Referati Mavzu: "Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida qurilishning tutgan oʻrni va ahamiyatini aytib bering?"


O‘zbekiston iqtisodiyotida qurilish sanoatining roli



Download 142,07 Kb.
bet7/10
Sana09.02.2022
Hajmi142,07 Kb.
#438753
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Narzullayeva D

O‘zbekiston iqtisodiyotida qurilish sanoatining roli
Qurilish sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida milliy iqtisodiyot tarmoqlari orasida barqaror o‘sish sur’atlarini qayd etayotgan sohalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va qabul qilingan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida bino-inshootlar, yangi sanoat ob’yektlarini barpo etish, temir yo‘l va avtomobil, turar-joylar qurishni jaddalashtirish bo‘yicha qurilish sanoatiga iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch - lokomotivi sifatida alohida urg‘u berilgan.
Turar joy majmualarini, ijtimoiy soha va muhandislik infratuzilmaob’yektlarini qurish va kapital rekonstruksiya qilish, shuningdek, sanoatningbazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yichainvestitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamliishlar natijasida qurilish ishlari hajmi 2018 yil bilan taqqoslaganda 19,0 foizgao‘sdi. Qurilish tarmog‘ining YaIM o‘sishidagi ijobiy hissasi 1,0 foiz bandni tashkilqildi. Shuningdek, uning YaIMdagi ulushi ham 2017 yildagi 5,7%dan 2019 yilda 6,4%ga yetdi (1-rasm). Mazkur holatni ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda ham kuzatish mumkin (2-rasm).
3
Qurilish sanoatidagi o‘sish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar uchun kapital qo‘yilmalar hajmining ortishi bilan bog‘liq. Xususan,O‘zbekistonda 2019 yilda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 21,5 mlrd. AQSh doll. yoki 2018 yilga nisbatan 133,9 % asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu esa, o‘z navbatida, qurilish ishlari va qurilishi materiallari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga olib keldi.
4
Qurilish sohasi - iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish kafolati
Ma’lumki, pandemiyaning tarqalishi ortidan butun dunyo davlatlari iqtisodiy inqirozga yuz tutmoqda. Global hamjamiyatning bir bo‘g‘ini sifatida global inqirozning salbiy ta’siri O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmaydi. Xalqaro valyuta jamg‘armasining ma’lum qilishicha,pandemiya natijasida global iqtisodiyot bu yil 3,0 foizga pastlashi kutilmoqda.
5
Shuningdek, dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlari iqtisodiyotida pasayish sodir bo‘ladi. Mana shunday ko‘lamdagi inqirozning sodir bo‘lishiga qaramay, xalqaro moliyaviy tashkilotlar 2020 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotida past bo‘lsada o‘sish kuzatilishini prognoz qilmoqda (3-rasm). Keyingi yilda esa iqtisodiy o‘sish o‘zining inqirozdan oldingi trendiga qaytadi.
Bunday ijobiy ko‘rsatkichlarga erishishda hukumat tomonidan ishlab chiqilgan inqirozga qarshi choralarningo‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi talab etiladi. Shu maqsadda, hukumat tomonidan qurlish sohasiga inqirozning salbiy ta’sirini yumshatuvchi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi asosiy soha sifatida qaralmoqda.
Qurilish sanoati iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish borasida katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi. Boisi, qurilish sohasi ko‘plab sanoat tarmoqlari uchun talab yaratadi.Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining hisob-kitoblariga ko‘ra, qurilish sohasining iqtisodiyot uchun multiplikator effekti 1,8ga teng. Ya’ni, qurilish sohasiga kiritilgan 1 birlik investitsiya yalpi ishlab chiqarish hajmining 1,8gako‘paytiradi.Shuningdek, bu sohada 1325 ming nafar aholi ish bilan band.
Iqtisodiy faollikning pasayishi qurilish ishlarini kamaytirishi, bu esa, o‘z navbatida, qurilish materiallariga bo‘lgan talabni pasayishiga va ishsizlik miqdorini ko‘payishiga olib keladi. Shu sababli, karantin davrida qurilish hajmlari kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik va sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 5969-sonli farmoni bilan qurilish sohasiga qo‘shimcha 3,6 trillion so‘m mablag‘ ajratildi.6
Shu maqsadda, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qurilish sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirish borasida aniq yechim va yo‘nalishlar ko‘rsatib berildi. Mazkur chora-tadbirlar qurilish sanoatining uchta eng yirik tarmoqlari – qurilish ishlari, qurilish materiallarini ishlab chiqish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishini qamrab oladi.

Download 142,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish