirik obektlar xususiy mulk etib sotildi, ulardan 107 tasi investitsiya majburiyatlari ostida bepul berildi. Moddiy resurslarni sotishning bozor mexanizmlari yanada faol joriy etilmoqda. Yuqori likvidli mahsulotlarni Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali sotish hajmi 61,7 foizga ko‘paydi va 483 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Birja eksporti aylanmasi ancha ko‘paydi.


Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini jadal modernizatsiyalash va texnika bilan qayta jihozlash strategiyasi, amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tashkil etildi. Markazlashtirilmagan investitsiyalar salmog‘i ko‘paydi. Neft-gaz tarmog‘ida Rossiya kompaniyalari bilan birga loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqla. To‘qimachilik sanoatida bir qator loyihalar tugallanmoqda.


«Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on» temir yo‘li, «O‘zbekiston» elektr quvvati uzatish liniyasi va bir qator muhim obektlar qurilishi yuqori sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Mahalliylashtirish dasturi doirasida mahsulotlar ishlab chiqarish 1,4 baravar ko‘paydi va 675,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi.


O‘tgan yarim yillikda aholining turli qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish, ularning ish bilan bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha bir qator kompleks chora-tadbirlar ko‘rildi. Mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini joriy qilish davomida o‘qituvchilar va sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari ish haqi ko‘paytirildi. Maktablarning direktor jamg‘armasidan 202 ming o‘qituvchiga yoki ular umumiy sonining 44 foiziga qo‘shimcha to‘lov belgilandi, ular hajmi 28,3 mlrd.so‘mni tashkil qildi. «Homiylar va shifokorlar yili» tadbirlari doirasida aholining yordamga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish ancha kengaydi va u 106 mlrd. so‘mni tashkil qildi.


Shu bilan bir qatorda, Vazirlar Mahkamasi majlisi qatnashchilarining asosiy e’tibori amalda hal etishni talab qiladigan mavjud kamchiliklar va muammolarga qaratildi.


Ma’lumki, keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning yaqin bir necha yilga mo‘ljallangan maqsadli kompleks dasturlarini tasdiqlash bo‘yicha bir qator muhim farmonlar va qarorlar qabul qilindi. Ko‘rsatib o‘tilgan dasturlarni asosiy bog‘lovchi omil – bu ularning ijtimoiy yo‘naltirilganligidir.


Iqtisodiyot vaziri B.Xo‘jayev, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri S.Ismoilov, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O.Obidov, Surxondaryo, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand va Toshkent viloyatlari, shuningdek, respublikaning bir qator shahar va tumanlari hokimlari hisobotlarida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, xizmatlar va servis sohasini, ayniqsa, qishloq joylarda rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi daromadlarini ko‘paytirish, meva-sabzavotchilik va uzumchilikda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarining birinchi bosqichlari amalga oshirilishi tanqidiy tahlil qilindi.


Majlisda qayd etilganidek, kimoshdi savdolarida aholiga 12,0 ming boshdan ortiq qoramol sotildi. Faqat Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi tomonidan ushbu maqsadlar uchun 6,15 mlrd. so‘m kreditlar ajratildi va o‘zlashtirildi. Omuxta ozuqalar bilan kafolatli ta’minlash masalalari ishlab chiqildi va hal etilmoqda. Respublikaning kam ta’minlangan oilalariga sigirlarni bepul ajratish ishlari kengaymoqda.
Kasanachilik sohasida, shu jumladan yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalash yo‘li bilan 78,3 ming ish o‘rinlari, shu jumladan korxonalar bilan mehnat shartnomalari bo‘yicha 22,4 ming ish o‘rinlari tashkil etildi. Aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish hajmi ancha ko‘paydi va u qariyb 890 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Ixtisoslashtirilgan 210 ta meva-sabzavotchilik va uzumchilik qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) negizida 39,0 ming fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Qayta ishlovchi sanoat korxonalari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subektlar muassislari bo‘lgan 195 ta agrosanoat firmalari faoliyat ko‘rsata boshladi. Ular tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish va qayta ishlash hajmi ko‘paydi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmoyishga muvofiq chet el tajribasini o‘rganish asosida fermer xo‘jaliklarini, kichik korxonalar va agrofirmalarni jihozlash uchun asbob-uskunalar, mini-texnologiyalar va ixcham ishlab chiqarish vositalari xarid qilish bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda.
Shu bilan birga, vazirliklar va idoralarning, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining tashkilotchilik ishlari yetarli emasligi sababli ushbu ijtimoiy jihatdan muhim dasturlarning belgilangan vazifalari va prognoz parametrlari belgilangan muddatlarda va talab qilingan hajmda bajarilmayapti. Shu munosabat bilan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (S.Ismoilov), «O‘zeltexsanoat» ushmasi (SH.Umarov), Andijon (S.Begaliyev), Toshkent (M.Kuchchiyev), Surxondaryo (A.Eshmurodov) viloyatlari, Ulug‘nor (S.Esonov), Sirdaryo (H.Razzoqov) va Yangiqo‘rg‘on (I.Mamajonov) tumanlari hokimliklari faoliyati qattiq tanqid qilindi.
Majlis qatnashchilari oldiga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning maqsadli kompleks dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, respublika aholisini ish bilan ta’minlash ko‘lamlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni tizimli asosda ta’minlash vazifalari qo‘yildi.
Hukumat majlisida, shuningdek, joriy yil investitsiya dasturini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. Ma’lumki, ushbu dastur bilan tasdiqlangan investitsiya loyihalarining, ayniqsa, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi hamda xorijiy ilg‘or, yuqori samarali texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yirik xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog‘liq investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi muayyan darajada ushbu sohalar va tarmoqlarning o‘zini yanada izchil rivojlantirishga, shuningdek, respublikaning iqtisodiy salohiyatini oshirishga ko‘maklashadi.
Majlisda qayd etilganidek, Investitsiya dasturi doirasida hozirdayoq moliyalashtirishning barcha manbalari hisobiga qariyb 1625,0 mlrd. so‘m miqdorida o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar bilan birga, bir qator muhim investitsiya loyihalari yetarli sur’atlar bilan amalga oshirilmayapti. «O‘zbekengilsanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (R.Ro‘ziqulov), «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasi (E.Akramov), «O‘zkommunxizmat» agentligi (O‘.Holmuhamedov) tizimidagi, shuningdek, Buxoro (S.Husenov) va Namangan (I.Najmiddinov) viloyatlaridagi loyihalar shular jumlasidandir.
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga yo‘l qo‘yilgan qoloqlikning o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, joriy yil Investitsiya dasturida nazarda tutilgan ustuvor ishlab chiqarish quvvatlari va obektlarining so‘zsiz foydalanishga topshirilishini ta’minlash yuklandi. Shu bilan birga, texnik-iqtisodiy asoslashlarni puxta tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar chiqarishni kafolatlaydigan nou-xau va texnologiyalardan foydalanish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining, shuningdek, hokimliklarning shaxsiy javobgarligi belgilangan holda iqtisodiyot tarmoqlarini va butun ijtimoiy sohani oldindagi kuz-qish davriga zarur darajada tayyorlashni ta’minlash masalalari kompleksi muhokama qilindi.
Bosh vazir o‘rinbosarlari E.Shoismatov, N.Xanov nutqlarida bir qator vazirliklar va idoralar rahbarlarining, shuningdek, Toshkent shahar (A.To‘xtayev), Uchtepa (SH.Muhamedxonov) va Chilonzor (H.Mahkamov) tumanlari hokimliklarining e’tibori o‘tgan yilgi xatolarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka, energetika, gaz va isitish tizimlarini, barcha uy-joy fondi, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash obektlarini mukammal va joriy ta’mirlashni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish zarurligiga qaratildi. Shu munosabat bilan respublikada tashkil etilgan, yaqinda qabul qilingan qonunga muvofiq yangicha sharoitlarda faoliyat ko‘rsatadigan 3026 xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga alohida mas’uliyat yuklanishi ta’kidlab o‘tildi.
Respublika hukumati majlisida kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilindi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qo‘yilgan 2006 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ustuvor vazifalarni so‘zsiz bajarish va kelgusi 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish uchun mustahkam zamin yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlar kompleksi belgilandi.

Download 135,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish