Referati bаjаrdi: 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʼyicha) taʼlim yoʼnalishi 3-2 iqt im-19


O`zbekiston Respublikasida ma`lumotlarni himoyalashning me`yoriy-huquqiy va qonunchilik asoslari



Download 90,5 Kb.
bet3/4
Sana07.01.2022
Hajmi90,5 Kb.
#325920
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Erkin Iqtisodiy xavfsizlik

O`zbekiston Respublikasida ma`lumotlarni himoyalashning me`yoriy-huquqiy va qonunchilik asoslari

Amaldagi qonunchilik mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) rivojlanish darajasini tartibga soladi, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari bozoriga kirish tartibini aniqlaydi, bu bozordagi subyektlarning umumiy faoliyat tamoyilini o`rnatadi, ularning soliq to`lash shartlarini, qonunchilik buzilishiga javobgarlik darajasini belgilaydi. Hozirgi kunda ushbu soha faoliyati 17 tadan oshiq qonunlar, jumladan Konstitutsiya, fuqarolik, jinoiy va soliq kodekslari, ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks bilan tartibga solinadi.

Quyida O`zbekistonning AKT sohasidagi siyosatini aniqlovchi maxsus qonunlar ro`yxati keltirilgan:

– “Aloqa to`g`risida”gi Qonun;

– “Telekommunikatsiya to`g`risida”gi Qonun;

– “Radiochastota spektri haqida”gi Qonun;

– “Ommaviy axborot vositalari to`g`risida”gi Qonun;

– “Axborotlashtirish to`g`risida”gi Qonun;

– “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida”gi Qonun;

– “Mualliflik huquqi va aralash huquq to`g`risida”gi Qonun;

– “Ayrim faoliyat turlarni litsenziyalash to`g`risida”gi Qonun;

– “Elektron hisoblash mashinalari va ma`lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy qo`riqlash to`g`risida”gi Qonun;

– “Elektron raqamli imzo to`g`risida”gi Qonun;

– “Elektron hujjatlar aylanishi to`g`risida”gi Qonun;

– “Elektron tijorat to`g`risida”gi Qonun.

Qonunchilik blokining katta qismini Prezident farmonlari va davlat qarorlari hamda AKTning rivojlanishini tartibga solib turuvchi sohaviy me`yoriy aktlar tashkil qiladi. Axborotlashtirishning yangi xizmat ko`rsatish turlarini rivojlantirish va tartibga solishning huquqiy asosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan quyidagi qonunlar qabul qilindi: «Elektron raqamli imzo to`g`risida», «Elektron hujjatlar aylanishi to`g`risida», «Elektron tijorat to`g`risida», yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to`g`risida».

AKTning rivojlanishi bilan axborot texnologiyalaridan foydalanib davlat va insonlar zarar yetkazishi mumkin bo`lgan noqonuniy xarakatlarni sodir etish xavfi ortmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida»gi 2002 yil 30 maydagi PF-3080 - sonli Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 2002 yil 6 iyundagi 200-sonli Qarorlari asosida ishlab chiqilgan «O`zbekiston Respublikasida axborotlashtirishni rivojlantirish konsepsiyasi»ga asosan quyidagi axborot xavfsizligini ta`minlash vazifalari aniqlangan:

– axborot xavfsizligi sohasida me`yoriy–huquqiy bazani takomillashtirish;

– O`zbekiston Respublikasida axborot va kompyuter texnologiyalari sohasidagi axborot xavfsizligini ta`minlash tizimini yaratish va ma`lumotlar uzatish tarmog`iga kiritilgan himoyalash vositalarining samaradorligini baholash, loyihalarni axborot xavfsizligi talablariga javob berishini tekshirish maqsadida ekspertiza o`tkazish hamda axborotlarni himoyalash bo`yicha takliflarni ishlab chiqish;

– axborotlarni kriptografik himoya qilishning vositalarini ishlab chiqish va ma`lumotlar uzatish tarmog`ida hamda Internet tarmog`iga kirishda axborotlarni himoyalash vositalari tizimini qo`llash;

– kiberxavfsizlik madaniyatini joriy qilish va qo`llash;

– shaxsiy hayotning dahlsizligi va himoyasini ta`minlash.

Bu vazifalarni bajarish axborot resurslarini butunligini ta`minlashga, noqonuniy yo`q qilish, shaklini o`zgartirish, buzish, nusxa olish, axborotni to`sib qo`yish hamda boshqa axborot tizim va tarmoqlariga noqonuniy aralashishning oldini olishga omil bo`ladi. Hukumat tomonidan aloqa va axborotlashtirish sohasidagi faoliyatlarni tashkillashtirish va takomillashtirish hamda axborot xavfsizligi masalasi bo`yicha qator qarorlar qabul qilingan.

Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlari xavfsizligini ta`minlash maqsadida 2005 yili Kompyuter insidentlariga javob berish xizmati (UZCERT) (Slujba reagirovaniya na kompyuterniye insidenti) tashkil etilgan.

UZ-CERT milliy axborot tizimi va Internet tarmog`i segmentida kompyuter insidenti (mojorasi) bo`yicha axborotlarni yig`ish va tahlil qilishni ta`minlovchi, foydalanuvchiga axborot xavfsizligini bartaraf qilishda maslahat berish va texnik ko`maklashish bo`yicha yagona markaz hisoblanadi.

Axborot xavfsizligi bo`yicha UZ-CERTning statistik ma`lumotiga ko`ra:

– 20% sindirishlar forumga to`g`ri keladi;

– 35% sindirishlar administratorning e`tiborsizligi natijasida sodir etilgan. Administratorlar serverda foydalanilmaydigan standart parollarni o`z ichiga olgan yozuvlarni qoldirganlar yoki saytni boshqarishda oddiy parollardan foydalanganlar;

– 15% sindirishlar, odatda buyurtma asosida dizayn-studiya tomonidan ishlab chiqilgan veb-ilovaning boshlang`ich kodidagi xato va kamchiliklar natijasida amalga oshgan;

– 20% sindirishlar, foydalanuvchilarni identifikatsiyalovchi axborotlarni va ularning shaxsiy ma`lumotlarini, jumladan parolini o`g`irlash uchun mo`ljallangan zarar keltiruvchi kodli dasturlarni pochta orqali jo`natish hisobiga sodir bo`lgan;

– 10% sindirishlar serverdagi dastur ta`minotining zaifligi va dastur versiyalarining vaqtida yangilanmaganligi hisobiga sodir bo`lgan.

UZ-CERT doirasida Internet tarmog`i milliy segmenti foydalanuvchlariga o`z veb-saytlarining axborot xavfsizligi bilan ta`minlanganlik holatini tekshirish imkonini beruvchi UZ-CERTified dasturi ishlatilmoqda.

Axborotni muhofaza qilishning kriptografik vositalar va kriptografik tizimdan foydalangan holda maxfiy yoki davlat sirlaridan iborat bo`lgan ma`lumotlar bayon etilgan axborotni muhofaza qilish faoliyatini tartibga solish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiton Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida» 2007 yil 3 aprel 614-sonli qaroriga asosan O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi va maxsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatlashni ta`minlovchi vakolatli organ hisoblangan.


Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish