Reja: 1 O'zbekistonda turizm industriasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari va shakllari



Download 13,22 Kb.
Sana24.11.2022
Hajmi13,22 Kb.
#871803
Bog'liq
Mavzu O\'zbekist-WPS Office


Mavzu O'zbekistonda turizm industriasini rivojlantirish chora tadbirlari

Reja:
1) O'zbekistonda turizm industriasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari va shakllari


2) O'zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
3) O'zbekistonda turizm industriasini rivojlantirish chora-tadbirlari natijasi
1)O’zbekistonda turizm industriyasi o’tgan XX asrning 20-yillaridan boshlab sekin-asta rivojlana boshlagan. Turizmning ayrim turlari, shu jumladan odamlar yashab turgan manzillardan o’zga joylarga, yurtlarga, viloyatlarga borish, piyoda sayr etish, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarga borish, Burch-mullo, Ohangaron, Chimyon, Omonqo’ton, Urgut, Ohalik tog’ va tabiat manzillariga har xil ―yurishlar uyushtirish kabi turlari rivojlana boshlagan. O’zbekiston va uning viloyatlarida turistik-ekskursiyali harakatlarni tashkil etish va turizm infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Narkomprosida va uning viloyatlar bo’limlari qoshida ―Turistik ekskursiya byurolari va uyushmasi tashkil etildi va bu ―byurolar asosan o’lkashunoslik va tarixiy arxitektura yodgorliklarini o’rganish, yaqin va o’zoqroq joylarda bo’lgan qadimiy shaharlarga turistik ekskursiyalar tashkil etish bilan shug’ullandilar.

XX asrning 30 yillarida O’zbekistonda turizmga bo’lgan qiziqish yanada kuchayib bordi. Turistik-ekskursiyali ishlarining tashkiliy-uslubiy rahbarligi Xalq Maorifi Komissarligining ―Bosh siyosiy Oqartuv komiteti‖ga topshirildi. Turizm tashkilotchilarini maxsus markazini tashkil etish to’g’risida masala qo’yildi va ekskursiyali markaz hisoblangan ―stansiya‖lar ekskursovodlarni tayyorlay boshladilar. Mavjud bo’lgan turizm va ekskursiya tarmoqlarining tuzilmalarini kengaytirish boshlandi va yaqin hamda uzoq joylarga yuboradigan ekskursiya bo’limlari ochila boshlandi. Moskvada VAO Inturist‖ ochildi. Sovet turisti jamiyati tuzilib u ―proletar jamiyati bilan qo’shildi. Bu jamiyat faoliyati davlat boshqaruvi asosida olib borildi, ya’ni uning tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining Territorial tamoyili bo’yicha tuzildi. Proletar turizmi va ekskursiya jamiyati tugatilib, uning moddiy-texnikabazasi Butunittifoq Markaziy Kasaba Uyushmalari Kengashi (VSSPS) ga olib berildi va uning qoshida ―Turistik-ekskursiyali boshqarma tuzildi.

Samarqand viloyatidagi shahar va qishloqlarida ham ―Rossiya hissadorlik jamiyati, ―Proletar turizmi firmalari va keyinchalik ―Sovet turizmi shahobchalari turistik faoliyatlarini olib bordilar. Mamlakatimizda turizm industriyasi masalalari ―davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan va turizm industriyasi muammolari bilan bevosita shug’ullanish Butunittifoq Markaziy Kasaba Uyushmalari Kengashi (VSSPS) qoshida ―Turistik-ekskursiyali uyushmasi (TEU) tuzildi va bu tashkilot turistik marshrutlar tuzish bilan shug’ullandi. Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva-Shahrisabz shaharlari o’rtasida temiryo’l va avtomobil hamda havo yo’llari turistik marshrutlari tashkil qilindi. Turistik hududlarda turizm industriyasi va uning infratuzilmalari tuzila boshlandi. Turistik markazlarda Sovet va mahalliy turistlar uchun kommunal xo’jaligi mehmonxonalari va umumiy ovqatlanish shaxobchalari qurila boshlandi.
Respublika turizm industriyasining boshqaruvi tarmoq miqyosidagi ko’p mulkchilik hozirgi holati va unda xususiy mulkning ustuvorlik tamoyili, xususiy turistik biznesning ulushini yalpi ichki mahsulotda tobora ortib borishi, Xalqaro turistik andozalari darajasiga ko’tarish masalalarida xususiy biznesni va tadbirkorlar miqdorini yanada ortib borishi, xususiy mulkdorlar foydasiga qaytadan rasmiy ravishda ko’rib chiqishni taqozo etadi. Chunqi tarmoq miqyosida nohukumat ijtimoiy turistik firma va korxonalar, eng avvalo, milliy xususiy turistik korxonalar, tashkilotlar shaklida ko’payib, bu sohada ular o’z mazmun va ahamiyatiga ega bo’lib bormoqdalar, Xalqaro turistik firmalar darajasiga chiqishga harakat qilmoqdalar. Hozir Respublikada xususiy turistik firma va tashkilotlarning soni 900 ga yaqinlashib qoldi. Samarqandda esa 150 dan oshiqdir. Shunday qilib, Respublikada turizm industriyasi vujudga keldi va mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga egadir. Turizm industriyasida har yili 95 mlrd.so’mga yaqin turistik mahsulot yaratilmoqda va bir millionga yaqin chet el va mahalliy turistlarga xizmat ko’rsatilmoqda.

Turizm-bir butun falsafiy tushuncha bo’lib, odamning hayoti va faoliyatining ma’lum tomonlarini aks ettiradi. Bu - dam olish, sust yoki faol sayr-tomosha, o’yin-kulgi, ermak qilish, sport, fan, o’rab olgan muhitni o’rganish va bilish, savdo, davolanish, qimor o’ynash va odamni qiziqtiruvchi boshqa narsalar bilan bog’liq bo’lgan faoliyatdir. Ammo, turizm insonning faoliyatlaridan tubdan farq qiladigan soha bo’lib insonning boshqa yurtlarga, mamlakatlarga, kontinentga, o’zining yashab turgan muhitidan farq qiladigan joyga vaqtincha o’zgartirishni tavsiflaydigan harakatdir.


2)Turistik biznes iqtisodiyotning noishlabchiqarish tarmogi hisoblanib, turistlarning moddiy va nomoddiy ehtiyojlarini qondiradigan korxona va tashkilotlar yig‘indisi. Ularning asosiy funksiyasi insonlarni to‘la qonli dam olishini ta’minlashdan iboratdir. Turistik biznes dunyoning bazi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlari iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib hisoblanadi (Turkiya, Misr, Tunis va b.).
Bugungi kunda turizm daromadliligi bo‘yicha iqtisodiyotning eng yirik sohalari ya’ni neft qazib olish va qayta ishlash hamda avtomobilsozlikdan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Shunday ekan, xozirda barcha mamlakatlar ichtisodiyotning ushbu sohasini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida qarashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar barcha tarmoqlarda, jumladan, turizm sohasida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston rivojlanishning milliy modelini yaratmoqda, turizm bu modelning yaratilishida iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagi sifatida o‘rin olishi zarurdir. Bunda iqtisodiy islohotlarning natijasi tarmoqning rivojlanishi bilan belgilanadi.
Respublikamiz turizm salohiyati bo‘yicha Markaziy Osiyoda eng ilg‘or hisoblanib, dunyodagi yetakchi onta davlat qatoriga kiritilgan.
Tur mahsulotlarning umumiy soni o‘n mingtadan ortiq bo‘lib, juda ko‘p son va sifat ko‘rsatkichlariga ega. Ammo ayrim milliy turistik mahsulotlar haligacha shakllanmagan yoki xalqaro bozorda sotishga mo‘ljallanmagan. Ko‘pchilik turmahsulotlar ma’lumot beruvchi sifatida ifodalanib, unda mahsulot bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlar to‘liq yoritib berilmagan. Tur mahsulotning bozordagi raqobatbardoshligi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy omillardan biri hisoblanib, unga ayniqsa baho katta ta’sir ko‘rsatadi. Tur mahsulotni baholashda uning sifatiga alohida e’tibor qaratish lozim. Tur mahsulotga xalqaro bozorda bo‘lgan ehtiyojning ko‘pligi, mahsulotning turli xilligi va raqobatchi turmahsulotning bahosi katta ta’sir ko‘rsatadi.
Xalqaro turizm bozorini o‘rganish natijasida milliy turmahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlashda quyidagi uchta tamoyil asosiy rol o‘ynaydi: ishni aniq maqsadga yo‘nalgan holda davom ettirish, yangi rejalarni mo‘ljallash va ish faoliyatini muvofiqlashtirib borish. Haqiqatdan ham, turmahsulotning bozorda o‘z mavqeini ushlab turishiga doir tadbirlar ushbu yo‘nalishdagi keng qamrovli ishlarni uzluksiz ravishda olib borgandagina ijobiy natija bera boshlashini ilg‘or davlatlar tajribasidan ham malum.
Tur mahsulotni o‘tkazish vositalarining yakka tartibda, boshqa chora-tadbirlardan ajralgan holda qo‘llanishi yoki ularning gohi-gohida qo‘llanib turilishi ushbu vositalar ta’sirchanligini ancha kamaytirishi mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, turmahsulotni xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishda va uning sotuvini ta’minlashda quyidagi asosiy yo‘nalishlarini alohida ta’kidlash joyizdir:
· tur mahsulotlarni sotishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
davlat tomonidan kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalda qollash;
· jamoatchilik bilan aloqani kuchaytirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborotlar
berishni ta’minlash va ulardan samarali foydalanish;
· reklama-tashviqot ishlarini kuchaytirish;
Hozirgi paytda turizm sohasining umumiy rivojlanishi va raqobatbardosh turistik mahsulot yaratish maqsadida, tarmoqda zaruriy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlarni shartli ravishda to‘rt bosqichga ajratsak bo‘ladi.6
Birinchi bosqichda tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi.
3)1992 yilda respublikada «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993 yilda «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon turistik tashkilotga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi va bu o‘z navbatida xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994 yilda BMT ning YUNESKO tashkilotiga az oboldi hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994 yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994-1995 yillar mobaynida «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8% turistik ob’ektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash va xalqaro turizmni rivojlantirish» to‘g‘risidagi Farmoni 7 Buyuk Ipak yo‘lida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik harakterga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizmi sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar va turistikmanzillar ro‘yxatga olindi. Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Maxdumi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Marg‘uloniy, Buxorodagi Chor Bakrlari kabi allomalarimizning maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. Toshkent shahrida muntazam ravishda xalqaro turistik yarmarka tashkil etila boshlandi. Mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi. Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, ya’ni, 1999 yil 15 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston turizmini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda dunyo bozori bo‘yicha raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistik ob’ektlar o‘zlarini o‘zlari boshqara boshlashdi, xizmat bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga o‘rin ochib berildi. Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi boshlangan bo‘lib, unda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga (masalan, Gid—tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsshsiyasi) «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz turizm bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq sur’atlarda rivojlanishlariga yordam beradi. O‘zbekistonda turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga ko‘tarish borasida, avvalo ko‘xna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar muhim ahamiyatga ega. Bu shaharlarda jahon ahlini xayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi tarixiy yodgorliklar beqiyos ko‘p. Bugungi kunda respublikani xalqaro turizmning mintaqaviy markaziga aylantirish uchun hamda hududida bo‘lgani kabi transmilliy darajada ham katta investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun barcha shart - sharoitlar yaratilgan. “O‘zbekturizm” MKning statistik ma’lumotlariga qaraganda 2013 yilda O‘zbekistonga 1,977 million nafar chet ellik mehmon tashrif buyurgan. Turistik xizmatlarning umumiy hajmi 2012 yilga nisbatan 16 foizga, xizmatlar eksporti esa 9 foizga o‘sdi.
2014 yilning boshida mamlakatda faoliyat yurituvchi sayyohlik tashkilotlarining soni 900 dan ortiqni tashkil etgan. Ulardan 400dan ziyodi mehmonxona xo‘jaligi va 500 tasi turistik kompaniyalardir.
Download 13,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish